DANIYADAGI MUZEY TASHRIFCHILARIGA 170 MING DOLLARLIK LAMBORGHINI’NI TIRNASHGA RUXSAT BERDI

Daniyaning Orxus shahridagi nafis san’at muzeyi tashrifchilarga 170 ming dollarlik qora rangli Lamborghini Gallardo’ni tirnab, uning ustiga turli yozuvlar yozishga ruxsat berdi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.

Xabarda qayd etilishicha, avtomobil 2016-yilning sentabr oyida muzeyda paydo bo‘lgan edi. “Hech qaysi inson orol emas” ko‘rgazmasi doirasida muzey tafrishchilariga mashina kapoti, g‘ildiraklari va oynasini yozuvlar bilan chaplashga imkon berildi.

Ko‘pchilik sevgi izhor qilgan, ba’zilar ismlar, uy hayvonlari laqablari va hatto Chexiyaning avtomobil ishlab chiqaruvchi Škoda nomini yozib qoldirgan.

G‘oya muallifi Dolk Lundgrenning aytishicha, endi Lamborghini “yakuniy shaklni olib, san’at asariga aylandi”. Avtomobil egasi Lamborghini’ni o‘z holicha qoldirib, ustidan bo‘yamasligini ma’lum qildi.

Категория: Avtomobil dunyosi | Просмотров: 16 | Добавил: Ganisher | Теги: DANIYADAGI MUZEY TASHRIFCHILARIGA 1
«Betakror.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться

АВТОРИЗАЦИЯ НА САЙТЕ