FRANSUZCHA SALAT - YANGICHA «PENTUZA»DAN TOTIB KO`RING!

Zarur masalliqlar: 300 gr. pentuza, 20 ta qisqichbaqa tayoqchasi, 1 bo`lak sarimsoq piyoz, yarim bog` kinza, 4 osh qoshiq kunjut yog`i, 1 osh qoshiq soya qaylasi, limon sharbati, zanjabil novdasi, qizil murch.

Tayyorlanishi: 1. Pentuzani qaynatilgan suvga solib, 2 daqiqa qo`ying. Keyin suvini yaxshilab silqiting.

2. Sarimsoq piyoz, zanjabil novdasi va kinzani maydalab to`g`rang.

3. Kunjut yog`ini qizdirib, sarimsoq piyoz va zanjabil novdasini soling. Ozgina qovurgach, qisqichbaqa tayoqchalarini ham soling. Kinza va limon sharbatini ham qo`shib, 1 daqiqa past olovda qoldiring.

4. Pentuzani qisqichbaqa tayoqachalari bilan aralashtirib, soya qaylasi va qizil murch soling-da, dasturxonga torting.

Tayyorlanish vaqti: 20 daqiqa.

Категория: Dunyo g'aroyibotlari | Просмотров: 10 | Добавил: Ganisher | Теги: FRANSUZCHA SALAT - YANGICHA «PENTUZ
«Betakror.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться

АВТОРИЗАЦИЯ НА САЙТЕ