NIKOH UZUGI TANLASHNING 8 OLTIN QOIDASI

Turli geometrik shakllar va uchli toshlar bilan bezatilgan uzuklarni tanlamaganingiz ma`qul. Axir uni faqat to`y kuni emas, boshqa kunlarda ham taqishingizga to`g`ri keladi. Shunday paytlarda kiyimlaringizga ilinib qolib, noqulaylik tug`dirishi mumkinligini ham inobatga oling.
Yodingizda bo`lsin, issiq va sovuq kunlarda barmoq hajmi o`zgarib turadi. Shuning uchun juda siqib turadigan yoki ancha keng uzuklarni tanlamagingiz maqsadga muvofiq. zargarlik do`koniga borishdan avval ko`p suv ichmaslikka harakat qiling. Aks holda barmoqlaringiz shishib ketadi.
Qimmatbaho metaldan tayyorlangan uzuklarning namunasiga e`tibor qarating. 585-namunali uzuklar mustahkamligi bilan ajralib tursa, 750-namunadagilari esa jilokorligi tufayli mashhur.
Yodingizda bo`lsin, uzun va ingichka barmoqlarga katta bezakli, hajmdor uzuklar yarashmaydi. Aksincha, nozik ko`rinishda ishlanganlariga diqqat qiling. Yo`g`onroq barmoqlarga esa o`rtacha kattalikdagi uzuklarni tanlagan ma`qul.
Agar boshqa taqinchoqlaringiz kumushdan ishlangan bo`lsa, nikoh uzugining oq tilladan ishlangan turiga e`tibor qarating.
Uzukning vazni ham ahamiyatga ega. Mutaxassislar nikoh uzugi 4 grammdan og`ir bo`lmasligi kerakligini aytishmoqda. Aks holda har kuni taqqaningiz tufayli, barmog`ingizga og`irlik qilib noqulaylik tug`dirishi mumkin.
Agar uzuklar dizayni borasida bir qarorga kela olmasangiz klassik uslubda ishlanganlariga ixtiyor beravering. Chunki bunday uzuklar sira urfdan qolmaydi.
Turmush o`rtog`ingizning barmog`ida doim nikoh uzugini ko`rishni istasangiz, uzuk tanlay turib o`z fikringizda qat`iy turib olmang. Uning didini ham inobatga oling. Axir uzunki taqadigan u.

Категория: Ayollarga Maslahat | Просмотров: 7 | Добавил: Ganisher | Теги: NIKOH UZUGI TANLASHNING 8 OLTIN QOI
«Betakror.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться

АВТОРИЗАЦИЯ НА САЙТЕ