Andijondagi sariq rangli va nur qaytaruvchi piyodalar o‘tish joyi: xavfsizlik uchun shuning o‘zi yetarlimi? - 10 Февраля 2016 - SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
MUBORAK JUMA, 2017.03.24, 12:07
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS

Menu
Категории раздела
Новости Футбола
ozbekiston chempionat. jahon chempionati. evropa chempionati
ШОУ-Бизнес
Узбекский Шоу Бизнес JAHON SHOU BIZNES SHAHZODA RAYHON BOJALAR RAYXON.UZ SHAXZODA.UZ
SMS YUBORISH
BEPUL SMS YUBORISH UCELL MTS BEELINE PERFECTUM UZMOBILE BUTUN JAHONGA
QIZIQARLI
ENG QIZIQ AJOYIB PRIKOL ZOR MALUMOTLAR WWW.SHERLAR.UZ DA
MP3 KO`CHIRISH
BEPUL MP3 KOCHIRISH UZBEK RUS ARAB JAHON SHAXZODA RAYHON BOJALAR QASHQIRLAR MAKONI
MOBIL TELEFONLAR UCHUN
SOTKA UCHUN TEMA NOKIA TEMA MP3 JAVA KLIP KINO ZOR TEMALAR
Веб-Мастер
UZ DOMEN OLISH. UCOZNI ORGANISH BEPUL TK DOMEN. YANGI SHABLONLAR
TV SERIAL- ТВ Сериалы
QASHQIRLAR MAKONI YANGI. OZBEK SERIAL. UZBEK KINO
QO`SHIQ MATNI
YANGI QOSHIQLAR MATNI RAYHON SHAXZODA BOJALAR
IZOHLAR VA SMSLAR
YANGI SMS SHERLAR SHERLAR TOPLAMI
SEVGI
SEVGI MUXABBAT LOVE QIZLAR BILAN TANISHISH 14 FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI
JAHON YULDUZLARI
JAHON YULDUZLARI
KULGI -FUNNY-PRIKOL
PRIKOL XAZIL FUNNY PRIKOL FOTO XAZIL FOTOSURATLAR. KULGILI RASMLAR
ISLOM
TANLOV
Психология
PSIXOLOGIK TESTLAR! PSIXOLOGIK TESTLAR PSIXOLOGIK TESTLAR!
FOYDALI MASLAHATLAR
Тесты
Рейтинг
FIKR-MULOHAZA
---TANISHAMAN---
QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH.
MUXLIS--FANAT
TALAB VA TAKLIF
KASSA
FOYDALI SAYTLAR
ZOR SAYTLAR . PRIKOL SAYTLAR
SHERIYAT
KOMPYUTERLAR UCHUN
Реклама
PUL ISHLASH
INTERNETDA PUL ISHLASH. PUL TOPISH.
qizlar bilan tanishaman
qizlar bilan tanishaman
Афоризмы
Aforizmlar
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI
SHAXZODA RAYHON BOJALAR SHOXRUXXON. OZODBEK. SHOXJOHON
Гостевая
IBRATLI XIKOYALAR
WWW.SHERLAR.UZ
WWW.SHERLAR.UZ SAYTI UCHUN MAHSUS YANGILIKLAR HABARLAR SMS SHERLAR MADHIYALAR
Новости Узбекистана
Kliplar
Мини-чат
Наш опрос
ENG ZOR KIM?
XAMMA JAVOBLAR: 1060

Статистика

XOZIR SAYTDA 13
MEXMON 11
FOYDALANUVCHI 2
MiroslavHaf, EgorWiz
Главная » 2016 » Февраль » 10 » Andijondagi sariq rangli va nur qaytaruvchi piyodalar o‘tish joyi: xavfsizlik uchun shuning o‘zi yetarlimi?
16:38
Andijondagi sariq rangli va nur qaytaruvchi piyodalar o‘tish joyi: xavfsizlik uchun shuning o‘zi yetarlimi?

Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lgan fotoxabarlardan biri: Andijon shahridagi piyodalar o‘tish joylari sariq rangga bo‘yalmoqda va ular kunning qorong‘i vaqtida nur qaytaradi, “Piyodalar o‘tish joyi” yo‘l belgisi esa sariq gardish ichiga olinmoqda.

Muhokamalarga ishtirok etgan aksariyat foydalanuvchilar (ularning ba’zilari dastlab fotosuratlarning haqiqiyligini shubha ostiga oldi, shu sababli andijonliklar “Voditeli Tashkenta”ni sariq rangli piyodalar o‘tish joyi suratlariga to‘ldirdi) mazkur tashabbusni olqishlab, O‘zbekistonning boshqa shaharlarida ham buni tatbiq etish lozimligi haqida fikr bildirgan.

Fikr bildiruvchilarning mulohazalari bilan tanishib, Andijon bu borada birinchi emasligini payqash mumkin — Samarqandda bunday uch oy avval piyodalar o‘tish joylari sariq rangga bo‘yala boshlangan, biroq “eng birinchi sariq rangli o‘tish joylaridagi chiziqlar hozirga kelib qariyb o‘chib ketgan”.Shahar ma’muriyati va yo‘l harakati xavfsizligiga mas’ul idoralar piyodalar xavfsizligi haqida qayg‘urayotgani quvonarli, albatta. Lekin xalqaro tajriba bilan taqqoslaganda, buning o‘zi yetarli emasligi ko‘rinib qoladi.

Tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joylarida piyodalarning xavfsizligini ta’minlash masalasida aksariyat rivojlangan xorijiy mamlakatlar sezilarli darajada ilgarilab ketgan — piyodalar o‘tish joyi sariq rangga bo‘yalmaydi, yo‘l belgilari ham sariq gardish ichiga olinmaydi.

Qorong‘i vaqtda piyodalarning hayoti va salomatligiga nisbatan xavfning ayniqsa ortishi — piyodalar o‘tish joyi nur qaytarmasligi yoki sariq rangga bo‘yalmagani, yo‘l belgisi esa sariq gardish ichiga olinmagani bilan bog‘liq emas. Haydovchi o‘tish joyi yoki tegishli belgini ko‘rmaganidan emas, balki piyodani ko‘rmay qolganidan uning ustiga bosib boradi.

Yo‘l belgilarini nur qaytaruvchi, sariq yoki yorqin yashil rangli gardishlar ichiga joylashtirish, o‘tish joylarini nur qaytaruvchi qilish va e’tiborni tortuvchi ranglarga bo‘yash amaliyoti avvalroq Rossiyada ham boshlangan va bu holat mamlakatning taniqli blogerlari tomonidan asosli tanqid ostiga olingan edi.Mazkur vaziyatda G‘arb mamlakatlariga tajribasiga murojaat qilish foydadan holi emas. Birinchi galda, “Piyodalar o‘tish joyi” yo‘l belgisi nafaqat yo‘l yoqasida, balki qatnov qismining ustida ham bo‘lishi maqsadga muvofiq, xuddi San-Marinodagidek.

Yoki Daniya poytaxti Kopengagendagi kabi.

Bryusselda.

Gaagada.

Qatnov qismining ustiga chiqarilgan yo‘l belgisi shunchaki turishi kerak emas — u, xuddi Germaniya va Isroildagi kabi, kun qorayishi bilan, ichidagi va ostidagi chiroqlar bilan o‘zini va piyodalar o‘tish joyini yoritgani ma’qul.Muammoning brazilcha arzonroq yechimi bor — San-Paulu ko‘chalarida piyodalar o‘tish joyini yo‘l belgisi emas, shunchaki oddiy projektorlar yoritadi.Shveysariyadagi piyodalar o‘tish joylarining qariyb barchasida yo‘l belgisi ham, yo‘l belgisini ko‘tarib turgan ustun ham yorug‘ turadi.Rossiyadagi dizayn-studiyalardan biri quyosh energiyasida ham ishlay oladigan “Havo zebrasi” konseptini ishlab chiqqan — u qorong‘i vaqtda piyodalar o‘tish joyini charog‘on qiladi.Avtomobil tezligini pasaytirish va umuman to‘xtashga majbur qiladigan boshqa bir yechim ham bor — piyodalar o‘tish joyi qatnov qismiga nisbatan balandroq qilib quriladi, bunday o‘tish joyi oldida har qanday haydovchi, kamida avtomobiliga zarar yetmasligini o‘ylab, tezlikni pasaytiradi.

Yuqoridagi ko‘rsatilgan xorijiy namunalarning bari, albatta, harakatlanish bo‘laklari soni ikkitagacha bo‘lgan yo‘llar uchun mo‘ljallangan. Agar bo‘laklar soni ko‘proq bo‘lsa, o‘tish joyi qanday rangga bo‘yalmasin, qanchalik yoritilmasin, katta tezlikda kelayotgan avtomobilni bu vositalar bilan to‘xtatish qiyin — svetofordan boshqa najot yo‘q.

2014-yilda Toshkent shahridagi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joylaridan birida “Radar.uz” loyihasi tomonidan monitoring o‘tkazilgandi. O‘shanda atigi bir soat davomida qariyb 600 ta avtomobil piyodalarga yo‘l bermagandi. O‘sha vaqtdayoq bu muammoning samarali yechimi sifatida ishlash rejimi yaxshi o‘ylangan va yo‘l o‘rtasida ham boshqaruv tugmalari bo‘lgan boshqariladigan svetoforlarni o‘rnatish ekanligi qayd etilgandi.

Bundan tashqari, quyidagi choralarni ko‘rib chiqish kerak:

  • Yozuvli axboroti (masalan, “Diqqat, piyodalar!”, “Tezlikni kamaytir!” va h.k.) bo‘lgan qo‘shimcha yo‘l belgilarini o‘rnatish;
  • Piyodalar o‘tish joyiga yaqinlashishda tezlikni cheklash (3.24 va 3.25 belgilari);
  • Yo‘l qatnov qismidagi har bir harakatlanish bo‘lagiga yotiq chiziq belgilarini qo‘yish (masalan: “Sekin” yozuvi, “Piyodalar o‘tish joyi” belgisi, “Maksimal tezlik cheklangan” belgisi).

Прикрепления: RASM 1 · RASM 2 · RASM 3 · RASM 4 · RASM 5 · RASM 6 · RASM 7 · RASM 8 · RASM 9 · RASM 10 · RASM 11 · RASM 12 · RASM 13 · RASM 14 · RASM 15 · RASM 16 · RASM 17
Категория: Новости Узбекистана | Просмотров: 377 | Добавил: JAHONGIR | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
LOGIN:
PAROL:
Реклама.
Forum Faollari
  • JAHONGIR
  • ♣GUBERNATOR♣
  • MUSILMON
  • Fast-ForWarD
  • Nigi{JON}
  • GENERAL
  • ALI-90
  • ★ZumRAshA★
  • Uzbek
  • Bek_Arab
  • Farab
  • -=★_BmS_★=-
  • MiRzO_BoY
  • МаRмелаDка
  • _-SuPeR_BoY-_
  • Ali4742
  • Karen_uz
  • ☺☻๑♣←OYBEK→♣๑☻☺
  • Счастье_Быть_Мусульманкой
  • CITY_HUNTER
  • Поиск
    Календарь
    «  Февраль 2016  »
    ПнВтСрЧтПтСбВс
    1234567
    891011121314
    15161718192021
    22232425262728
    29
    2017 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
    Хостинг от uCoz