
Assalamu alaykum. Bir
hikoyadan judayam
ta'sirlandim. Shu voqeani
sizlarga ham yetkazishni
lozim topdim.
Bir oilada tug'ilgan bolalar
ayni shirin davrida, 2-3
yashar bo'lganida o'lib
qolaverkan. Allohni irodasi
ekan. Har gal Ona bechora
O'lik bolasini bag'riga
bosgancha bo'zlab bo'zlab
yig'larkan, uning dod
faryodiga osmon toqat
qilolmay, duv-duv yosh
to'karkan. Tog'lar larzaga
kelib ,daryoyu dengizlarda
toshqin paydo bo'larkan.
Lekin erning ko'zidan biror
tomchi ham yosh chiqmas
ekan. Har gal bolasi olamdan
ko'z yumganda Onaizor
boshini devorlarga urib
yig'larkan, sochlarini
yularkan,yuzlarini tirnarkan.
" Sen o'lguncha men o'lsam
bo'lmasmidi" deya Allohdan
öziga o'lim tilarkan. Er bo'lsa
bu kulfatni jimgina
o'tkazaverarkan. Har gal
boladan judo bo'lganda
mushtipar Ona farzand
dog'ida 1-2 oylab kasal
bo'lib yotarkan. Tabiblar
turli dori darmonlar
berishib, har xil muolajalar
qilib uni arang oyoqga
turg'azisharkan. Oilada unga
og'ir ish qildirishmas,qattiq
botadigan gap etishmas,
ko'ngliga qarab ish tutishar
ekan. Er esa Soppa sog'day
yuraverarkan. O'n birinchi
farzand 3 yoshida olamdan
o'tganda Onaning toqati
toq bo'libdi.
- Hoy Er, Otamisan
o'zi,nimasan ?! Nega
qayg'urmaysan ? !
Xotin shunday deb tik
turgan Erining yoqasidan
olib, siltagan ekan , Er yerga
Guuppp etib tushibdiyu Jon
taslim qilibdi !!!!!
Bechora Er g'amni ichiga
yuta yuta tugab, bir
siltashgayam bardosh
berolmaydigan holga kelgan
ekan.
Qanaqadur bir g'alati
bo'ldimki bu voqeadan.
Odamlar hatto bitta farzand
dog'iga bardosh
berolmaydi. Lekin buniyam
bir xikmati borki, Robbim
iznisiz hech ish sababsiz
bo'lmaydi. Go'dak holda
hayotdan erta ketgan
farzandlar Oxiratda, hamma
suvga tashna Jazirama
holda Ota Onasiga suv
keltiradi. Darhaqiqat ,har bir
ko'rgulikni bir ezgu tomoni
bo'ladi. Faqat Qanoat
Odamga halovat beradi...
Otaning Onaning qadrini
faqat Odam özi Ota Ona
bo'lgandagina tushunadi.
Bir hikmat o'qib qoldim
Tohir Malikni kitobida
" Kimki uyiga sarf harajat
qilib Ro'zg'or qilib kelsa,
Jihod savobi yoziladi
"deyilgan. Ajabo, Erkak uyga
doim ro'zg'or qiladi, demak
ular savobga ko'p yetishar
ekanda. Otang qadrini bil,
Bir kun ayrilishdan
avval,deyishadi. Qisqasi
O'zbek Oilalaridagi Mard,
Jasur, Oilaparvar,
atrofidagilarga Ayollar
Ojizlarga mehr
muruvvatli ,Qalqon Bir so'zli,
Mehribon Otalarimiz doim
qalb Ardog'imizda.
Otalarni Onalar hurmat
qiling. Kimdur yoshi katta
odam ham ,kimnidur Otasi.
Demak, qaysiki Otaga
qanaqa muomala
qilarkansan,bir kun shu
muomalang o'zingga qaytib
urmaguncha tanangdan
ruhing chiqmaydi...
E'tiboringiz uchun
Tashakkur.
+99893.400.36.26