AMERIKALIK HAYDOVCHI YANGI YOTQIZILGAN BETONDAN YURGANI UCHUN 10 MING DOLLAR TO‘LAYDI

AQShning Nebraska shtati Linkoln shahrida yashovchi 19 yoshli haydovchi yangi yotqizilgan sement-beton qoplamadan yurgani uchun 10 ming dollar to‘laydi, deb yozadi “Motor”.

Haydovchi yo‘l ishlari borayotgan joyni to‘sib turgan belgilar va konuslarga e’tibor bermasdan, tirbandlikni aylanib o‘tmoqchi bo‘ldi. Yangi beton hodisadan yarim soatgina avval yotqizilgan. Yo‘lning bu qismiga o‘tib ketgan Honda Civic o‘sha zahoti betonga botib qoldi.

Zarar kamida 10 ming dollarga baholanmoqda. Ushbu mablag‘ ichiga ishchilarning avtomobilni itarib chiqarishga ketgan vaqti (bunga ikki soat talab etildi), zarar yetgan qoplamani olib tashlash va yangi yo‘l yotqizish xarajatlari kiritildi.

Категория: Avtomobil dunyosi | Просмотров: 8 | Добавил: Ganisher | Теги: AMERIKALIK HAYDOVCHI YANGI YOTQIZIL
«Betakror.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться

АВТОРИЗАЦИЯ НА САЙТЕ