130 XOTINI VA 203 FARZANDI BO‘LGAN NIGERIYALIK 93 YOSHIDA VAFOT ETDI

Nigeriyada, turli ma’lumotlarga ko‘ra, 86 dan 130 nafargacha xotini bo‘lgan 93 yoshli Muhammad Bello Abubakr vafot etdi, deb yozadi Daily Trust.

29-yanvar, yakshanba kuni ko‘p xotinliligi bilan tanilgan Belloni Nigeriyaning markaziy qismida joylashgan Bida shahrida dafn etishdi.

2008-yilda Belloning 86 nafar xotini bo‘lgan, ammo o‘shandan buyon ularning soni 130 nafarga yetgan. Biroq Vanguard nashri uning 90 dan ortiq rafiqasi bo‘lganini aytayotgan bo‘lsa, Independent ma’lumotlariga ko‘ra, umri davomida u 107 marta uylangan va o‘n marta ajrashgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Belloning 203 nafar farzandi bor, tez orada ularning soni ortishi mumkin: uning ba’zi xotinlari homilador.

2008-yilda Muhammad Bello Abubakr musulmonlarga ko‘pi bilan to‘rt xotinli bo‘lishga ruxsat beruvchi shariat qonunlarini buzganligi uchun hibsga olingan edi. Keyinroq undan ayblovlar olib tashlandi va u ozod etildi.

Категория: Dunyo g'aroyibotlari | Просмотров: 7 | Добавил: Ganisher | Теги: 130 XOTINI VA 203 FARZANDI BO‘LGAN
«Betakror.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться

АВТОРИЗАЦИЯ НА САЙТЕ