Barmoqlaringiz shakli siz haqingizda ko’pgina narsalarni anglatishi mumkin. Bugun Antiqa.net‘da shu haqida ma’lumot beramiz!

“A” harfi ostida yashiringan barmoq shakli sizni o’z hissyotlaringizni berkitishingizdan dalolat beradi. O’zingizni ishonchli va mustaqil tutsangizda, sizni biladigan insonlar bunga shubxa bilan qarashlari mumkin. Odatda siz haqiqatgo’y bo’lib, yolg’onchilarni yoqtirmaysiz. Ba’zi hollarda hayajonga berilsangiz ham, siz yaxshilikka intilasiz. Sizni hayotingiz quvonchga to’la bo’lib, yuragingiz keng. Siz o’zgalarga hamisha qattiq qo’l ko’rinishingiz mumkin. Vaqti-vaqti bilan o’zingizni g’ayri oddiy tutishingiz ham ehtimoldan holi emas.

“B” harfi ostida yashiringan barmoq shakli sizni o’z kuchingizga ishonchsizligingizni bildiradi. O’zingizga notanish insonlar bilan noqulaylik his qilasiz. Siz osonlik bilan o’zingizga muhim bo’lgan, hamda sizga yaxshi munosabatda bo’lgan insonlarni sevib qolishga moyilsiz. Agar siz nimanidir mo’ljal qilgan bo’lsangiz, bu yo’lingizda muvaffaqiyatsizlikka uchrashdan va noxush holga tushib qolishdan qo’rqmaydigan insonsiz.

“C” harfi ostida yashiringan barmoq shakli, sizni dunyoning farishtasi ekanligingizdan dalolatdir. Siz hayajonlarga beriluvchansiz. O’ylab o’tirmasdan ham sizni g’ashingizni keltiradigan narsalardan voz kecha olasiz. Agar siz nohaqliklarga duchor bo’lsangiz, atrofingizdagilar sizni bu holatga jiddiy reaksiya bildirishingizdan havotirga tushadilar, garchi siz nozik, hushmuomala inson bo’lsangiz ham. Sizni istagingiz o’rab turgan olam gurkurashi va har bir inson baxtli bo’lishidadir.
Quyidagi test, olimlarining ta’kidlashicha juda aniq testlardan biri ekan. Aniqlik darajasi 93-97%!

Eshiklardan birini tanlang (8 sekunddan ortiq o’ylamang) va qaysi jabhada eng omadli ekanligingizni bilib oling.

Javobini o’qing:

BIRINCHI ESHIK – siz ishda juda omadli insonsiz!
IKKINCHI ESHIK – siz muxabbat va do’stlik munosabatlarida omadingiz boshqalarinikdan ko’proq!
UCHINCHI ESHIK — siz shunday omadli insonsizki eng zo’r oila aynan sizda!
1. Bronxit
5 dona piyozni mayda to`g`rab yoki qirg`ichdan o`tkazib, 7 osh qoshiq asal soling. 1 dona limonni ham go`shtqiymalagichdan o`tkazib, hamma masalliqlarni aralashtiring. Kuniga 2-3 choy qoshiqdan 3-4 mahal, 10-14 kun davomida qabul qiling.
2. Angina
1 kg. limonni po`stidan tozalab, sharbatini chiqaring. Limon sharbati o`z holicha juda quyuq bo`lgani uchun, uni ma`danli suv bilan 1:1 yoki 1:2 nisbatda suyultiring. So`ng suv o`rnida anginani davolash yoki oldini olish uchun ichib turasiz.
3. Gripp
1 kg. olma va 1 kg. sabzini mayda qirg`ichdan o`tkazing. 0,5 kg. turshakni ham yuvib, maydalang. So`ng go`shtqiymalagichdan o`tkazilgan 2 dona limon va 5 osh qoshiq asal solib yaxshilab aralashtiring. Gripp epidemiyasi tarqalganda 1-2 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal tanovul qiling.
4. Ortiqcha vazn
1 stakan limon va 1 stakan o`rik sharbatini aralashtirib, shisha idishga solib qo`ying. Kuniga 3 mahal ovqatdan 30 daqiqa oldin 1 stakandan ichsangiz, asta-sekinlik bilan ortiqcha santimetrlaringizdan xalos bo`la boshlaysiz.
5. Gastrit
1 stakan maydalangan arpa yormasiga 1,5 stakan qaynagan suv quyib, 5 daqiqa qaynating. Keyin 2 stakan sut qo`shib yana 5 daqiqa qaynatasiz. So`ng bo`tqani biroz sovutib, yarimta limon sharbatini qo`shing. Yaxshilab aralashtirib, nonushta o`rnida 10-14 kun qabul qiling.
6. Artrit
Limonni teng ikki qismga bo`lib, sharbatini siqib olingda, 1 kunda 2 marta bo`g`imlar yuzasiga surting. Teriga singib ketgunicha harakatlanmang.
7. Asab toliqqanida
Charchaganda limonni qayta-qayta hidlash kayfiyatni ko`taradi, yurakka taskin beradi.
8. Qon bosimini tushiradi
Bir kosa qaynoq suvga 1 dona limonni to`g`rab, 1 osh qoshiq asal soling. 4-5 soat tindirib ichish qon bosimini tushiradi.
9. Klimaksda tinchlantiradi
Bu pallada muntazam limon iste`mol qilish, klimaksning engilroq kechishiga yordam beradi.
10. «SPF» o`rnida foydalaning
Kechqurun 1 litr suvga yarimta limonni solib yotsangiz, ertalabgacha tinib turadi. Bunday aralashmaga yuzini yuvgan ayollarga oftob nuri ta`sir qilmaydi.
Har bir odam erta tongdan biror narsani odat tusiga kiritgan bo`ladi. Agar bu odat buziladigan bo`lsa, uning arzirli sababi bo`ladi. Masalan, ishga kech qolayotgan bo`lsangiz yoki yaqin odamingizning biror muammosini hal qilishingiz kerak bo`lsa kun tartibingiz izdan chiqadi. Ammo shunday odatlar ham borki, ulardan vaqtida qutulganingiz ma`qul.

Quyidagi odatlarni tongda bajarishdan voz kechganingiz ma`qul:

1. Uyg`otkichni o`zgartirish

Uyg`otkich jiringlagandan keyin yana besh daqiqa uxlashni istab, uni yana 10 daqiqadan keyin jiringlashga qo`yish odatidan voz keching. Chunki o`n daqiqida baribir to`yib uxlay olmaysiz, aksincha uyg`onishingiz qiyin bo`lib, kuni bilan charchoqni his etasiz.

2. Jismoniy mashg`ulotlarni keyinga qoldirish

Ko`pchilik odamlar sog`lom bo`lish uchun jismoniy mashg`ulotlar bilan shug`ullanishadi, sport mashg`ulotlariga qatnashadi, hech bo`lmaganda uyda gimnastika mashqlarini bajarishadi. Ba`zida ertalab jismoniy mashq qilishdan erinib, uni tushdan keyinga qoldirasiz. Hech qachon dangasalik qilmang, kun oxirida charchab qolganingizdan jismoniy mashqlarni ko`ngildagiday bajara olmaysiz, uni yaxshisi ertalab, uyqudan uyg`onganda bajarganingiz ma`qul.

3. Uglevodlarga boy nonushta

Negadir hamma nonushta uchun suli yormasi foydali, deb hisoblaydi. Ammo uni iste`mol qilgandan keyin ko`p o`tmay, ochlik hissini sezasiz, kaloriyali, kuchliroq ovqat eyishni istab qolasiz. Chunki suli yormali bo`tqalar tezda hazm bo`ladi. Yaxshisi, ertalabki nonushtaga qovurilgan go`sht yoki tuxum, yogurt, tvorog iste`mol qiling. Bu taomlar kun davomida sizni to`q tutadi.

4. Nonushtadan keyin tish tozalash

Ko`pchilik nonushta qilib bo`lgach, tish tozalashni afzal ko`radi. Mantiqan fikrlansa, tish ovqat eyilgandan keyin tozalanishi kerak. Ammo bu noto`g`ri. Ovqatlanish vaqtida tish emal qavatini yumshatuvchi kislota vujudga keladi. Shuning uchun ovqatlanib bo`lgandan keyin tishni darhol yuvish tavsiya etilmaydi, bunda tishning emal qavati zararlanishi mumkin. Yaxshisi uni uyqudan uyg`ongan zahoti tozalash zarur.

5. Uyg`ongan zahoti pochta va xabarlarni tekshirish

Bu odat ertalabdan qattiq hayajonga tushishingizga sabab bo`ladi. Hali yaxshi uyg`onmay turib, xabarlarga to`laqonli javob yozishga tayyor bo`lmaysiz, buni yaxshisi nonushtadan keyinga qoldirganingiz ma`qul.

6. Qaynoq dush

Ertalabdan qaynoq dush qabul qilish organizmning uyg`onishiga xalal beradi, uni battar bo`shashtirib yuboradi. Yaxshisi, uyquni ochish, qon aylanishini yaxshilash, tetik bo`lish uchun sovuq dush qabul qilish kerak.

Kun davomida sizga yaxshi kayfiyat bag`ishlovchi biror odat o`ylab topishni unutmang. Yolg`iz qolib, musiqa tinglash, oynadan tashqarini tomosha qilib, nonushta qilish sizga bir olam quvonch bag`ishlashi mumkin. Shoshilayotgan bo`lsangiz ham o`zingiz uchun biror daqiqa vaqt ajrating.
"Otam 65 yoshda. Yoshga bog`liq o`zgarishlar hisobiga tishlari sinib, ayrimlari tushib ketayapti. Hozirda singan tishni tagi bilan olib tashlab, o`rniga sun`iy tish qo`yish amaliyoti bajarilayotgan ekan. Shu muolaja haqida so`ramoqchi edim"

Isroil Mavlonov, Buxoro viloyati

Savolga oliy toifali shifokor-stomatolog Ulug`bek MUHAMMADXO`JAEV javob beradi:

Yo`qotilgan tish o`rnini sun`iy tish, protez hamda implantantlar yordamida davolash mumkin. Buning uchun uchun avvalo og`iz bo`shlig`i infeksiyalardan holi bo`lishi lozim. Agar og`iz bo`shlig`ida kasallangan tishlar, protez qo`yiladigan chegaralarda yallig`lanish mavjud bo`lsa, muolajadan avval davolaniladi. Sun`iy tishlarni keksa yoshdagilarga qo`yilishi umumiy ahvoli, surunkali kasalliklarning bor-yo`qligiga qarab tavsiya etilishi mumkin. Turiga ko`ra sun`iy tishlar olinadigan va olinmaydigan shaklda bo`ladi. Tayyorlanadigan materiali ham turlicha bo`lishi mumkin.

Protez tishlar orasida bugunda byugel turi keng foydalanilmoqda. Bu qisman olib qo`yiladigan protez turi bo`lib, og`iz bo`shlig`i tish qatorlarida ko`plab tishlarning yo`qligi, ko`prik protezlarni qo`llash mumkin bo`lmagan holatlarda qo`llaniladi. Byugelning ko`plab turlari mavjud: ilmoqli, relsli, qulfli kabilar. Ilmoqli byugellar og`iz bo`shlig`ining orqa sohalariga joylashtiriladi. U jag` tishlar bo`lmagan holatlarda qo`yiladi. Qulfli byugellar esa orqa tishlari bo`lgan bemorlarga qolgan tishlarni qoplash uchun qo`yiladi. Bu turdagi protez tishlar asosan ikkilamchi, qisman va odentiya – tish qatorlaridagi tishlarning ko`p miqdorda bo`lmasligida tavsiya etiladi. Tish protezini qo`yishdan maqsad og`iz bo`shlig`iga tushayotgan chaynov bosimini to`g`ri taqsimlashdir. Bunday protezni qo`llash uchun og`iz bo`shlig`ida kamida 5-6 ta tish bo`lishi lozim. Protez ichiga metall karkas o`rnatilgani chidamliligini oshiradi. Karkas turli metallar, asosan kobaltli xrom hamda nikelli xromdan tayyorlanadi.

Yo`qotilgan tishning o`rniga sun`iy ildiz dental implantant ham qo`yish mumkin. Dental implantantlarning afzal tomoni, ular tishning ildizi sifatida qo`yiladi, tish ildizi qanday vazifani bajarsa, u ham xuddi shu vazifani bajaradi. U bemorning chaynash funksiyasini 100 foiz tiklash imkoniyatini beradi.
Talvasa xurujlari bilan kechadigan tutqanoq (epilepsiya) aslida nerv tizimining kasalligidir. Bu xastalikni davolash jarayoni juda uzoq cho`ziladi va ko`pchilik hollarda muolajalar hech bir samara bermasligi mumkin. Kasallik bolalarda (14 yoshgacha) eng ko`p rivojlanib, yoshi ulg`aygani sari kamayib boradi, qarilik davrining boshlanishi bilan esa kasallik rivojlanishi yana ortadi.

Nega yoshlarda ko`proq uchraydi?

Tutqanoq rivojlanishi yoshlarda ko`p uchrashiga sabab shuki, ular miyasining po`stlok qismida nerv hujayralari (neyronlar) soni kattalarnikiga nisbatan uch marotaba ko`p bo`ladi. Demak bolalar miyasining qo`zgalish xususiyati xam o`rta yoshli kishilarnikiga nisbatan uch marotaba balanddir. Keksa kishilarda bosh miya qon tomirlarida ateroskleroz jarayonining rivojlanganligi sababli, bosh miya to`qimasini qon bilan, ya`ni kislorod bilan ta`minlanishi kamayadi. Bu esa o`z navbatida bosh miya qo`zg`aluvchanligi oshishiga olib keladi.

Tutqanoqning o`ziga xos xususiyati shundaki, dastlabki bir necha yil mobaynida, bemorlarni fakat talvasa xurujlari bezovta qiladi xolos. Xurujdan tashkari davrda esa bemorlar soppa-sog` bo`lishadi. Bemorlarning ayrimlarida kuzatiladigan ruhiy buzilishlar ular uzoq vaqt mobaynida tegishli davo kurslarini olmagan hollarda rivojlanadi. Epilepsiya xastaligini davolash esa juda mushkul vazifa hisoblanadi.

Zamonaviy tekshiruvlardan so`ng...

Tibbiyotga kompyuter texnologiyasiga asoslangan neyrovizual tekshirish usullari kiritilgunga qadar epilepsiya bosh miyaning nasldan-naslga o`tadigan funksional kasalligi deb tushunilardi. Neyrovizual tekshirish usullari xar qanday talvasa xuruji bosh miyaning organik kasalligi oqibati ekanligini tasdiqladi. Xususan, endilikda magnit-rezonans tomografiya usuli yordamida epilepsiya xastaligi paytida mavjud bulgan bosh miyadagi anatomik o`zgarishlarni va hattoki moddalar almashinuvi pasaygan, ya`ni epileptik qo`zg`aluvchanlik rivojlanayotgan o`choqlarni va likvorodinamik o`zgarishlarni ham aniqlash mumkin. Epilepsiya xastaligiga uchragan bemorlarda kallaning ichki bosimini o`rganish shuni ko`rsatdiki, talvasa xurujlari mavjud bo`lgan bemorlarning barchasida kallaning ichki bosimi doimo baland bo`lar ekan. Bemorlardagi talvasa xurujlarining soni ana shu ko`rsatkichning kattaligiga bog`liqdir. Ya`ni bemorda kallaning ichki bosimi qanchalik baland bo`lsa tuqanoq xurujlarining takrorlanish soni ham shunchalik ko`p bo`ladi. Epilepsiya xurujlari mavjud bo`lgan bemorlardagi kallaning ichki bosimini oshishi hech qanday klinik alomatlarsiz kechadi. Aniqroq qilib aytganda bemorlardagi kallaning ichki bosimi qanchalik baland bo`lishiga qaramasdan ularni bosh og`rig`i, ko`ngil aynishi va qusish kabi klinik a`lomatlar bezovta qilmaydi.

Bugungi kunda shu narsa aniqki, kalla ichki bosimining oshishi oqibatida bosh miyaga qon (kislorod) kelishining kamayishi, miya to`qimasidagi (gipometabolik) emirilish jarayonini keltirib chiqaradi. Shu sababdan xam tutqanoq xastaligi paytida bosh miyani qon bilan ta`minlanishini kuchaytiruvchi dorilardan foydalanish xam vaqtinchalik natija beradi.

Yangi usul samarasi

Demak, tutqanoq (epilepsiya) xastaligiga uchragan bemorlarni davolash natijasini yaxshilash uchun avvalo kallaning ichki bosimini me`yoriga keltirish, ya`ni miyani qon va kislorod bilan ta`minlanishini mo``tadillashtirish kasallikning tuzalishini tezlatuvchi omil hisoblanadi.

Epilepsiya xastaligini davolash borasidagi tajribalar shuni ko`rsatdiki, kallaning ichki bosimi mo``tadil pasayishini ta`minlamasdan o`tkazilgan xar qanday intensiv davolash ham bemorlarni bu xastalikdan qutqarmaydi. Ya`ni kallaning ichki bosimini me`yoriga keltirmasdan o`tkazilgan har qanday davo bu xastalikning dori-darmon foyda bermaydigan (farmakorezisent) formasi rivojlanishiga olib kelishi muqarardir.

Samarqand shahar tibbiyot birlashmasining neyroxirurgiya bo`limida yuqorida ta`kidlanganlarga asoslanib, epilepsiya kasalligini davolashning xirurgik usuli ishlab chiqildi. Epilepsiya xurujlari mavjud bulgan bemorlarda avvalombor jarrohlik yo`li bilan kallaning ichki bosimini mo``tadil me`yoriga keltirgandan keyin, uzluksiz konservativ davo o`tkazish, bemorlarni bu xastalikdan qutulishlarini ta`minlovchi benazir usul ekanligini ko`rsatdi.

Epilepsiya kasalligini davolash natijalarini o`rganish shuni ko`rsatdiki, avval xirurgik yo`l bilan kallaning ichki bosimini doimiy pasayishini ta`minlagach, tegishli dori-darmonlardan foydalanish «epilepsiya bedavo dard» degan tushunchaning hukmronligiga chek qo`ydi.

Maqola Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi Neyrojarrohlik bo`limi mudiri Rahmatilla Bektoshev tavsiyalari asosida tayyorlandi.

Manba: Drakchi.uz
Yaxshi kitoblar ko'p. Yo'q, unaqa emas. Judayam ko'p. Hattoki haftasiga bittadan kitob o'qiganingizda ham barcha yaxshi kitoblarni o'qib chiqishga ulgurmaysiz. Shuning uchun ham kitobni tez o'qishni o'rganib olish foydadan xoli bo'lmaydi.

Prinston universiteti o'qituvchisi Ebbi Marks-Bilning “10 kun ichida kitobni tez o'qishni o'rganish” kitobida tez o'qishni o'rganish borasida amaliy maslahatlar berilgan.

O'qish va axborotni eslab qolish uchun muhim shartlar

Marks-Bilning aytishicha, o'qilgan ma'lumot qisqa muddatli xotiraga tushadi va bir necha kun davomida saqlanib turadi.

Agar kishi o'qiyotgan axborotining ma'nosini tushunsa u yaxshiroq esda qoladi. Sarlavhalar, izohlarni o'tkazib yubormaslik kerak – ular gap nima haqida ekanligi borasida yaxshiroq tushuncha beradi.

Xalaqit beradigan xatolar

Kitob o'qish ham xuddi malaka singari doimo oshib boradi. Afsuski, biz maktabni bitirishimiz bilan kitob o'qimay qo'yamiz. Aslida esa tez-tez kitob o'qish foydali.

Marks-Bil tez o'qishga xalaqit beradigan uchta xatoni keltirib o'tadi:

Matnni ovoz chiqarib o'qish.
Kitob o'qiyotganda boshqa narsalarga chalg'ish.
O'qib bo'lingan satrni qaytadan o'qish.
Birinchi xatodan qutulish oson: ovoz chiqarib o'qishni bas qilish kerak.
Boshqa narsalarga chalg'imaslik uchun esa smartfon, televizor va shu kabi chalg'ituvchi narsalardan uzoqroqda bo'lish kerak.
O'qib bo'lingan matnni qaytadan o'qib yubormaslik uchun esa o'qib bo'lingan satrni chizg'ich bilan to'sib o'qishda davom etish kerak.
Tez o'qish usuli

Keyingi satrga o'tayotganingizda ko'zingizni satr boshiga emas, bir santimetr o'ngga qarating. Satr oxirida ham so'nggi santimetrga ko'z tashlamang.

Sizga xuddi har bir satrning boshi va oxiri ko'rinmayotgandek tuyuladi. Lekin aslida siz ularni o'qiy olasiz. Natijada har bir satrda nigohning to'xtash holati kamayadi.

Tanaffuslar

Kitobda shuningdek, mutolaa uchun eng optimal vaqt 20 daqiqa ekanligi aytiladi. Tadqiqotlarda aniqlanishicha, 20 daqiqadan so'ng miya axborotni qabul qilishi qiyinlashadi. Lekin bu fikrga kimdir qo'shilmasligi ham mumkin. Chunki ayrim kitoblarni o'qishni to'xtatish uchun 20 daqiqa ham kifoya qilsa, ayrim kitoblarni soatlab o'qisangiz ham qo'lingizdan qo'ygingiz kelmaydi.

Manba: Kun.uz
Shakar mavzusi hozir dolzarb mavzuga
aylanib qoldi. Shakar tanqisligi
va shakarga uzun navbatlarni paydo
bo’lgani sababli ko’pchiligimiz uni kamroq
iste’mol qilishga majbur bo’lmoqdamiz.
Lekin shakarni kamroq iste’mol qilish
uchun bundan muhimroq bo’lgan
sabablar bor. Bu maqolamizda shu
sabablardan beshtasini tanladik.

1. Shakarning hech qanday ozuqaviy
qiymati yo’q va u tishlarimiz uchun zararli

Buni ko’pchiligimiz bilsak-da, yana
ta’kidlab o’tishni maqul ko’rdik. Shakar
kaloriyaga boy bo’lgani bilan uning
organizmimiz uchun hech qanday
ozuqaviy qiymati yo’q. Bunday
kaloriyalarga ‘bo’sh kaloriya’ deyiladi.
Shakarda na oqsil, na minerallar va na
vitaminlar mavjud. Agar biz energiyamizni
10-20 foyizini shakardan oladigan bo’lsak
bu ozuqaviy tanqislikka olib kelishi
mumkin.

Undan tashqari shakar tishimizdagi zararli
bakterialar uchun oson hazm bo’ladigan
energiya manbai hisoblanadi. Shu sababli
bizga bolaligimizdan shakar va
shirinliklarni kamroq iste’mol qilishni
ta’kidlab kelishadi.

2. Shakarda fruktoza miqdori ko’p va u
jigarga zararli

Shakarning zararlarini yaxshiroq bilish
uchun uning tarkibini bilish kerak bo’ladi.
Shakar ovqat hazm qilish tizimidan o’tib
qonimizga so’rilishidan oldin fruktoza va
glyukozaga parchalanadi.

Glyukoza – barcha tirik
mavjudodlarda bor bo’lib agar
organizmimiz uni kerakli miqdorda
ozuqalardan olmasa o’zi ishlab
chiqarish qobiliyatiga ega.

Fruktoza – glyukozadan farqli o’laroq
organizmimiz fruktozani ishlab
chiqarmaydi. Bunga sabab bizda unga
fiziologik ehtiyoj yo’qligi.

Glyukozaning o’ziga xos jihati u jigar
orqali parchalanib, ishlov beriladi. Agar oz
miqdorda fruktoza iste’mol qilsak buni
hech qanday zarari yo’q, u glyukogenlarga
aylantirilib jigarimizda saqlanib turadi.
Ammo glyukogenlar miqdori ko’payib
ketgan vaqtda jigarimiz uni yog’ga
aylantiradi va bu yog’ jigarimiz atrofida
yig’iladi. Bu esa o’z navbatida jigar
kasalliklariga olib keladi.

Shu narsani ta’kidlab o’tishimiz kerakki bu
jihatlar me’va orqali olinadigan fruktozaga
tegishli emas. Me’va orqali me’yoridan
ortiq fruktoza iste’mol qilish jismonan
imkonsiz.

Yana ta’kidlab o’tilishi kerak bo’lgan narsa,
har bir odamning organizmi shakarga
chidamlilik darajasi bo’yicha turlicha
bo’ladi. Sog’lom va faol insonlar uncha faol
bo’lmagan insonlarga nisbatan shakarga
chidamliroqdirlar.

3. Shakar hujayralarning
insulinga nisbatan
bo’lgan chidamliligini
oshiradi va bu qandli
diabedga yo’l ochadi

Insulin sog’lig’imiz uchun juda muhim
gormon hisoblanadi. U glyukozaning
qonimizdan xujayralarga kirishini
ta’minlaydi va hujayralarga yog’ning
o’rniga glyukozani yoqish kerakligini
bildirib turadi. Qonda yuqori miqdorda
glyukoza bo’lishi juda zararli bo’lib qandli
diabed bilan kasallanganlarda ko’rish
qobiliyatining pasayishi va bosha
qiyinchiliklarga sabab bo’ladi.
Shakarning zararli tarafi shunda-ki,
hujayralar insulin gormoni buyruqlarini
bajarmay qo’yadi va insulinga bepisand
bo’la boshlaydi. Bu o’z navbatida ko’plab
qon va yurak kasalliklariga yo’l ochib
beradi.

4. Hujayralarnig insulinga
chidamliligi II-tur
diabedga olib keladi

Hujayralarimiz insulinga chidamli
bo’lgandan keyin beta hujayralar ko’proq
insulin ishlab chiqara boshlaydilar, chunki
qonda shakar miqdorining ko’payib
ketishi juda zararlidir.

Lekin hujayralar insulinga qarshilik qilishi
kuchayib borgan sari beta hujayralar
shakar miqdorini kamaytirish uchun
kerakli miqdorda insulin ishlab chiqara
olmay qoladilar. Natijada qonda shakar
miqdori ko’tarilib ketib II turdagi diabetga
olib keladi.

5. Shakar alkogol va
narkotik moddalari
singari o’ziga bog’liqlik
uyg’otadi

Sprtli ichimliklar va narkotik moddalari
iste’moli miyyada dopamin moddasini
ishlab chiqarilishi sababli ularni iste’mol
qilganlarda bog’liqlik paydo bo’ladi.

Shu yilning boshida olimlar shakar istemoli
ham yuqori miqdorda dopamin moddasi
ishlab chiqarilishiga olib keladi va
odamlarda shakarga nisbatan bog’liqlik
paydo bo’lishiga sabab bo’ladi degan ilmiy
fikrni bildirishdi.
Piyoz – ajoyib sabzovot. Uning ko’z yoshlatish qobiliyatiga qaramasdan, u dunyoning barcha oshxonalarida ishlatiladi. Uning achchiq ta’miga qaramasdan foydali hususiyati ko’p.

Nima sababdan piyozni ko’z yoshlarsiz to’g’rab bo’lmaydi?

Piyozni o’tkir hidi uning qavatlarini buzilishi natijasida ajralib chiqadiga efir moylari bilan bog’liq. Masalan: to’g’raganda. Bu yog’larni asosiy tarkibi har xil disulfitlarva oltingugurt bilan boy. Agar ular suv bilan aralashsa oltingugurt kislotasiga aylanadi lekin bu kislota bir dona piyozda juda kam miqdorda. Shunga qaramay bu miqdor ko’z va burun shilliq pardasini qo’zg’atishga yetadi.

Yodda tuting: Archilgan piyozni ma’lum muddat sovuq suvga solib qo’yilsa oltingugurt birikmalari suvda qolib piyozni ko’z yoshlarsiz archisa bo’ladi.

Qanday qilib yahshi piyoz sotib olish mumkin?

Piyoz yahshi saqlanadi va uni do’konlarda yil davomida harid qilishingiz mumkin. Faqatgina piyoz turini yahshi tanlasangiz bo’ldi. Qizil piyoz – ancha shirin va deyarli ko’z yoshlantirmaydi. An’anaviy tilla rang piyozimiz esa - meyoridan o’tkir. Oq piyozni - ba’zi turlari esa suvli va o’tkir. Yodda tutingki piyozni usti quruq, to’g’ri shakldagi va tozasini tanlang. Ko’klagan piyozni olmaslikka harakat qiling va ustida qora mog’orlari bor piyozni umuman harid qilmang. Buni barchasi piyoz sifati pastligi va to’g’ri saqlanmaganidan dalolat beradi. Piyoz muzlashi va po’stining tagi chirishi oqibatida sifati buziladi va buni siz uning uchidan keladigan oltingugurt hididan bilishingiz mumkin. Uni hidlab ko’rishdan also tortinmang. Chunki sifatsiz piyozni iste’mol qilish anchagina kasalliklarga olib keladi.

Eng asosiysi:

Piyoz- vitamin va antioksidantlar manbaidir. Piyozni mayda to’g’raganda tarkibida o'yuvchi disulfitlar rak va bakteriyalarga qarshi vositaga aylanadi. Faqatgina usti quruq va toza piyozni tanlang va ular to’g'ri saqlangan bo’ladi.
Anor yer yuzidagi eng foydali mevalardan biri hisoblanadi . Uni qadim zamonlardan beri sevib iste'mol qilishadi. Tarkibida turli-tuman vitaminlar, biriktiruvchi to'qimalar, mikroelementlar mavjud.

Anor daraxtini yetishtirish hamma tomondan yoqimli va foydali. Uni n g po'sti, po'chog'i va ildizlari shifobaxsh, barglarini damlab ichish mumkin, mevasi juda shirin. Quritilgan anor gullari choy sifatida damlab ichilsa, gipertoniklarga katta foyda beradi.

Anor donalarining sharbati askorbin kislotasiga (14 %gacha), boshqa meva kislotalariga, qand va taninlarga juda boy. Undan musallas, punsh va mevaning lotincha nomi sharafiga qo'yilgan grenadin ichimligi tayyorlanadi. Grenadin - bu anorning oddiy sharbati.

Anor sharbati vitaminlarga boy mahsulot hisoblanadi, shu bois uni organizmning sillasi quriganida, kamqonlikda, aterosklerozda, nafas olish yo'llari infeksiyalarida, bronxial astmada, anginada, radioaktiv nurlanishida ichish tavsiya etiladi.

Anorning shirin navlaridan olinadigan sharbat infeksiya kasalliklari va jarrohlik operatsiyalaridan keyin, buyrak sanchiqlari va oshqozon-ichak buzilishlarida samarali tiklovchi vosita sifatida yaxshi foyda beradi.

Anorning nordon navlaridan olinadigan sharbat esa, diabet kasalligida yordam beradi. Agar maxsus tavsiyalar bo'lmasa, ichiga bir osh qoshiq asal solingan anor sharbatini kuniga bir stakandan ichish tayinlanadi. Diqqat: anor sharbati oshqozon yarasi kasalligida, oshqozon shirasining kislotalilik darajasi katta bo'lgan gastritda tavsiya etilmaydi ! Tabiiy anor sharbatiga biroz suv qo'shish lozim, chunki uning tarkibidagi kislotalar tish emalini yemirishga qodir.

Anor mevasi po'chog'idan tayyorlangan qaynatma ichak yoki oshqozon yallig'lanishi holatida yordam beradi, dizenteriya va gemorroyga qarshi kurashda qo'shimcha samara beradi. Tarkibida C vitamini juda ko'p miqdorda bo'lgan anor suvi organizmni mustahkamlaydi hamda ko'plab virusli kasalliklarning oldini olishda sitrusli mevalar sharbatidan qolishmaydi. Shuningdek anor ishtahani ochadi, uning urug'lari esa yurak mushaklarini mustahkamlaydi.

Anorning hamma qismlari foydali: po'chog'i ham, donalari ham, sharbati ham, danaklari ham, gullari ham, ildizi ham... U xo'l meva sifatida ham, murabbo ko'rinishida ham shifobaxsh hisoblanadi . Anor o'z tarkibi va foydali xususiyatlariga ko'ra shu darajada noyobki, uni ham tibbiyotda, ham kosmetologiyada qo'llashadi.

Anorli surtmalar va vannalar kosmetologiyada pigment dog'lar, sepkillar, husnbuzarlarni yo'q qilishda, yuz terisini oqartirishda, tirnoq va sochlarni mustahkamlashda faol ishlatiladi.

Anor suvi organizmdagi moddalar almashinuvini rag'batlantirishga qodir. Agar uni uchga bir nisbatda smetanaga aralashtirib, har kuni krem sifatida qo'llanilsa, u terini oziqlantiradi va yoshartiradi.

Ammo esingizda bo'lsin, anor mevasi va po'stlog'idan tayyorlangan damlama va qaynatmalarni ko'p miqdorda iste'mol qilish bosh aylanishiga, umumiy darmonsizlikka, ko'ngil aynishiga, qusishga va hatto tomir tortishishiga olib kelishi mumkin.

Manba: Forum.ziyouz.com
Go'zalligimizga salbiy ta'sir qiluvchi
hodisalardan biri bu yuzda dog'larni paydo
bo'lishidir. Ammo bu dog'lardan osongina
halos bo'lish mumkin. Qanday qilib
deysizmi? Unda davomini o'qing.

Achchiq bodomning yog’ini yuzga surtilsa,
undagi dog’larni ketkazadi.

Indovning urug’i yoki suvi yuzdagi qora dog’
va sepkillarni ketkazadi.

Oftobda turib yovvoyi piyozni surtalsa,
yaralardan qolgan izlarni yoqotadi.

Kunjutni yanchib, badandagi qora dog’larga
bog’lansa, ularni ketkazadi.

Ilon pustini kuydirib, nashatir spirtiga
aralashtirib, xosil bo’lgan malxamni qo’yish
bilan badandagi dog’larni daf qilish mumkin.

Katta qora arini zaytun yogida pishirib
surtilsa, yuz va badandagi dog’lar ketadi.

Bu ishda insonning naxordagi so’lagi xam
foyda beradi.

•Suv xulvosi (yalpizi)ni

sharobda pishirib, yuzdagi dog’larga
surtilsa, ularni daf qiladi.

Turp urug’ini yanchib, asal bilan
aralashtirgan xolda badan va yuzdagi
dog’larga qo’yib bogansa, ularni ketkazadi.

Bu usuldan barcha foydalanishi mumkin.
Sarxil sabzavot va mevalardan tayyorlangan sharbatlar turli kasalliklarni davolashda yordam beradi, shuningdek, immunitetni mustahkamlaydi. Biroq, unutmang, sharbatlar juda tez ayniydi, shuning uchun tayyorlangan zahoti ichish kerak.

Sharbat uchun, albatta, yangi mahsulot tanlang, chiriganini aslo qo‘shib bo‘lmaydi. Sharbat tayyorlashdan oldin mahsulotni maydalab olganingiz ma’qul. Masalan, olma va nokni qirg‘ichdan o‘tkazing, barg va ildizlarni pichoq bilan to‘g‘rang. Shundan keyin mahsulotni ezib, suvini chiqaring, sharbatsiqqich yoki go‘shtqiymalagichdan o‘tkazishingiz ham mumkin. Darvoqe, sharbat tayyorlashdan oldin mahsulotni oqar suvda yaxshilab yuvish yodingizdan ko‘tarilmasin, ildizi bo‘lsa, cho‘tka bilan tozalagan yaxshi.

Sharbatlarni ta’sir etishiga ko‘ra, bir necha turga bo‘lish mumkin. Misol uchun, uzum, sabzi, qulupnay, tarvuz, o‘rik, nok va selderey sharbatlari peshob haydash xususiyatiga ega. Yallig‘lanishlarni tuzatish va gijjalarni tushirishda esa olma, sarimsoq, piyoz, yerqalampir sharbatidan foydalaniladi. Tomat, limon, qizilchadan olingan sharbatlar qon bosimini pasaytiradi.

Sabzi sharbati kamqonlik va oshqozon kislotaliligi pastligi bilan kechuvchi gastritda foydali hisoblanadi. Shuningdek, yaralarning tezroq bitishiga yordam beradi, miokard infarktiga chalingan bemorlarga tavsiya etiladi. Kuniga 2-3 mahal ovqatlanishdan oldin yoki keyin, yarim stakan sharbatga 1 osh qoshiq asal arlashtirib ichiladi. Oshqozon yarasi zo‘rayganda va enteritda sabzi sharbati ichish mumkin emas.

Immunitetni mustahkamlash yoki shunchaki chanqoqni qondirish niyatida bo‘lsangiz, olma sharbati iching. U yurak-qon tomir kasalliklariga chalingan bemorlar uchun juda foydali.
Bilamizki, hozirgi kunda juda ko'pchilik qorindagi yog'lardan aziyat chekmoqda. Bundan qutulishning o'zi bo'lmaydi. Ammo agar siz tog'ri ovqatlanishga amal qilsangiz hamda dietani saqlasangiz bir umurga bundan qutulishingiz mumkin.

Kuningizni limon sharbati bilan boshlang. Bu yog'larni yo'qotish uchun eng zo'r muolajadir. Limon sharbatini ozgina iliq suvli stakanga qo'shing, ozgina tuz bilan aralshtiring. Har kuni ertalab ichishda davom eting va bu yog'lardan qutilishda o'zingizga yordam qiling.
Oq guruchdan o'zingizni asrang, uni o'rniga har xil bug'doyli mahsulotlar iste'mol qiling. Jumladan qizil guruch, qizg'ish non(tegirmon noni), g'alla, suli kabi donli mahsulotlar.
Shakarli mahsulotlardan ehtiyot bo'ling. Shirinliklar, shirin ichimliklar va yog'li mahsulotlardan o'zingizni tiying. Bu mahsulotlar sizda yog' rivojlanishiga katta hissa qo'shadi, shu sababdan kamroq iste'mol qiling.
Iloji boricha ko'proq suv iching. Suv yog'larni yo'qotishda katta yordan qiladi.
Bug'da pishgan sarimsoqpiyozdan(chesnok) iste'mol qiling. Har kuni ertalab bir bog' chesnok iste'mol qiling va bir stakan limon sharbatidan iching, bu dieta yog'lardan qutulishni ikki barovar tezlashtiradi.
Ko'proq sabzavot va ko'katlardan iste'mol qiling. Iloji boricha sabzavotsiz va ko'katlarsiz ovqatlardan qoching. Chunki ko'kat va sabzavotlar sizni mineral va vitaminlar bilan to'ydiradi.
Mevalardan ko'proq is'temol qiling. Har kuni ertalab va yotishdan oldin mevalardan yeyishni unitmang.
Ovqatlanishda ozroq ziravorlar va qalampirlardan foydalaning. Jumladan zanjabil, zira, qora qalampirlardan har kuni ishlating. Bular sizda insullin ishlab chiqarishda yordam qiladi va qoningizdagi shakar miqdorini kamaytiradi.
Manba: http://www.ideadigezt.com
Soch to’kilishi aqliy mehnat bilan shug’ullanuvchi, harakatsiz o’tirib bajariladigan ish bilan shug’ullanuvchilar orasida ko’p uchraydi. Ochiq havoda natural ozuqa iste’mol qiladigan oddiy insonlar orasida soch to’kilishi kamdan-kam uchraydi. Aqliy energiyani ko’p sarflash soch to’kilishiga sabab bo’ladi, degan taxminlar ham ko’p. albatta, soch yo’qligi boshdagi aql ko’p yoki kamligiga hech qanday aloqasi yo’q. sochi yo’q odamlar sog’liqlarida muammo bor, ko’proq ular o’tirib bajariladigan ish bilan mashg’ul, ular ichki sekretsiya bezlarining ishi buzilgan. Kuchanish va stresslar shunday kasalliklariga duchor qiladiki, natijada soch to’kiladi.

Biz yana shunga amin bo’ldikki, sun’iy ravishda isitiladigan va sovutiladigan xonalarda ishlovchi xizmatchilarning sochlari tez to’kiladi.

Sochlar va bosh terisiga oftob nuri, toza havo zarur. Xonalar sun’iy yoritilsa, havo konditsioner yordamida yangilansa, bunday xonalarda mehnat qiluvchi xodimlar, juda bo’lmasa tushlik vaqtida ochiq havoda, quyosh nurlari ko’p joyda vaqt o’tkazishlari maqsadga muvofiq.

Soch to’kilishini sabablaridan biri tor bosh kiyimi, desak, yolg’on bo’lmaydi. Chunki tor bosh kiyimi boshdagi qon tomirlarni ezib, qon yurishini keskin kamaytiradi. Bosh kiyimlarning 98%i qon tomirlarni ezishi aniqlangan. Aytish kerakki, bosh kiyim tagidagi sochlargina to’kiladi. Tashqarisida sochlar kamdan-kam to’kiladi.

Shuning uchun bosh kiyim kiyadiganlar bosh terisini kuniga ikki mahal uqalab turishlari zarur.

Ba’zi erkak va ayollar kiyadigan shlyapalar chetlari boshni siqib, havo o’tkazmaydi, bosh terisini terlatadi va infektsiyaga qo’l ochadi. Basseyinlarda cho’milish vaqtida kiyiladigan qalpoqchalar haqida ham shuni aytish mumkin.

Ko’pchilik sochi to’kila boshlaganidan keyingina bunga qarshi choralar axtarib qolishadi. Bolalik davridayoq bu muammo haqida tushintirib boorish zarur, ularni tabiiy hayot dasturiga rioya qilishni o’rgatish kerak.

"Oila davrasida" gazetasidan olindi
Aynan sizga to‘g‘ri keladigan shampunni qanday tanlasa bo‘ladi? Bu juda oddiy - qadoqdagi matnni diqqat bilan o‘qib chiqing. Birinchi qoida - aynan sizning soch turingizga to‘g‘ri keladigan shampundan foydalaning. Xo‘sh, soch turini qanday aniqlasa bo‘ladi?

Sochlarni to‘g‘ri parvarishlash uchun, avvalo, o‘z soch turingizni to‘g‘ri aniqlashingiz lozim. Sochlar to‘rt guruhga bo‘linadi: quruq, yog‘li, normal va aralash. Aynan mana shu xususiyatlarga qarab parvarish vositalari tanlanadi.

Shunday qilib, o‘z sochingizni yaxshilab o‘rganib chiqing.

Quruq sochlar

Agarda sochlaringiz quruq bo‘lsa, bir tomondan hursand bo‘lsangiz ham bo‘laveradi. Negaki, bunday sochlar yuvilgandan so‘ng uzoq vaqtgacha yog‘lanmaydi. Siz ularni bir hafta mobaynida yuvmay yursangiz ham, ular toza ko‘rinadi. Biroq, bunday sochlarning uchlari nihoyatda quruq bo‘ladi va tez-tez sinadi. Sochlarni yuvib chiqqandan so‘ng esa bosh terisida tirishish seziladi. Bunday turdagi sochlarga fen yordamida quritish salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Chunki fen sochlaringizning sinuvchanlik xususiyatini kuchaytirib yuborishi mumkin.

Sochingiz turini aniqlashning yana bir usuli - soch ildizlarini o‘rganish. Agarda yuvilgandan so‘ng ildizlar quruq, 3-4 kundan so‘ng esa - normal, hafta oxiriga kelib esa - yog‘li bo‘lib qolsa, qo‘rqmay quruq sochlar uchun mo‘ljallangan vositalardan foydalanishingiz mumkin!

Yog‘li sochlar

Xo‘sh, yog‘li sochlarni qanday aniqlasa bo‘ladi? Bunday sochlarni aniqlashda yanglishish qiyin. Chunki bunday sochlar deyarli yuvilgan kunning oxiriga kelib yog‘lanib qoladi. Bu ayniqsa soch ildizlariga tegishli. Lekin bunday sochlarning uchlari hech qachon sinmaydi va fendan cho‘chimaydi. Yog‘li soch egalarida soch yuvilgandan so‘ng bosh terisida tirishish holati kuzatilmaydi.

Normal sochlar

Normal sochlar boshqa soch turlardan shunisi bilan farqlanadiki, ular yuvilgandan so‘ng 2-3 kun o‘tgach yog‘lanadi.Normal sochlar uchlari sog‘lom ko‘rinadi, deyarli sinmaydi (faqat noto‘g‘ri parvarish natijasida). Noto‘g‘ri tanlangan yuvish vositasi natijasida bunday soch egalari ham ba'zida bosh terisida tirishishni sezishlari mumkin. Bunday soch ildizlari yuvilgandan so‘ng normal holatda bo‘ladi. Faqatgina uchinchi kun oxiriga kelib ular yog‘lana boshlaydi. Bu turdagi sochlarni bemalol fen yordamida quritish mumkin.

Aralash sochlar.

Aralash sochlarning ildizlari yog‘li, uchlari quruq bo‘ladi. Bunday sochlar parvarishi eng murakkab hisoblanadi. Qanday qilib uni aniqlash mumkin? Juda oddiy - sochlar yuvilgan zahoti ildizlar normal holatda bo‘ladi, 2-3 kunga kelib esa yog‘li bo‘lib qoladi. Bunday sochlar uchlari esa doim quruq va sinuvchan bo‘ladi. Aralash sochlar yuvilgandan so‘ng 3-4 kunga kelib kirlanadi. (sochlar yuvilgandan so‘ng bosh terisining tirishish holati kamdan kam kuzatiladi). Ikkinchi qoida - aynan sizning soch turingizga to‘g‘ri keladigan yuvish vositasini tanlash oson ish emas. Turli ishlab chiqaruvchilarning shampunlaridan foydalanib ko‘ring, natijasiga qarab o‘zingizga mosini tanlang.

Bu eng qimmat shampun bo‘lishi shart emas, ba'zida mashhur shampun markalaridan ko‘ra oddiy do‘kondan olingan shampun ham sizga ideal ravishda to‘g‘ri kelishi mumkin.

Shampun sizga to‘g‘ri keladimi yo‘qmi, qanday aniqlasa bo‘ladi?

Shampun sizning soch turingizga mos tushganini qanday aniqlasa bo‘ladi? Natijaga qarang! Agarda yuvilgandan so‘ng sochlar yog‘lardan xalos bo‘lsa va toza ko‘rinsa unda ijobiy natijaga erishdim deb o‘ylayvering. Shampun bilan yuvish jarayonida va undan so‘ng bosh terisida hech qanday ta'sirlanish va qichishish kuzatilmasligi lozim, sochlar qurigandan so‘ng esa yaltirab turishi darkor. Sifatli shampun vositasi sochlardagi statik elektrni yo‘qotadi. Va, nihoyat, sochlar to‘g‘ri shampun bilan yuvilgandan so‘ng, ular itoatkor, jilovdor va silliq bo‘lib qoladi, oson taraladi va turmaklanadi.

Shampun sifati

Shampun sifatini qanday aniqlasa bo‘ladi? Bu nima uchun zarur? Birinchidan, shampun tarkibidagi ma'lum bir qo‘shimchalar ba'zi odamlarda allergiyani qo‘zg‘atishi mumkin. Shuning uchun, siz uchun yangi bo‘lgan shampundan foydalanishdan avval uni sinab ko‘ring. Bilakka bir oz shampundan surting, 15 daqiqadan so‘ng yuvib tashlang. Agarda terida hech qanday ta'sirlanish bo‘lmasa, demak hammasi joyida.

Shampun xarid qilayotganda uning ko‘rinishi va rangi bir maromda ekanligiga ahamiyat bering. Agarda bir maromda bo‘lmasa, bu sifatsiz shampun.

Manba: Eclair.uz
1 2 3 4 »
АВТОРИЗАЦИЯ НА САЙТЕ