MUKAMMAL GAVDAGA ERISHISHNI 4 ODDIY YO’LI

Bizning gavdamiz nafaqat jismoniy, balki ruhiy holatimizni ham aks ettiradi. U to’g’ri va ko’rkam bo’lishi uchun uni ustida muntazam ishlash kerak. Biz Gooper.uz‘da bu ishni amalga oshirish uchun foydali maslahatlarni sizga taqdim etamiz. Ular asosida bel mushaklari mustahkamlanib, sizning mukammal gavdaga ega bo’lishingizga yordam beradi. Sizga kerak bo’lgan muhim narsa – bu xohish-istak, qa’tiyat va vaqt.

1. Tik turgan holda qo’llarni tizzaga yetkazib egiling, har tomonga cho’ziling. Umurtqa pog’onangizni imkon darajasida har tomonga cho’zing. Bu harakatlar umurtqa pog’ona yonidagi mushaklarni mustahkamlashga yordam beradi.

2. Bir oyoqda galma-galdan turib muvozanat saqlang. Muvozanat mashqlarini qilish evaziga siz tanangizni ko’pgina kichik mushaklarini mustahkam qilasiz. Agar bu mushaklar to’g’ri holatda rivojlangan bo’lsa, insonga o’z tanasini to’g’ri holatda turishiga yordam beradi.

3. Mushak qobig’iga ishlov bering. Mushak qobig’ining kuchi, bu bel va gavda tuzilishini asosini tashkil qiladi. Tanani markaziy qismini doimiy mashqlar bilan mustahkamlang, bu umurtqa yonida joylashgan mushaklarni mustahkam bo’lishiga asos bo’ladi. Bu ishni cho’zilish mashqlari orqali bajarish mumkin.

4. Son va paylarni bo’shashtiring. Oyoqlar va sonlar bizni yurish, turish va harakatlanishimizga javob beradi. O’tirgan holimizda old qism mushaklarimiz va paylarimiz bo’shashgan holda bo’ladi. Shuning uchun ularni cho’zib turish kerak.

Категория: Erkaklarga Maslahat | Просмотров: 6 | Добавил: Ganisher | Теги: MUKAMMAL GAVDAGA ERISHISHNI 4 ODDIY
«Betakror.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться

АВТОРИЗАЦИЯ НА САЙТЕ