GM UZBEKISTAN O‘Z AVTOMOBILLARINING NARXI OSHISHI HAQIDAGI MISH-MISHLARGA “ALOQASI YO‘QLIGI”NI BILDIRDI

GM Uzbekistan kompaniyasi Facebook’dagi sahifasida kompaniya avtomobillarining narxi oshishi haqida turli nashrlarda e’lon qilingan xabarlarga munosabat bildirdi.

Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi qator yangiliklar agentliklarning sahifalarida GM Uzbekistan tomonidan ishlab chiqarilayotgan avtomobillar narxlarini oshishi to‘g‘risidagi xabarlarga oid kelib tushayotgan ko‘plab savollar munosabati bilan shuni rasman ma’lum qilamizki, GM Uzbekistan’ning bunday xabarlarga aloqasi yo‘q.

GM Uzbekistan faoliyati haqida ishonchli ma’lumot kompaniyaning rasmiy veb-sayti — www.gmuzbekistan.uzva Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasi (@gmuzbekistanofficial)da chop etiladi.

GM Uzbekistan tomonidan ishlab chiqarilayotgan avtomobillarning modellari, modifikatsiyalari, opsiyalari va narxlari borasidagi har qanday o‘zgarish kompaniyaning rasmiy vebsayti va Facebook-sahifalarida oldindan xabar qilinadi.

GM Uzbekistan

Категория: Avtomobil dunyosi | Просмотров: 9 | Добавил: Ganisher | Теги: GM UZBEKISTAN O‘Z AVTOMOBILLARINING
«Betakror.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться

АВТОРИЗАЦИЯ НА САЙТЕ