Apple'ning iPhone 8 smartfoniga Samsung displeyi o'rnatiladi

Apple kompaniyasi 2017
yilda taqdim etiladigan
iPhone qurilmalari uchun
Samsung Display'ga 60
million OLED-panel buyurtma
qildi. Shartnoma qiymati 5
trillion koreya vonini (4,3
milliard dollar) tashkil qildi.
The Investor shu haqida
xabar berdi.

Samsung Display Apple'ning
asosiy displey yetkazib
beruvchilaridan biri
hisoblanadi. Shuningdek u
dunyodagi eng yirik OLED-
displey ishlab chiqaruvchisi
hamdir - u bozorning 95
foizidan ortig'ini egallagan.
Manbaga ko'ra, har bir
matritsa Apple'ga 71
dollardan tushmoqda.
Taqqoslash uchun - iPhone
7'ning IPS-matritsalari,
norasmiy hisob-kitoblarga
ko'ra, 40 dollarcha bo'lgan.

Sharp bosh direktori Tay
Jyen-vu iPhone 8 qurilmalari
OLED-displeyga ega bo'lishini
tasdiqladi. Uning
ta`kidlashicha, smartfonlarda
LTPS-panellarni qo'llashdan
voz kechish - Apple'ning
innovatsion mahsulot
yaratish istagini amalga
oshiruvchi yagona yo'ldir.
OLED-displey LTPS-displeydan
kamroq energiya iste`mol
qilishi, yuqori kontrastliligi va
moslashuvchi ekran yaratish
imkoni mavjudligi bilan
ajralib turadi.

Категория: Texnalogiya | Просмотров: 10 | Добавил: Ganisher | Теги: Apple'ning iPhone 8 smartfoniga Sam
«Betakror.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться

АВТОРИЗАЦИЯ НА САЙТЕ