ERKAKLAR AGRESSIYASI SABABI ANIQLANDI

Amerikaning Yuta Universiteti olimlari erkaklar agressiyasi sabablaridan birini aniqladi. Bu tadqiqotga bag`ishlangan maqola Human Nature jurnalida e`lon qilindi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

Maqolada ma`lumot berilishicha, erkaklar agressiyasi ular yashayotgan tumanda ayollarning ko`p yoki kamligiga bog`liq. Olimlarning fikricha, bu holat erkaklarning xulq-atvoriga salbiy ta`sir qilib, turli zo`ravonlik jinoyatlarining sodir etilishiga sabab bo`lar ekan.

Bunday xulosaga kelish uchun olimlar AQShning uch mingdan ortiq okrugidagi jinslar orasidagi munosabatlarni o`rganishdi, FRB ning reproduktiv yoshdagi ayollar va erkaklar sodir etgan jinoyatlar statistikasi bilan taqqoslab ko`rishdi.

Olimlarning fikricha, ayollar etishmasligi erkaklarni itoatkor va mo`min-qobil qilib, jufti bilan ajrashmasdan, uzoq yashashga majbur qilar ekan. Mutaxassislar bu tadqiqot turli zo`ravonlik jinoyatlarining oldini olishda katta yordam beradi, deb hisoblashmoqda.

Категория: Erkaklarga Maslahat | Просмотров: 6 | Добавил: Ganisher | Теги: ERKAKLAR AGRESSIYASI SABABI ANIQLAN
«Betakror.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться

АВТОРИЗАЦИЯ НА САЙТЕ