​DUNYONING ENG “NOSOG‘LOM” MAMLAKATI NOMI MALUM BO‘LDI

Jurnalistlar Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlarini o‘rganib, 179 mamlakatda semizlik, alkogol va tamaki iste’moli holatini tahlil qilishdi. Natijada Chexiya dunyoning eng “nosog‘lom” mamlakati deb topildi.

Tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, Chexiya Respublikasi aholisi boshqa mamlakatlardan ko‘ra ko‘proq alkogol iste’mol qilishar ekan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, har bir odam bir yilda 13,7 litr alkogol iste’mol qiladi. Bundan tashqari, chexlar tamaki iste’moli bo‘yicha 11-o‘rinni egallashdi.

Ikkinchi pog‘onadan Rossiya joy oldi, keyin Sloveniya, Belarus, Slovakiya va Vengriya.

Eng sog‘lom mamlakat Afg‘oniston bo‘ldi. Bu yerda semizlik darajasi juda past, mamlakatning alkogol saqlash va ichishga ta’qiq qo‘ygan qonuni ham ehtimol bu borada katta rol o‘ynagan.

Gvineya ikkinchi eng sog‘lom mamlakat deb topildi, uning ketidan Niger va Nepal joy oldi.

Категория: Dunyo g'aroyibotlari | Просмотров: 9 | Добавил: Ganisher | Теги: ​DUNYONING ENG “NOSOG‘LOM” MAMLAKAT
«Betakror.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться

АВТОРИЗАЦИЯ НА САЙТЕ