CHEVROLET YAPONIYA BOZORI UCHUN CORVETTE’NING MAXSUS VERSIYASINI 5 NUSXADA TAYYORLADI

Chevrolet Yaponiya bozori uchun Corvette’ning Grand Sport Admiral Blue Heritage Edition deb nomlangan maxsus versiyasi atigi 5 nusxada ishlab chiqaradi. Bu haqda “Motor” xabar bermoqda.

O‘tgan yili taqdim etilgan Grand Sport kabi, mazkur yangilikka ham 1963-yilda ishlab chiqarilgan Corvette Grand Sport original versiyasi asos qilib olingan. Ushbu avtomobil ham o‘shanda 5 dona tayyorlangan edi, xolos.

Asosiy rang sifatida ko‘k bo‘lgan Grand Sport Admiral saloni teri, karbon va alkantara bilan boyitilgan.

Avtomobil 460 ot kuchiga ega 6,2 litrli V8 dvigateli, 7 diapazonli mexanik yoki 8 diapazonli avtomat uzatish qutisi bilan ta’minlangan.

Maxsus versiyaning narxi 12,8 million iyena (115 ming dollar) ekanligi bildirilmoqda.

Категория: Avtomobil dunyosi | Просмотров: 6 | Добавил: Ganisher | Теги: CHEVROLET YAPONIYA BOZORI UCHUN COR
«Betakror.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться

АВТОРИЗАЦИЯ НА САЙТЕ