Andijonda militsiya postiga hujum, bir kishi o'zini portlatgan
Amerika Ovozi 26/05/2009
O'zbekiston Bosh prokuraturasining bildirishicha, 2-3 kishidan iborat guruh tunda blok-postni portlatgan.
Yuzaga kelgan otishmada bir militsioner va hujum qilganlardan biri yaralangan. Qolganlari qochishga muvaffaq bo'lgan.
So'ng kunduzi Andijon shahrida bir erkak o'zini portlatib, militsiya xodimini o'ldirgan. Bir necha kishi jarohat olgan. O'zbekiston hukumati jangarilar qo'shni Qirg'izistondan kelgan demoqda. Ba'zi manbalarga ko'ra, bugun Andijon viloyatining Xonobod shahriga kirishda militsiya postiga hujum qilingan.
O'zbekiston chegarani yopib, operativ harakatlar boshlagani aytiladi. Ayrim xabarlarda otishma yuz bergani, militsiya binosiga hujum qilingani aytilmoqda.
Qirg'iziston chegara xizmati rasmiysi, polkovnik Cho'lponbek Turo'zbekovning aytishicha, Andijon viloyatining Xonobod shahrida ikkita portlash qayd etilgan.
"Voqea tungi 2 da o'zbek-qirg'iz chegarasi yonida sodir bo'ldi, deydi u. Chegara xavfsizligi kuchaytirilgan. Shu jumladan har ikki tomondan o'tayotgan mashina va fuqarolar nazorati ham",- deydi Turo'zbekov.
Ayrim o'zbekistonliklarga ko'ra, Andijonga kirish yo'llari to'silgan. Qirg'iziston manbalarida portlash paytida qurbonlar bo'lmagani, ammo bir necha kishi jarohat olgani aytilsa, boshqa xabarlarda O'zbekiston askarlari orasida talofat borligi ta'kidlanmoqda.
Cho'lponbek Turo'zbekovning aytishicha, umuman olganda vaziyat barqaror. Ba'zi xabarlarda keltirilishicha O'zbekiston qo'shimcha kuch yoki harbiy texnika safarbar etganini inkor etgan. Biroq Xonobod aholisi ko'chalarda bronetransportyorlarni ko'rganini aytmoqda.
Har hil balo-ofatlardan Allohdan Panoh so'riman yurtimizni yaqinlarimizni o'z panohingda asragin.....
Мы не верим в идеальных людей… и в толпе высматриваем свой идеал...
Hm tog'ri etas GoldMediaStudio, bunaqa gaplani saytda yozish keremas kimladir boshqacha qabul qilishi mumkin...
Мы не верим в идеальных людей… и в толпе высматриваем свой идеал...
ASSALOMU ALAYKUM AZIZ VATANDOSHLAR VA HAM SHAHARLAR. SIZGAHAM KOTTA SALOM SoHiBi BoR SoHiBa AVALO USHBU MAVZUNI OCHGANIZ UCHUN SIZGA KOTTA RAHMAT. MEN SIZGA ALLOHDAN UZOQ UMUR SOG'LIK SALOMATLIK BAH VA OMAD QUVONCHU SHODLIK YUZINGIZGA TABASSUM LABINGIZGA KULGU O'ZINGIZGA HUSH KAYFIAT TILAGAN HOLDA YANA BIR BOR O'Z MINADORCHILIGIMNI BILDIRAMAN.
Hammaga sava Anjanlilar qadasla????
Bu dunyoga keldingmi? Endi yasha! Tishni tishga qo‘yib-qo‘yib yasha. Mushtni tugib-tugib yasha. Chidab-chidab yasha. Yashashni chidaganga chiqargan!Bu dunyoga keldingmi?Endi chida! Dunyo—chidaganniki! Oxirigacha chida, Xudo bergan kungacha chida!