17 YIL FARZAND KUTGAN AQSHLIK AYOL BIR YO‘LA OLTI FARZANDNI DUNYOGA KELTIRDI

Amerikada 17 yil davomida farzand kutgan oila bir yo‘la olti farzandli bo‘ldi, deb yozadi Washington Post.

Asli nigeriyalik Tayvolar oilasi Virginiya shtatining Richmond shahrida yashaydi, ular 11-may kuni uch o‘g‘il va uch qiz farzandning ota-onasiga aylandi. Kesarcha kesish yo‘li bilan o‘tgan tug‘uruqni 40 nafar shifokordan iborat guruh qabul qildi.

Ularning aytishicha, 30-haftada tug‘ilgan bolalarning barchasi o‘zini yaxshi his qilmoqda va rivojlanishda davom etmoqda, ammo hozircha intensiv davolash bo‘limida tibbiy kuzatuv ostida qolmoqda, ular kasalxonadan qachon chiqishi noma’lum. Bolalarning onasiga esa o‘tgan haftada uyga ketish uchun javob berishdi.

Chaqaloqlarning eng kichigi tug‘ilgan vaqtda 500 gramm tosh bosgan bo‘lsa, eng kattasining vazni 1 kilogrammdan sal ortiqroq bo‘lgan.

Категория: Dunyo g'aroyibotlari | Просмотров: 11 | Добавил: Ganisher | Теги: 17 YIL FARZAND KUTGAN AQSHLIK AYOL
«Betakror.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться

АВТОРИЗАЦИЯ НА САЙТЕ