IJTIMOIY TARMOQLARDA MASHHUR BO`LISH UCHUN JONINI GAROVGA TIKKAN QIZ

Ijtimoiy tarmoqlarda mashhurlikka erishish hozirgi zamon yoshlari uchun eng muhim omillardan biri bo`lib qolmoqdi, deb xabar berdi “Giraf.media” nashri.

Bunday mashhurlikka erishish uchun ular katta miqdorda pul sarflashdan, jonlarini garovga tikishdan hayiqmayapti. Selfiga suratga tushish uchun ajal bilan o`ynashishdan ham tap tortmayaptilar.

Bunday bemulohazalik bilan chegaralanuvchi jasurlikka misol qilib, xavfli joylarda selfiga tushishni yoqtiruvchi rossiyalik Angelina Nikolauni ko`rsatish mumkin. U o`zining rufingga qiziqishi bilan Instagram ijtimoiy tarmog`ida mashhurdir. Rufing inglizcha so`z bo`lib, roof – tom degan ma`noni anglatadi. Yaqinda paydo bo`lgan bu ko`cha sporti bilan shug`ullangan odam hech bir himoyasiz, maxsus anjomsiz baland binolarga chiqib, suratga tushadi. Bunday xavfli mashg`ulot turi bilan shug`ullanuvchi odam ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo`lish bilan birga bolalar va o`smirlarni ortidan ergashtirib, xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirmoqdi. Bunday holat fojiaga olib kelishini ular xayollariga ham keltirmayapti.

Angelina tushgan suratlarni ko`rgan odamning yuragiga orqaga tortib ketishi, tabiiy hol. Nozik va romantik qizning ajal bilan bekinmachoq o`ynashi odamni vahimaga soladi. U bunday mashhurlikning umri qisqaligini, bu uning so`nggi surati bo`lishi mumkinligini xayoliga ham keltirmaydi.

Suratda ko`rganlaringizni hech qachon takrorlashga harakat qilmang, bu hayotingiz uchun juda xavflidir! Ruxsatsiz ko`p qavatli uylar tomiga chiqish jinoyat hisoblanib, nafaqat ma`muriy, balki jinoiy javobgarlikka tortilishingizga ham sabab bo`lishi mumkin!

Категория: Dunyo g'aroyibotlari | Просмотров: 13 | Добавил: Ganisher | Теги: IJTIMOIY TARMOQLARDA MASHHUR BOLISH
«Betakror.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться

АВТОРИЗАЦИЯ НА САЙТЕ