HYUNDAI’GA QARASHLI GENESIS MARKASI BIRINCHI KROSSOVERINI TAQDIM ETDI

Hyundai’ga qarashli Genesis markasi Nyu-York motorshousida o‘zining birinchi krossoverini taqdim etdi. GV80 konsepti shinam salon va yoqilg‘i qutichali dvigatelga ega. Bu haqda “Motor” xabar berdi.

Krossoverning dizayni Genesis avtomobillarining tashqi ko‘rinishida kelajakda bo‘ladigan o‘zgarishlarni namoyon qiladi. Avtomobil tashqi ko‘rinishining o‘ziga xos xususiyati “ikki qavatli” optika hisoblanadi.

Mashina salonida charm, zamsh va tabiiy yog‘ochdan foydalanilgan. Salon ichi boshqaruv qurilmalarining kamligi bilan ajralib turadi. Multimedia va shunga o‘xshash tizimlar boshqaruvi haydovchining o‘ng tarafida joylashgan sensorli panel va bir nechta tugma yordamida amalga oshiriladi.

Old panelning yuqori qismida keng displey o‘rnatilgan. Qurilmalar paneli ham asosan displeylardan tashkil topgan. Orqa o‘rindiqdagi yo‘lovchilar uchun old o‘rindiqlarning orqa tomonida kichik ekranlar o‘rnatilgan.

Категория: Avtomobil dunyosi | Просмотров: 8 | Добавил: Ganisher | Теги: HYUNDAI’GA QARASHLI GENESIS MARKASI
«Betakror.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться

АВТОРИЗАЦИЯ НА САЙТЕ