Apple Hindistonda iPhone ishlab chiqarmoqchi

Apple vakillari Hindiston hukumati bilan Bangalor shahrida iPhone ishlab chiqarishni boshlash masalasini muhokama qildi, deb xabar beradi “Kommersant”.

Hindiston savdo vaziri uchrashuv tashkil etilganini tasdiqladi, biroq uning tafsilotlarini oshkor qilmadi.

Apple vakillari Hindiston ma’muriyati bilan mavjud konstruktiv muloqotni qadrlanishini ma’lum qildi.

Apple’ning bu muzokaralari AQSh prezidenti Donald Tramp kompaniyalarni ishlab chiqarishni Amerika hududiga ko‘chirishga chaqirayotgan bir vaqtda bo‘lib o‘tdi.

Avvalroq Tramp Ford, General Motors va Fiat Chrysler konsernlari rahbarlari bilan uchrashgan va AQShda ishlab chiqarilgan avtomobillar uchun soliqni kamaytirishga va’da bergan edi

Категория: Texnalogiya | Просмотров: 8 | Добавил: Ganisher | Теги: Apple Hindistonda iPhone ishlab chi
«Betakror.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться

АВТОРИЗАЦИЯ НА САЙТЕ