Chevrolet Yaponiya bozori uchun Corvette’ning Grand Sport Admiral Blue Heritage Edition deb nomlangan maxsus versiyasi atigi 5 nusxada ishlab chiqaradi. Bu haqda “Motor” xabar bermoqda.

O‘tgan yili taqdim etilgan Grand Sport kabi, mazkur yangilikka ham 1963-yilda ishlab chiqarilgan Corvette Grand Sport original versiyasi asos qilib olingan. Ushbu avtomobil ham o‘shanda 5 dona tayyorlangan edi, xolos.

Asosiy rang sifatida ko‘k bo‘lgan Grand Sport Admiral saloni teri, karbon va alkantara bilan boyitilgan.

Avtomobil 460 ot kuchiga ega 6,2 litrli V8 dvigateli, 7 diapazonli mexanik yoki 8 diapazonli avtomat uzatish qutisi bilan ta’minlangan.

Maxsus versiyaning narxi 12,8 million iyena (115 ming dollar) ekanligi bildirilmoqda.
Toshkent halqa avtomobil yo‘lining Mirzo Ulug‘bek tumanidan o‘tgan qismida jiddiy yo‘l-transport hodisasi yuz berdi, deya xabar bermoqda “Novosti Uzbekistana” nashri.

Xabar berishlaricha, Isuzu yuk mashinasining Lifan mototsikli bilan to‘qnashuvi oqibatida, mototsiklning 65 yoshli haydovchisi halok bo‘lgan.

Toshkent shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasidan “Novosti Uzbekistana”ga ma’lum qilishlaricha, YTH kimning aybi bilan yuz bergani hozircha noma’lum, avariya yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
GM Uzbekistan kompaniyasi Facebook’dagi sahifasida kompaniya avtomobillarining narxi oshishi haqida turli nashrlarda e’lon qilingan xabarlarga munosabat bildirdi.

Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi qator yangiliklar agentliklarning sahifalarida GM Uzbekistan tomonidan ishlab chiqarilayotgan avtomobillar narxlarini oshishi to‘g‘risidagi xabarlarga oid kelib tushayotgan ko‘plab savollar munosabati bilan shuni rasman ma’lum qilamizki, GM Uzbekistan’ning bunday xabarlarga aloqasi yo‘q.

GM Uzbekistan faoliyati haqida ishonchli ma’lumot kompaniyaning rasmiy veb-sayti — www.gmuzbekistan.uzva Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasi (@gmuzbekistanofficial)da chop etiladi.

GM Uzbekistan tomonidan ishlab chiqarilayotgan avtomobillarning modellari, modifikatsiyalari, opsiyalari va narxlari borasidagi har qanday o‘zgarish kompaniyaning rasmiy vebsayti va Facebook-sahifalarida oldindan xabar qilinadi.

GM Uzbekistan
Chevrolet Tahoe yo‘ltanlamasining RST (Rally Sport Truck) deb nom olgan yangi maxsus versiyasini taqdim etdi. Bu haqda “Motor” xabar bermoqda.

Kompaniya mutaxassilari yangi versiyani ishlab chiqishda sotuvdan keyingi qo‘shimchalar, ya’ni tyuningdan ilhomlangani bildirilmoqda.

Modelning maxsus modifikatsiyasi V8 6,2 litrli dvigatel va 10 diapazonli avtomat uzatish qutisi bilan jihozlangan (modelning asosiy versiyasi 5,3 litrli dvigatel va 6 diapazonli avtomatga ega).

Shuningdek, yo‘ltanlamas yangi Borla chiqarish tizimi, Brembo tormozlari va Magnetic Ride Control podveskasi bilan ta’minlangan.

Tahoening yangi modifikatsiyasi tashqi ko‘rinishidan boshqa istalgan versiyadan yon ko‘zgularining qora korpusi, reylinglar, diametri 22 dyuymli g‘ildirak kalpaklari bilan ajralib turadi.
“O‘zbekiston” telekanali orqali ko‘p sonli fuqarolarning murojaatlari bo‘yicha mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirokida tashkil etiladigan “Muloqot va manfaat” teleko‘rsatuvining navbatdagi soni yengil avtomashinalarni xarid qilish bilan bog‘liq vaziyatlar muhokamasiga bag‘ishlandi, deb yozadi “1News.uz”.

Davlat raqobat qo‘mitasi vakili Dilshod Azimov GM Uzbekistan aksiyadorlik kompaniyasiga dilerlik korxonasi bilan tuzilgan shartnomalarda iste’molchilar huquqlarini cheklovchi holatlarni tartibga solish yuzasidan takliflar bildirilgan rasmiy murojaat orqali chiqqani to‘g‘risida ma’lum qildi.

“Bu boradagi mavjud muammolardan biri, plastik karta orqali to‘lovni amalga oshirish masalasining shaffof ko‘rsatilmaganligidir”, — deydi Azimov.

Shartnomalarda naqd pul va plastik kartalar orqali ham to‘lovni amalga oshirish qayd etilganligiga qaramasdan, amalda bu jarayon faqatgina naqd pul orqali amalga oshirilayotgani aytib o‘tildi. Bundan tashqari, to‘lovlarning 85 foiz miqdorda belgilab qo‘yilishini ko‘rib chiqish kerakligi, mavjud qonunchilikdagi mavjud normalardan kelib chiqqan holda 15 foizdan kam bo‘lmagan miqdordagi to‘lovni amalga joriy qilish taklifi o‘rtaga tashlandi.

Avtomobillarni yetkazib berish muddatini butlovchi qismlarni ikki oy muddatda kirib kelishini hisobga olib 90 kundan oshmagan muddatni belgilash masalasi ko‘tarildi.

Shuningdek, iste’molchi avtomashina uchun to‘liq to‘lovni amalga oshirgandan keyin avtomobil narxining oshib ketishi natijasida to‘lov ustiga qo‘shimcha qilish holatini tartibga solish borasida aniq takliflar berilgan. Xususan, iste’molchi to‘lovni 100 foiz amalga oshirgan taqdirda dilerlik korxonasi mahsulotni belgilangan muddatda yetkazib bermasa va narx ushbu jarayondan keyin oshadigan bo‘lsa, bevosita oshish jarayonidagi to‘lovni faqatgina belgilab berilmagan kunlar uchun joriy qilish masalasi ham taklif sifatida berildi. Bundan tashqari, avtomashinani yetkazib berish muddatdan o‘tkazib yuborilgan hollarda dilerlik korxonasining o‘tkazib yuborilgan kun uchun to‘lab beruvchi penyasi bilan iste’molchining avtomobildan voz kechgan holatlar uchun to‘lovchi penyasi o‘rtasida teng bo‘lmagan vaziyatlarni bartaraf etish borasida Davlat raqobat qo‘mitasi “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi va GM Uzbekistan korxonasiga rasmiy tarzda murojaat qilgan.

Avtomobilni xarid qilish chog‘ida dori qutisi, uchburchak belgisi, o‘t o‘chirish moslamasidan iborat buyumlarni majburiy qo‘shib sotish natijasida iste’molchi huquqlarini poymol qilinayotgani ham muhokama etildi.

Avtomobillarni sotib olgandan so‘ng, belgilangan kafolat muddati ichida shikoyat bilan murojaat qilgan fuqarolarga nisbatan turli asossiz vajlar bilan muammosi hal qilib berilmayotganligi xususida ham to‘xtalindi. Agarda iste’molchi dilerlik korxonalari sayti orqali mavjud ehtiyot qismlarini onlayn tarzda ko‘rib tursa, bu boradagi tushunmovchiliklar o‘z yechimini topishi aytildi.

Davlat raqobat qo‘mitasi vakilining ushbu fikrlariga nisbatan GM Uzbekistan korxonasi rahbari muammolarni bartaraf etish borasida ishlar amalga oshirilayotganini ma’lum qildi.
Mercedes-Benz kompaniyasi Nyu-Yorkdagi avtosalon ochilishi oldidan tashkil qilingan Media Night tadbirida yangilangan S-Class’ni jurnalistlarga namoyish qildi, deb xabar bermoqda “Motor”.

Hozircha yangi avtomobil haqida qo‘shimcha ma’lumotlarni e’lon qilish taqiqlangan. Biroq Mercedes-Benz’ning avvalgi xabarlari va ayg‘oqchilarning materiallaridan ma’lum bo‘ldiki, S-Class’ning tashqi ko‘rinishi va salonida o‘zgarishlar bo‘ladi. Bundan tashqari, yangi model yaxshilangan xavfsizlik va haydovchiga yordam tizimi bilan jihozlanadi.

Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan yopiq namoyishga qaramay, yangi avtomobilning jahon premyerasi 18-aprel kuni Shanxaydagi avtosalonda bo‘lib o‘tadi.
Xitoyning SMS davlat kompaniyasi Qozog‘istonda GM Uzbekistan avtomobillarini yig‘ishda ishtirok etadi. Bu haqda “1News” xabar bermoqda.

Xitoy kompaniyasi Qozog‘istonning AllurGroup aksyadorlik jamiyati kapitaliga kirishi va oddiy aksiyalarining 51 foizini xarid qilishi haqidagi kelishuvga erishdi. Mazkur hujjatga SMS prezidenti Van Syu Shen va AllurGroup aksiyadori, direktorlar kengashi a’zosi Yuriy Sxay tomonidan imzolandi.

Xitoylik sheriklar yordamida Kustanaydagi korxona ishlab chiqarishini mahalliylashtirishni chuqurlashtirish, yangi texnologiyalarni joriy etishi, “SariarkaAvtoprom” bazasida kam xarajat va yuksak samara bilan zamonaviy avtomobillar ishlab chiqarilishi ko‘zda tutilmoqda.

Ma’lumot uchun, GM Uzbekistan va AllurGroup o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq, Kustanaydagi “SariarkaAvtoprom” korxonasida yiliga 3 ming dona Ravon Nexia R3 sedani yig‘iladi. Keyinchalik bu ko‘rsatkich 7 minggacha yetishi mumkin.
Hyundai’ga qarashli Genesis markasi Nyu-York motorshousida o‘zining birinchi krossoverini taqdim etdi. GV80 konsepti shinam salon va yoqilg‘i qutichali dvigatelga ega. Bu haqda “Motor” xabar berdi.

Krossoverning dizayni Genesis avtomobillarining tashqi ko‘rinishida kelajakda bo‘ladigan o‘zgarishlarni namoyon qiladi. Avtomobil tashqi ko‘rinishining o‘ziga xos xususiyati “ikki qavatli” optika hisoblanadi.

Mashina salonida charm, zamsh va tabiiy yog‘ochdan foydalanilgan. Salon ichi boshqaruv qurilmalarining kamligi bilan ajralib turadi. Multimedia va shunga o‘xshash tizimlar boshqaruvi haydovchining o‘ng tarafida joylashgan sensorli panel va bir nechta tugma yordamida amalga oshiriladi.

Old panelning yuqori qismida keng displey o‘rnatilgan. Qurilmalar paneli ham asosan displeylardan tashkil topgan. Orqa o‘rindiqdagi yo‘lovchilar uchun old o‘rindiqlarning orqa tomonida kichik ekranlar o‘rnatilgan.
Daniyaning Orxus shahridagi nafis san’at muzeyi tashrifchilarga 170 ming dollarlik qora rangli Lamborghini Gallardo’ni tirnab, uning ustiga turli yozuvlar yozishga ruxsat berdi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.

Xabarda qayd etilishicha, avtomobil 2016-yilning sentabr oyida muzeyda paydo bo‘lgan edi. “Hech qaysi inson orol emas” ko‘rgazmasi doirasida muzey tafrishchilariga mashina kapoti, g‘ildiraklari va oynasini yozuvlar bilan chaplashga imkon berildi.

Ko‘pchilik sevgi izhor qilgan, ba’zilar ismlar, uy hayvonlari laqablari va hatto Chexiyaning avtomobil ishlab chiqaruvchi Škoda nomini yozib qoldirgan.

G‘oya muallifi Dolk Lundgrenning aytishicha, endi Lamborghini “yakuniy shaklni olib, san’at asariga aylandi”. Avtomobil egasi Lamborghini’ni o‘z holicha qoldirib, ustidan bo‘yamasligini ma’lum qildi.
Кейинги кунларда ижтимоий тармоқ фойдаланувчилари ўртасида ҳамда айрим сайтларда GM Uzbekistan компанияси ўзи ишлаб чиқараётган автомобилларнинг нархларини ошириши ҳақида хабарлар тарқалди. Sputnik мухбири ушбу хабарлар ҳақиқатга қанчалик яқинлигини аниқлаш мақсадида компания билан боғланди.

Компания ходимининг маълум қилишича, GM Uzbekistan ҳозирча автомобиллар нархларини ошириш борасида ҳеч қандай чора-тадбирни кўзда тутмаган. Суҳбатдош автомобиллар нархлари ошиши ҳақидаги хабарлар асоссиз эканлигини ҳамда компания билан боғлиқ ҳар қандай хабар GM Uzbekistanнинг расмий сайти ва ижтимоий тармоқдаги расмий саҳифасида маълум қилинишини билдирди.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-may kuni GM Uzbekistan’da ishlab chiqarilayotgan mahsulotlari narxlarini shakllantirishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorni imzoladi, deya xabar bermoqda “Novosti Uzbekistana”.

Qarorda qayd etilishicha, GM Uzbekistan’ning barcha turdagi yengil avtomobillarini 1-iyundan boshlab milliy valyuta — so‘mda sotish bo‘yicha taklif Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va “O‘zavtosanoat” kompaniyasi tomonidan berilgan va bu taklif Prezident tomonidan ma’qullangan.

Prezident qaroriga ko‘ra, 2017-yil 1-iyungacha bo‘lgan muddatda tuzilgan barcha shartnomalar avvalgi tartib bo‘yicha amalga oshiriladi.

“Qaror ijrosi uchun bosh vazir Abdulla Aripov mas’ul etib belgilangan”, — deyiladi “REDNews.uz” xabarida.

Ma’lumot uchun, hozirgi vaqtda GM Uzbekistan avtomobillarining ba’zi modifikatsiyalari milliy valyuta — so‘mga, ba’zilari esa xalqaro to‘lov kartasidan amalga oshiriladigan to‘lov (AQSh dollari) evaziga sotiladi.
Yaponiyaning Toyota avtomobil kompaniyasi Tesla’ning o‘zi egalik qilayotgan barcha aksiyalarini sotib yubordi va elektromobil ishlab chiqaruvchi Amerika kompaniyasi bilan hamkorlikni to‘xtatdi. Bu haqda Nikkei’ga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.

Toyota 2010-yilda Tesla’ning 3,15 foiz aksiyasini 40,5 million dollarga sotib olgandi. Ta’kidlanishicha, bunday qadam elektromobillarni hamkorlikda ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan edi.

Nashrning manbaga tayanib xabar berishicha, ayni vaqtda yapon avtomobil ishlab chiqaruvchisi Tesla bilan ushbu sohada hamkorlik qilish zaruratini ko‘rmayapti, chunki kompaniyaning o‘zi mustaqil ravishda elektromobil ishlab chiqarishdagi sa’y-harakatlarini yanada kuchaytirmoqda.

Shuningdek, manba Toyota Tesla’ning aksiyalar paketini birinchi bor 2014-yil oktabrida sotganini, 2016-yil oxirida esa butunlay ulardan qutulganini ma’lum qildi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-iyun kuni “2017—2021-yillarda avtomobil sanoatini boshqarishni yanada takomillashtirish va tezkorlik bilan rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi, deb yozadi “1news.uz”.

O‘zbekiston rahbari “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasini “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyatiga aylantirdi.

Prezident 2017—2021-yillar uchun O‘zbekiston Respublikasi avtomobil sohasini rivojlantirish dasturini ma’qulladi.

Dasturga muvofiq, “O‘zavtosanoat” AJ 2021-yilgacha tovar mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini 3 marta oshiradi.

Dastur doirasida 800 million dollardan ziyod investitsiyalar o‘zlashtiriladi. Shu bilan birga importning ishlab chiqarish hajmiga nisbatan solishtirma og‘irligi 12,5 foizga qisqaradi, soha korxonalarida band bo‘lgan kishilar soni 1,2 marta ko‘payadi.

Prezident GM Uzbekistan AJ ishlab chiqargan avtomobillarga aksiz solig‘i stavkasini 29 foizdan 27 foizgacha pasaytirdi. Ammo pasayish 2017-yil 1-iyungacha tuzilgan va avtomobil narxining kamida 85 foizi to‘langan shartnomalar bo‘yicha sotiladigan avtomobillar uchun amal qilmaydi.

Shavkat Mirziyoyev Pskent avtomobil poligonini “O‘zavtosanoat” AJ avtomobillari mintaqaviy sinov bazasini tashkil qilish uchun berdi.

“O‘zavtosanoat” AJning ba’zi korxonalariga imtiyozlar berildi.
AQShning Nebraska shtati Linkoln shahrida yashovchi 19 yoshli haydovchi yangi yotqizilgan sement-beton qoplamadan yurgani uchun 10 ming dollar to‘laydi, deb yozadi “Motor”.

Haydovchi yo‘l ishlari borayotgan joyni to‘sib turgan belgilar va konuslarga e’tibor bermasdan, tirbandlikni aylanib o‘tmoqchi bo‘ldi. Yangi beton hodisadan yarim soatgina avval yotqizilgan. Yo‘lning bu qismiga o‘tib ketgan Honda Civic o‘sha zahoti betonga botib qoldi.

Zarar kamida 10 ming dollarga baholanmoqda. Ushbu mablag‘ ichiga ishchilarning avtomobilni itarib chiqarishga ketgan vaqti (bunga ikki soat talab etildi), zarar yetgan qoplamani olib tashlash va yangi yo‘l yotqizish xarajatlari kiritildi.
GM Uzbekistan konserni ixcham yuk tashish avtomobil Labo'ning yangilangan versiyasini ishlab chiqarishga kirishdi. Bu xabarni kompaniya bosh direktori vazifasini bajaruvchi Rustam Rajabov tasdiqladi.

Restayling qilingan Labo'ning kuzovi oldingisidan 25 foizga uzaytiriladi. Avtomobilning yangi versiyasiga bo‘lgan talab o‘rganib chiqilgandan so‘ng, kompaniya to‘laqonli ishlab chiqarish masalasida bir qarorga keladi.

“Labo”ning avvalgi rusumlariga 0,8 litrli motor o‘rnatilgan bo‘lib, quvvati 38 ot kuchiga teng.
« 1 2 3 4 »
АВТОРИЗАЦИЯ НА САЙТЕ