CHEVROLET TAHOE YO‘LTANLAMASINING YANGI MAXSUS VERSIYASINI TAQDIM ETDI

Chevrolet Tahoe yo‘ltanlamasining RST (Rally Sport Truck) deb nom olgan yangi maxsus versiyasini taqdim etdi. Bu haqda “Motor” xabar bermoqda.

Kompaniya mutaxassilari yangi versiyani ishlab chiqishda sotuvdan keyingi qo‘shimchalar, ya’ni tyuningdan ilhomlangani bildirilmoqda.

Modelning maxsus modifikatsiyasi V8 6,2 litrli dvigatel va 10 diapazonli avtomat uzatish qutisi bilan jihozlangan (modelning asosiy versiyasi 5,3 litrli dvigatel va 6 diapazonli avtomatga ega).

Shuningdek, yo‘ltanlamas yangi Borla chiqarish tizimi, Brembo tormozlari va Magnetic Ride Control podveskasi bilan ta’minlangan.

Tahoening yangi modifikatsiyasi tashqi ko‘rinishidan boshqa istalgan versiyadan yon ko‘zgularining qora korpusi, reylinglar, diametri 22 dyuymli g‘ildirak kalpaklari bilan ajralib turadi.

Категория: Avtomobil dunyosi | Просмотров: 7 | Добавил: Ganisher | Теги: CHEVROLET TAHOE YO‘LTANLAMASINING Y
«Betakror.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться

АВТОРИЗАЦИЯ НА САЙТЕ