REFERATLAR nero 10 скачать бесплатно русскаф - SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
SESHANBA, 2014.09.02, 01:57
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON

Меню сайта
Block title
LOGIN:
PAROL:
Категории раздела
Мини-чат
Statistika
XOZIR SAYTDA 23
MEXMON 22
FOYDALANUVCHI 1
ayvogof
Главная » FAQ » Informatika Referatlar [ Добавить вопрос ]

Adabiyot Referatlar [23]
Adabiyot Referatlar
Jahon adabiyoti Referatlar [1]
Jahon adabiyoti Referatlar
O'zbek adabiyoti Referatlar [6]
O'zbek adabiyoti Referatlar
Astronomiya Referatlar [0]
Astronomiya Referatlar
Aviaciya Referatlar [0]
Aviaciya Referatlar
Tayorasozlik Referatlar [0]
Tayorasozlik Referatlar
Anatomiya Referatlar [1]
Anatomiya Referatlar
Biologiya Referatlar [3]
Biologiya Referatlar
Zoologiya Referatlar [1]
Zoologiya Referatlar
Chet tili Referatlar [4]
Chet tili Referatlar
Francuz tili Referatlar [0]
Francuz tili Referatlar
Ingliz tili Referatlar [1]
Ingliz tili Referatlar
Nemis tili Referatlar [1]
Nemis tili Referatlar
Ekologiya Referatlar [2]
Ekologiya Referatlar
Falsafa Referatlar [0]
Falsafa Referatlar
Fizika Referatlar [7]
Fizika Referatlar
Geografiya Referatlar [2]
Geografiya Referatlar
Hunarmandchilik Referatlar [1]
Hunarmandchilik Referatlar
Huquqshunoslik Referatlar [2]
Huquqshunoslik Referatlar
Informatika Referatlar [5]
Informatika Referatlar
Iqtisod Referatlar [1]
Iqtisod Referatlar
Marketing Referatlar [0]
Marketing Referatlar
Menejment Referatlar [0]
Menejment Referatlar
Pul va kredit Referatlar [0]
Pul va kredit Referatlar
Jamiyatshunoslik Referatlar [0]
Jamiyatshunoslik Referatlar
Ma'naviyat va ma'rifat [5]
Ma'naviyat va ma'rifat
MATEMATIKA Algebra Referatlar [1]
MATEMATIKA Algebra Referatlar
Geometriya Referatlar [0]
Geometriya Referatlar
Matematika Referatlar [16]
Matematika Referatlar
Oliy matematika Referatlar [0]
Oliy matematika Referatlar
MUSIQA Klassik Referatlar [2]
MUSIQA Klassik Referatlar
O'zbekiston musiqasi [1]
O'zbekiston musiqasi
Zamonaviy musiqa Referatlar [0]
Zamonaviy musiqa Referatlar
Oshpazlik Referatlar [0]
Oshpazlik Referatlar
Pedagogika Referatlar [0]
Pedagogika Referatlar
Ruhshunoslik Referatlar [0]
Ruhshunoslik Referatlar
San'at Referatlar [0]
San'at Referatlar
Sport Referatlar [3]
Sport Referatlar
Tabiatshunoslik Referatlar [0]
Tabiatshunoslik Referatlar
Jahon tarihi Referatlar [3]
Jahon tarihi Referatlar
O'zbekiston tarihi Referatlar [4]
O'zbekiston tarihi Referatlar
TIBBIYOT Referatlar [0]
TIBBIYOT Referatlar
Diplom ishi / Диплом Иши [3]
Diplom ishi / Диплом Иши
Kurs ishi / Курс Иши [2]
Kurs ishi / Курс Иши
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI [2]
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI
TOSHKENT TO‘QIMACHILIK VA YENGIL SANOAT INSTITUTI [2]
TOSHKENT TO‘QIMACHILIK VA YENGIL SANOAT INSTITUTI
TOSHKENT TO‘QIMACHILIK VA YENGIL SANOAT INSTITUTI [0]
TOSHKENT TO‘QIMACHILIK VA YENGIL SANOAT INSTITUTI
TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI [1]
TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI
AVIATSIYA FAKULTETI [2]
AVIATSIYA FAKULTETI
TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI [2]
TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI
TOSHKENT ISLOM UNIVERSITETI [1]
TOSHKENT ISLOM UNIVERSITETI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI [1]
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI [1]
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI [1]
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
TOSHKENT DAVLAT YURIDIK INSTITUTI [1]
TOSHKENT DAVLAT YURIDIK INSTITUTI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI [0]
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
TOSHKENT ISLOM UNIVERSITETI [1]
TOSHKENT ISLOM UNIVERSITETI
TOSHKENT DAVLAT SAN’AT INSTITUTI [2]
TOSHKENT DAVLAT SAN’AT INSTITUTI
TOSHKENT AVTOMOBIL YO‘LLARI INSTITUTI [1]
TOSHKENT AVTOMOBIL YO‘LLARI INSTITUTI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI [1]
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
JAHON IQTISODIYOTI VA DIPLOMATIYA UNIVERSITETI [1]
JAHON IQTISODIYOTI VA DIPLOMATIYA UNIVERSITETI
TURIN POLITEXNIKA UNIVERSITETI [1]
TURIN POLITEXNIKA UNIVERSITETI
TOSHKENT SINGAPUR INSTITUTI [2]
TOSHKENT SINGAPUR INSTITUTI

Электрон тижорат ва унинг замонавий турлари.

РЕЖА:
Электрон тижорат ва унинг замонавий турлари.
Интернет банк мохияти.
Web Money тизими.
Таянч сўз ва иборалар
Мавзу бўйича саволлар
Тестлар
Кроссворд
Жавоблар
Фойдаланилган адабиётлар



Электрон тижорат
Электрон тижорат - бу тижорат алоқаларининг бир тури бўлиб, сотувчи ва харидор уртасидаги шартномалар хамда хизматлар Интерент орқали амалга оширилади.
Интернетда турли компаниялар ўз товар ва чизматларини реклама қиладилар. Улар бу ишни Интернетда жойлашган электрон каталоглар ёрдамида амалга оширадилар. Электрон каталогларда товар ва хизматлар хақида тўлиқ маълумотлар келтирилади: товар номи, ищлаб чиқарилган сана, кўриниши, тури, савдо тури, нархи, транспорт харажатлари, юклаш ва жў натиш, мижозларнинг бурчлари, суғурта ва етказиб бериш шартлари.
Электрон тижорат турлари:
Икки фирма ўртасидаги электрон тижорат (Бизнес - Бизнес, B-B).
Фирма ва мижоз ўртасидаги электрон тижорат (Бизнес - Мижоз, B-C).
Фирма ва Давлат ўртасидаги электрон тижорат (кўп тарқалмаган).
Мижоз ва Давлат ўртасидаги электрон тижорат (энди ривожланмоқда)

Интернет -банк тармоғи
Ривожланган мамлакатлар банклари ўз хизмат даражаларини кенгайтирган ҳолда мижозларига Интернетдан фойдаланишнинг энг маъқул йўлларини тавсия қилмоқдалар. Бугунги кунда банк соҳасида e-banking янги термини пайдо бўлди еки Интернет-банк тармоғи юзага келди.
Интернет -банк тармоғи ҳозирги кунда 3 та асосий онлайнлар орқали хизмат қилмоқда:
В2С-business-to -consumer;
B2B-business-to-business;
E-trading-биржада электрон савдо ўтказиш.
Интернет-банк орқали мижозлар ўз компьютери орқали банк тармоғига уланиши, telephone-banking телефон орқали ҳисоб-китоб хизматидан фойдаланиш ва video-banking интерактив усуллари орқали банк ходимлари Билан мулоқатда бўлиши мумкин. Бу биринчидан, банк ходимлари ишини енгиллаштирса, иккинчи томондан, вақтдан унумли фойдаланишни ва банк операцияларини сифатли ўтказиш имконини беради.

№ Давлатлар Интернет банк тизимидан фойдаланувчилар сони
1 Африка давлатлари 23
2 Канада 32
3 АҚШ 1383
4 Лотин америкаси давлатлари 258
5 Осие давлатлари 174
6 Германия 355
7 Франция 172
8 Италия 228
9 Бошқа Европа давлатлари 450
10 Осие-океания давлатлари 32
АҚШ Интернет банкларида фаолшият олиб бораетган энг йирик банклардан тортиб мини-банкларгача Интернет хизматидан кенг фойдаланадилар. Qualishment маркетинг хизматининг хабарларига кўра Интернет-банк хизматидан фойдаланиш Ер юзасида қуйдагича ташкил этилган:
Жаҳон бозорида Интернет сайтидан фойдаланувчилар сони йилдан йилга ортиб бормоқда.Бу эса молиявий бозорда рақобат муҳитининг янада кенгайишига олиб келмоқда. Ҳозирги кунда АҚШда 24.2 млн. киши онлайн-банк хизматидан фойдаланади. Бу бутун АҚШ аҳолисининг 21 % ини ташкил этади.
Европа мамлакатларига эътибор берадиган бўлса, J.P. Morgan компанияси олиб борган кузатишларга асосан , банк операцияларини Интернет тармоғи орқали олиб боришда шу йиллар давомида Англия давлати етакчилик қилиб келган бўлса, кейинги йилларда Германия давлатида қимматлт қоғозлар бозорида Инетернет -брокер хизматидан фойдаланиш 500 минг кишига ортган, Англияда бу кшрсаткич 300 минг кишини ташкил этган.
J.P. Morgan компанияси маълумотларига асосан, Яна уч йилдан кейин банкларда кимматли когозларни сотувчилар ва сотиб олувчилар сони Европа давлатларида 17 млн. кишига ортиши кутилмоқда. Европа бижасининг асосий таянчи бўлган лондонда (бутун акцияларнинг 30 фоизи) бу кўрсаткич 2 млн.га тўғри келади. Англияда бу кўсаткичнинг камайиб кетишига Англия биржаларида монополиянинг юзага келганлигини асосий сабаб қилиб кўрсатилмоқда.
Datamonitor компанияси маълумотига асосан, Европа давлатларининг 25 фоизи оглайн-банк хизматидан фойдаланмоқда. 2005 йилда банклардаги операцияларн Интернет орқали 27.1 млн. Киши амалга ошиоиши кутилаетган бўлса, электрон банк тизимидан 2005 йилда Англияда 7.5 млн киши фойдаланиши кутилмоқда. Германия, Франция, Италия, Швеция, Бльгияда бу курсаткич 57 млн. Кишини ташкил этиши кутилмоқда.
Datamonitor компанияси маълумотига асосан, молиявий операцияларни банклар орқали ўтказиш Швецияда-54, Норвегияда-48.1, Данияда-44, Италияда 12.5 ва Бельгияда 7 фоизни ташкил қилар экан.
Web Money tizimi to’grisida
Internetning paydo bo`lishi bilan birga biz bir lag`zada so`nggi bija ma`lumotlari, on-line magazin, mobil aloqa kompaniyalarinig doyima yangilanib va kengayib borayotgan hizmatlari, Internet provayderlari, IP-aloqa va boshqa turdagi minglab saytlaridan fiydalanish imkoniyatiga egamiz. Bunday qulaylik tovar va hizmatlar uchun tunu kun to`lovlarni amalga oshirish uchun zamin yaratadi. Internet millionlab foydalanuvchilarining har biriga yirik auditoriyani yaratdi. Internet bugungi kunda butun jahon erkin bozoriga aylandi, elektron to`lov tizimlari esa sotuvchi va haridorlarning bir lag`zada hisob-kitobi uchun imkoniyat yaratadi.
1998 yil 24 noyabrda Internet tizimida tovar va hizmatlar bozori ishtirokchilari o`rtasida hisob-kitoblarni havfsiz real vaqt oralig`idaravishda amalga oshirish, shuningdek hususiy pul o`tkazmalarini amalaga oshirish imkoniyatini beruvchi WebMoney Tranfer elektron to`lov tizimi o`z faoliyatini boshladi.
Web Money Tranfer - bu elektron hisob tizimi bo`lib, unda barcha foydalanuvchilar universal hisob birliklari bilan ayira boshlashlari mumkin: WebMoney (WM) titul belgilari bilan. WM titul belgilari bilan Internet tizimida tovar va hizmatlar uchun to`lov sifatida qabul qilinishi mumkin, undan tashqari WM titul belgilarini keng tarqalgan WM ayira boshlash shahobchalari orqali bank yoki pochta o`tkazmalariga, boshqa titul belgilariga ayira boshlash mumkin.
O`z kompyuterida WM Keeper mujozlik dasturiy ta`minot tizimini ornatish bilan WebMoney Tranfer tizimi foydalanuvchisi maqomini oladi. Har bir WebMoney Tranfer tizimi foydalanuvchisi o`z shahsiy WM-hamyonni ochadi (yoki turli hildagi WM titul belgilari uchub bir necha hamyonlarni), bu hamyondan boshqa bir istalgan hamyonga tovar va hizmatlar uchun to`lov sifatida mablag`larni bir zumda o`tkazishi mumkin, yoki hususiy o`tkazmani amalga oshirishi mumkin. Bunda o`tkazma uchun foyiz - o`tkazma miqdoridan 0.8%, biroq mutanosib ravishda 50 dollardan oshmagan holda. Titul belgilarining hisobi, saqlanishi va bir zumda bir foydalanuvchining hisobidan boshqa foydalanuvchi hisobiga o`tkazilishi WM Keeper mujozlik dasturiy ta`minot tizimi tomonidan olib boriladi. WebMoney Tranfer tizimida moliyaviy va huquqiy kafolatni Tizim garant lari ta`minlaydi.
Havfsizlik tadbirlari majmuasi foydalanuvchilarning mablag`laridan noqonuniy foydalanish holatlarinig oldini oladi va ma`lumotlarning sir saqlanishini ta`minlaydi. Mahfiy habarlar orqali boshqa foydalanuvchilar bilan yopiq muloqaat olib borish, shartnoma kismlarini muhokama qilish, to`lovlarni sharhlab borish mumkin. Amalda ko`rsatilganidek, WebMoney Tranfer tizimining himoyalanganlik darajasi boshqa to`lov tizimlarinikidan ko`ra ancha yuqori.
WebMoney Tranfer tizimida foydalanuvchilar o`rtasidagi bahsli holatlarni hal etish uchun Hakamlik hizmati va foydalanuvchining hohish-istagiga qarab uning shahsini tasdiqlovchi elektron raqamli attestatlar beruvchi WM-attestatlash hizmatlari mavjud.
WebMoney Tranfer quydagi titul belgilari bilan muomala qiladi:
WMY - O`zbekiston zonasida operatsiyalarni amalga oshirish uchun UZS ning Y-hamyonlardagi ekvivalenti, WMY operatsiyalarining kafili bo`lib "TILLO GARANT” MChJ O`zbek Kafolat Agentligi hizmat qiladi.
WMR - rubl zonasida operatsiyalarni amalga oshirish uchun RUR ning R-hamyonlardagi ekvivalenti, WMR operatsiyalarining kafili bo`lib WebMoney Transger ning Rossiya hududidagi vakili "BMP” MChJ hizmat qiladi.
WMZ - AQSh dollarida transfert operatsiyalarni amalga oshirish uchun USD ning Z-hamyonlardagi ekvivalenti.
WME -EVRO da operatsiyalarni amalga oshirish uchun EUR ning E-hamyonlardagi ekvivalenti, WMZ va WME operatsiyalarining kafili bo`lib Amstar Holdings Limited, S.A. hizmat qiladi.
WMU - Ukraina zonasida operatsiyalarni amalga oshirish uchun UAH ning U-hamyonlardagi ekvivalenti, WMU operatsiyalarining kafili bo`lib "Украинское Гарантийное Агентство” MChJ hizmat qiladi.












Tayanch so’z va iboralar
¾1 Elektron tijorat
Web Money
Elektron katolog
IP-aloqa
Internet provayderi
Elektron auditoriya
Elektron to`lov tizim
Elektron hisob
Web Money titul belgilari
Web Money Keeper

Web Money hamyoni
Dasturiy ta`minot
Moliyaviy kafolat
Huquqiy kafolat
Havfsizlik tadbirlari
Himoyalanganlik darajasi
WMY
WMR
WMZ
WME
WMU

Savollar
1. Qachon Web Money Transfer elektron to`lov tizimi o`z faoliyatini boshladi?
2. Hozirgi kundagi elektron tijorat turlarini aytib bering?
3. Ikki firma o’rtasidagi elektron tijorat nima deb ataladi?
4. O’zbekiston uchun qaysi Web Money Tranfer titul belgisi qabul qilingan?
5. O’zbekistonda Web Money tizimini bo’yicha qaysi tashkilot mijozlarga xizmat qiladi?

Testlar
Qachon WebMoney Tranfer elektron to`lov tizimi o`z faoliyatini boshladi?
A) 2000 yil 12 dekabr
B) 1999 yil 6 aprel
C) 1998 yil 24 noyabr
D) 1997 yil iyul

2. Ikki firma o’rtasidagi elektron tijorat nima deb ataladi?
A) Firma - Firma
B) Biznes - Biznes
C) Biznes - Mijoz
D) Firma - Mijoz

3. O’zbekistonda Web Money tizimini bo’yicha qaysi tashkilot mijozlarga xizmat qiladi?
A) TILLO GARANT MChJ
B) WebMoney Uzbek MChJ
C) UzTransfer MChJ
D) TIF Milliy banki

4. O’zbekiston uchun qaysi Web Money Tranfer titul belgisi qabul qilingan?
A) WMY
B) WMR
C) WMZ
D) WME

5. AQSh dollarida transfert operatsiyalarni amalga oshirish uchun USD ning ekvivalenti ayting?
A) Y
B) R
C) Z
D) E

К Р О С С В О Р Д

Электрон тижорат хавфсизлик чораларидан бири.
Электрон тижорат тури …… - Мижоз.
Замонавий электрон …….. .
Электрон тижорат энг кўп тарқалган давлат.
Электрон тижорат қилиш учун зарур нарса.
Интернет - банк қаерда пайдо бўлган?
ЕВРО учун Web Money Transfer титул белгиси.
Ўзбекистонда Web Money Transfer хизматини кўрсатувчи ташкилот.


1 И
2 Н
3 Т
4 Е
5 Р
6 Н
7 Е
8 Т







Саволларга жавоблар:

1998 йил 24 ноябр.
Бизнес - Бизнес, Бизнес - Мижоз, Фирма ва Давлат.
Бизнес - Бизнес, B-B.
WMY
"TILLO GARANT” MChJ O`zbek Kafolat Agentligi

Тест жавоблари:
С
В
А
А
С

Кроссворд жавоблари:
1 П И Н К О Д
2 Б И З Н Е С
3 Т И Ж О Р А Т
4 А М Е Р И К А
5 Д А С Т У Р
6 А Н Г Л И Я
7 В М Е
8 Т И Л Л О Г А Р А Н Т



Фойдаланилган адабиётлар:

"Информатика” Н. В. Макарова М - 1997

"Иктисодий ахборотни ишлашнинг автоматлаштирилган тизимлари” Абдуллаев Р. А. , Ибрагимов. Тошкент - 1995

"Бошкариш жараёнининг ахборотли технологияси” Алимов К., Абдувохидов. Тошкент - 1994


Windows operatsion tizimlari

Windows haqida umumiy tushunchalar
Windowsning imkoniyatlari .
Windows ning ishlash shartlari
Windows ni chaqirish
Windows ish stoli elementlari.
Windows menylari, Asosiy meny (Start menu)
Windows ni va uning texnik vositalarini sozlash
Fayllar bilan ishlash
Katalog (papka) lar bilan ishlash
Programmalarni avtomatik ishga tushirish
Video va audio fayllari bilan ishlash.

Windows haqida umumiy tushunchalar:Windows (Windows oynalar degan ma'noni anglatadi) Microsoft (MS) firmasining dastur mahsuli bo`lib, maxsus tayyorgarlikka ega bo`lmagan kompyuterdan foydalanuvchilar uchun mo`ljallangan operatsion tizimdir. Uning asosiy maqsadi-kompyuterdan foydalanishni iloji boricha sodda va o`rganish uchun oson, shu bilan birga, foydalanuvchiga mumkin qadar keng imkoniyatlar yaratish holiga keltirishdir. Mazkur talablarga javob beruvchi MS Windows 95 operatsion tizimi 1995 yil avgust oyida ishlatila boshlangan bo`lsa, uning ruscha varianti 1995 yilning sentabridan Rossiyada qo`llanila boshlandi.
MS Windows 95 Windowslarning yangi lahjasi emas, balki o`ta murakkab dasturlar majmui bo`lib, shu bilan birga foydalanish uchun oson, operatsion tizimdir.
Windowsning avvalgi lahjalari (masalan, Windows 3.0, 3.1, 3.11, 3.12) asos sifatida MS DOS ni qabul qilgan bo`lsa, Windows 95 o`zi mustaqil bo`lib, kompyuterda boshqa bir operatsion tizimning bo`lishini talab qilmaydi. Lekin shu bilan birga bu muhitda MS DOS va Windowsning eski lahjalari bilan ishlash imkoniyati saqlangan. Bu qo`llanmada Windowsning 9x lahjasi haqida gap borgani uchun lahja nomeri 9x ni tushirib qoldiramiz.
Windows mustaqil operatsion tizim sifatida quyidagi afzalliklarga ega:
- o`zlashtirishda nihoyatda oddiy va imkoniyatlaridan foydalanish ko`lami qulay;
- u yuqori samaradorlikka ega va mazkur xususiyati bilan Windowsning istalgan avvalgi lahjalaridan keskin farqlanadi. Xususan, Microsoft firmasi yangi 32 razradli yadroni tatbiq etish bilan samaradorlik va ishonchlilikni keskin oshirishga erishdi;
- foydalanuvchi atigi bitta dasturiy ta'minot mahsulotini xarid qilib, qator muhim imkoniyatlarni qo`lga kiritadi: universal tarmoq mijoziga aylanadi, elektron pochtadan foydalana oladi, multimedia vositalaridan bahra oladi va hokazo;
- sodda, dasturlar majmui barkamol va yuqori unumlilikka ega.
Windowsning ba'zi imkoniyatlari quyidagilardir:
Universal grafika - Windows dasturlarning qurilmalarga va dastur ta'minotiga bog`liqsizligini ta'minlaydi.
Yagona interfeys - Windowsda foydalanuvchining muloqoti yagona, ya'ni turli dasturlar bilan ishlash qoidalari umumiydir. Shuning uchun yangi dastur bilan ishlaganingizda bu qoidalardan foydalanishingiz mumkin.
Mavjud dastur ta'minoti bilan muvofiqligi - Windows MS DOS ning barcha amaliy paketlari, muharrirlari, elektron jadvallari ishini ta'minlaydi.
Ko`p masalaliligi - Windows bir paytning o`zida bir necha hujjat bilan ishlaydi, bir dasturdan boshqasiga o`tishni ta'minlaydi. Mavjud tezkor xotiradan to`liq foydalanish imkoniyati mavjud. Qurilma resurslaridan ham to`liq foydalaniladi. Windows qurilmalari orasidagi muloqotni dasturlarning o`zi ta'minlaydi
Ma'lumotlar almashinuvi - Windows dasturlararo ma'lumot almashish imkoniyatiga ega. Bu maxsus Clipboard (ma'lumot almashish buferi), yoki DDE (Dinamic Data Exchange - ma'lumotlarning dinamik almashinuvi, ya'ni boshqa dastur natijalaridan foydalanish), OLE (Object-Linking Emboding - dastur ilovalarida ma'lumotlardan tahrirlangan holda foydalanish) yordamida amalga oshiriladi.
Dasturlardan foydalanishning oddiyligi tufayli foydalanuvchini o`rgatishga talablar kamaydi va tajribali foydalanuvchilar tizimning yangi imkoniyatlarini tashqi yordamsiz o`zi o`rganishi mumkin. Buning uchun «Pusk»-ishga tushirish knopkasidan, masalalar panelidan, Provodnik (Windows bo`ylab Boshlovchi), dasturlar ustasi, ma'lumot berishning yangi tizimlari va imkoniyatlaridan foydalaniladi.
Kompyuter tarmoqlarini ishchi holatida saqlab turish, o`rnatish, sozlash Windowsning ichki imkoniyatlarida mavjud bo`lib, u bunday ishlarni tez bajaradi.
Windowsda 32 razradli NetBEUI, IPXPX yoki TPCIP protokollari va NDIS yoki ODI drayverlari o`rnatilgan NetWare yoki Microsoft kompyuter tarmoqlarini qo`llaydigan ichki imkoniyatlar mavjud.
Plug and Play (ula va ishla) texnologiyasi shaxsiy kompyuterlarga yangi qurilmalarni ishlatishdek murakkab jarayonlarni o`rnatadi va sozlaydi. Buning uchun kompyuterda ishlatiladigan qurilma Plug and Play talabiga javob beradigan qurilma bo`lishi talab qilinadi xolos.
Windows turli kompyuter tarmoqlari uchun juda qulay dastur vositasi bo`lib, o`zida taqsimlangan kompyuter tarmoqlari, elektron pochta, ko`chma kompyuterlar (inglizcha Notebook), multimedia vositalarini qo`llashi va boshqa xususiyatlari bilan alohida ajralib turadi.
Hujjatlarni tahrirlovchi Word muharriri ham Windows tarkibiga kiritilgan.
Bundan tashqari, Windows ilgari MS DOS, Windows tizimlari yordamida ishlatiladigan amaliy dasturlar bilan bemalol ishlaydi.
Windows uzoq masofada joylashgan kompyuter tarmoqlari bilan ishlashni soddalashtiradi.
Windows ning ishlash shartlari
Windows ikki xil ishlash rejimiga ega:
- Standart;
- 386 ga kengaytirilgan.
Rejimning tanlanishi qurilma turiga bog`lik. Windows standart rejimda protsessorning himoyalangan rejimida ishlaydi. 386 ga kengaytirilgan rejimda ishlash uchun 80386 protsessor va 8 Mbayt operativ xotira zarur.
Windowsdan foydalanish uchun quyidagi qurilmalar bo`lishi talab qilinadi:
- Kamida 486 DX protsessorli kompyuter;
- 8 Mb dan kam bo`lmagan tezkor xotira (16 Mb bo`lsa yaxshi);
- 70-90 Mb bo`sh joyli qattiq disk (Windowsning o`zi 6-10 Mbayt joyni egallaydi) va disketani o`qish uchun qurilma (yaxshisi CD ROM);
- Monitor (yaxshisi SVGA);
- Printer;
- Sichqoncha.
Sichqonchaning ishlatilishi
Amallarning ko`pchiligi klaviatura hamda sichqoncha yordamida bajarilishi mumkin. Albatta, har kim o`zi uchun tez va oson bo`lgan usulni tanlab oladi.Windowsda ishlayotganda, asosan sichqonchaning faqat ikkita: chap va o`ng tugmalari ishlatiladi. Ulardan biri asosiy (ishchi) tugma hisoblanadi. Odatda, bu chap tugma bo`ladi, ammo chapaqaylar uchun xuddi shu vazifada o`ng tugmani ham belgilash mumkin (Buning uchun Boshqaruv panelida Sichqoncha dasturidan foydalaniladi).
Ikkinchisi esa yordamchi tugma sifatida ishlatiladi. Uni bosish bilan Kontekst meny chaqiriladi. Ushbu meny ajratilgan element uchun o`sha onda kerak bo`ladigan amallarni bajarishi mumkin.
So`nggi paytlarda uchta: chap, o`rta va o`ng tugmali sichqonchalar keng tarqalmoqda. o`rta tugma mavjud oynani tepa yoki pastga o`tkazish uchun ishlatiladi.
Shuni aytish lozimki, Windows asosan sichqoncha bilan ishlasada, ayni paytda uning ko`p amallari klavishalar yordamida ham ishlay oladi.
Windows ni chaqirish
Windows bilan ishlash uchun, avvalo, u kompyuter xotirasiga chaqirilishi lozim. Windows operatsion tizim bo`lgani uchun ham u kompyuter ishga tushirilishi bilan yuklanadi va ekranda oyna paydo bo`ladi (qobiq dasturlarda maxsus buyrug`lar yordamida ishga tushiriladi, masalan, Windows 3.1, 3.11 uchun MS DOS ning buyrug`lar satrida Win teriladi va Enter bosiladi).
Windowsning bu ekrani Ish stoli deb ataladi. Sizning odatdagi ish stolingizdagi hujjatlar, asboblar, yozuv qog`ozlari va shu kabilar joylashganidek kompyuter ekranida ham ishlash uchun kerak bo`lgan ma'lumotlar joylashtiriladi (yuqoridagi rasmga qarang). Ish stoli ko`rinishi foydalanuvchi tomonidan o`zgartirib turilishi mumkin. U foydalanuvchi tomonidan ko`p ishlatiladigan dasturlarni joylashtirish uchun qo`llaniladi. Windows ish stolining elementlar to`plami kompyuterning sozlovchilari bilan bog`liq.
Windowsda ko`plab elementlarni yodda saqlash, ajratib olish va ular bilan ishlash oson bo`lishi uchun piktogrammalar (yorliqlar) deb ataluvchi mos rasmchalar qo`yiladi. Ularni ko`pincha ikonalar (timsollar) deb ham ataydilar. Ular mos dasturni xotiraga tez chaqirish (yuklash) imkoniyatini beradi. Mualliflar dasturlar uchun ularning mohiyatini ifodalab beruvchi maxsus rasmchalar tayyorlaydilar. hujjat fayllari uchun piktogramma sifatida o`sha hujjat tuzilgan dasturning belgisi ko`rsatiladi.
Ish stolida quyidagi elementlar joylashgan bo`lishi mumkin:
- papkalar (tizimning va foydalanuvchining papkalari);
- hujjat va dastur fayllari;
- qurilmalar, papkalar va fayllar uchun yorliqlar.
Odatda ekranda tizim papkalari va ko`p murojaat qilinadigan obyektlarning yorliqlari joylashgan bo`ladi.
Tizim papkalari (System Folder)-Windows OS tomonidan tashkil etilgan papkalardir. Tizim papkalariga quyidagilar kiradi:
Moy kompyuter (Mening kompyuterim). Bu papka siz ishlayotgan kompyuterning obrazi bo`lib, uning yordamida kompyuter resurslariga (ya'ni, qattiq hamda yumshoq disklar, CD-ROM, tarmoq disklariga, shu kabilarga) ulanish va kirishingiz mumkin.
Moy Kompyuterdagi mavjud dasturlar keltirilgan: disk, MS DOS, CD ROM [D:], boshqaruv paneli (Panel upravleniya), printerlar (Printeri), uzoqlashgan tarmoqqa kirish (Udalenniy dostup k seti).
Setevoye okrujeniye (Tarmoq doirasi). Bu dastur mahalliy tarmoq kompyuterlari ro`yxatini ko`rib chiqish va ularning resurslariga kirish uchun ishlatiladi.
Internet Explorer. Internetdagi WEB sahifalarini ko`rib chiqish dasturi. U Windowsning oxirgi namunalariga kiritilgan.
Korzina (Savat). Olib tashlangan (yo`qotilgan) papka va fayllarni vaqtincha saqlovchi joy bo`lib, kerak bo`lganda qayta tiklash imkonini beradi. Bu savatga Windows vositalari bilan olib tashlangan obyektlar joylashtiriladi. Bundan tashqari, faylni yo`qotish uchun sichqoncha yordamida uni savat belgisiga ko`chirib qo`yish mumkin. DOS vositalari bilan (masalan, komandalar satrida yoki Norton Kommanderda) yo`qotilgan fayllarni bu dastur vositalari bilan tiklash mumkin emas. Savatni doimiy ravishda tozalab turish, ya'ni kerakli fayllarnigina saqlash tavsiya etiladi, chunki bu yerga joylashtirilgan fayllar ham xotirada joy egallaydi.
Portfel. Bu dastur ikki kompyuter bilan ish olib borilayotganda fayllarni sinxronlashtirishni (so`nggi namunalarga almashtirishni) ta'minlaydi. Masalan, Siz ishni «uyga» olmoqchi bo`lsangiz Portfeldan foydalanishingiz mumkin.
Vxodyashiye (Kiruvchilar) Bu Windowsning xabarlar tizimidir. o`rnatilgan (belgilangan) dasturlarga qarab elektron pochtaning u yoki bu turiga ulanishini ta'minlashi mumkin.
Ish stolida Moy kompyuter (Mening kompyuterim) va Korzina (Savat) tizim papkalarining bo`lishi shart.
Windowsning tizim papkalari oddiy papkalardan quyidagi xususiyatlari bilan farqlanadi:
- tizim papkalarini yo`qotish mumkin emas;
- Korzina (Savat) papkasining nomini o`zgartirib bo`lmaydi (lekin kompyuteringizga Norton Utilities komplektini o`rnatgan bo`lsangiz buni bajarish mumkin);
- ba'zi tizim papkalarining kontekst menysida o`ziga xos buyrug`lar mavjud.
Masalalar paneli
Ish stolining oxirgi satri Panel zadach (Masalalar paneli) deb ataladi va unda ishlayotgan masalalar aks ettiriladi (7.3-rasm). Birorta dastur ishga tushirilishi bilan masalalar panelida uning nomi yozilgan tugma paydo bo`ladi. Tugmaning nomi ikki qismdan iborat bo`ladi: dastur nomi va shu dastur yordamida tahrirlanayotgan hujjat nomi. Nom oldida dasturning piktogrammasi aks ettiriladi. Masalalar panelining chap burchagida Pusk tugmasi joylashgan. Bu tugma Windows OS ning bosh menysiga kirishni ta'minlaydi. Agar sichqoncha ko`rsatgichini shu tugma ustiga joylashtirsak, Nachnite rabotu s najatiya etoy knopki (Ishni shu tugmani bosishdan boshlang) degan yozuv paydo bo`ladi. Bundan tashqari, Masalalalr panelida rus, ingliz yoki boshqa alifboni, hamda vaqtni ko`rsatuvchi knopkalar (indikatorlar) mavjud.
Masalalar panelini faollashtirish
Masalalar panelini quyidagi usullar bilan faollashtirish mumkin:
1) masalalar panelining ixtiyoriy bo`sh joyida sichqoncha tugmasini bitta bosish;
2) Ctrl+Esc tugmalar kombinatsiyasini, ya'ni avval Ctrl va undan so`ng Esc tugmasini bosish;
3) ish stoli faol bo`lgan holda Tab tugmasini bosish.

Umuman bu uchta usul bir-biriga ekvivalent emas. Birinchi usul faqat masalalar panelining fonini faollashtiradi. Oxirgi ikkita usul esa Pusk (Start) tugmasini faollashtiradi. Masalalar panelining foni faollashgan vaqtda quyidagi amallarni bajarish mumkin:
• Shift+F10 tugmalar kombinatsiyasini bosib, masalalar panelining kontekst menysini ochish mumkin;
• tugmalari yordamida masalalar panelida joylashgan dastur tugmalarini ajratish va Enter ni bosib uni ishga tushirish mumkin.
Masalalar panelini ekran chegarasining xohlagan qismiga: tepa yoki pastga, chap yoki o`ngga joylashtirish mumkin. Panelni boshqa bir joyga ko`chirish uchun uni sichqonchaning tugmasi bilan bosib turgan holda ekranning biror chegarasiga siljitamiz. Kerakli chegara bo`ylab to`g`ri to`rtburchakning konturi paydo bo`lganda, sichqonchaning tugmasini qo`yib yuboramiz. Masalalar panelini kengaytirish ham mumkin. Buning uchun panelning tashqi chegarasini sichqoncha bilan ilib olib, uni boshqa joyga ko`chiramiz.


postgreSQL tarihi
Еще нет ответа на этот вопрос.
Добавил: hilola

Bolalar flaeshkamga narsa tashlasam ne udaetsya libo zamenit tashlanayotgan fayl nomi disk zashshishyon ot zapis.
snimitu zashshishu ili vospolzaytes drugim diskom. deb ko'rsatyapdi. Nimadan bo'layotganini bilmayapman bilsalaring yozib jo'natinglar iltimos!?
Еще нет ответа на этот вопрос.
Добавил: Sarvar Yusupov (spayder_1991)

Еще нет ответа на этот вопрос.
Добавил: Firdavs Muhammedov (Firdavs20)


Форма входа
Привет, Гость
Зарегистрируйтесь или авторизуйтесь и получите все приемущества сайта.
Логин:
Пароль:
BIZGA QOSHILING
Intervyu
SMS SHERLAR
SAYT FAOLLARI
  • GENERAL
  • ★ZumRAshA★
  • MUSILMON
  • ♣GUBERNATOR♣
  • Fast-ForWarD
  • Nigi{JON}
  • ALI-90
  • Bek_Arab
  • Uzbek
  • Farab
  • MiRzO_BoY
  • -=★_BmS_★=-
  • МаRмелаDка
  • Ali4742
  • Karen_uz
  • ☺☻๑♣←OYBEK→♣๑☻☺
  • _-SuPeR_BoY-_
  • CITY_HUNTER
  • _MAFIYA_
  • Счастье_Быть_Мусульманкой
  • 2014 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
    Хостинг от uCoz
    uzbek.mobiВсе о
Душанбе