AMERIKADA «ARZON» UCH G'ILDIRAKLI SPORTKAR ISHLAB CHIQILDI

Amerikaning Vanderhall kompaniyasi «arzon» uch g'ildirakli Venice avtomobilini taqdim etdi. Karbonli kuzovga ega mashina shassisi alyuminiydan yasalgan bo'lib, unga General Motors dvigateli o'rnatilgan. Uning narxi 29 ming 950 dollardan boshlanadi. Bu esa, firmaning ilk trisikli Laguna modelidan 20 ming dollarga arzonroqdir. Sportkar Laguna trisiklining alyuminiy shassisida barpo etilgan bo'lib, vazni 623 kilogrammni tashkil etadi.

Vanderhall Venice 1,4-litrli, 200 ot kuchiga ega turbomotor joylangan. U 6 bosqichli avtomatik uzatmalar qutisi bilan hamkorlikda ishlaydi. Trisikl besh soniyada “yuz”ga chiqa oladi. Trisiklning eng yuqori tezligi 210 kilometrni tashkil etadi.
Uch g'ildirakli sportkarga ABS tormoz tizimi, sovuq kunlarda isiydigan o'rindiqlar, Bluetooth stereotizimlariga ega. Kuzovning orqa qismida 75 litr hajmdagi uncha katta bo'lmagan yukxona ham bor.

Vanderhall firmasi Venice modelidan tashqari, Laguna sportkarini ham taklif etadi. Uning narxi 49,9 ming dollardan boshlanadi.

Категория: Avtomobil dunyosi | Просмотров: 11 | Добавил: Ganisher | Теги: AMERIKADA «ARZON» UCH G'ILDIRAKLI S
«Betakror.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться

АВТОРИЗАЦИЯ НА САЙТЕ