Apple eng qimmat iPhone’ni chiqarmoqchi

FastCompany ekspertlari fikricha, navbatdagi iPhone o‘z “akalari”dan ancha qimmatroq turishi mumkin. Uning narxi 1000 dollardan oshadi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”.

Apple’ga yaqin manbalariga tayangan holda, ekspertlar navbatdagi iPhone inqilobiy dizayn va yangi, ancha qimmat komponentlarga ega bo‘lishini ta’kidladi. Narxga eng ko‘p 5,8 dyuymli OLED-ekranning o‘rnatilishi, shuningdek, simsiz quvvat olish funksiyasi ta’sir o‘tkazadi.

Apple’ning eng qimmatbaho smartfoni u haqda tarqalib ketgan ma’lumotlarda iPhone X deya tilga olingan. U 4,7 dyuymli iPhone 8 va 5,5 dyuymli 8 Plus bilan birga chiqarilishi kutilmoqda, ammo ular biroz pastroq narxda bo‘ladi.

iPhone X, shuningdek, ichki 3D-sensor bilan jihozlanadi. Datchik avtorizatsiya, fotoportretlar sifatini yaxshilash yoki to‘ldirilgan reallik texnologiyasini amalga oshirish uchun qo‘llanilishi mumkin.

Bundan tashqari, iPhone X alyuminiy emas, shisha korpusda chiqarilishi mumkin. Smartfon korpusi zanglamaydigan po‘latdan tayyorlanadi, degan versiya ham bor.

Категория: Texnalogiya | Просмотров: 12 | Добавил: Ganisher | Теги: Apple eng qimmat iPhone’ni chiqarmo
«Betakror.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться

АВТОРИЗАЦИЯ НА САЙТЕ