LANMODO STARTAPI AVTOMOBILLAR UCHUN SOYABON YARATDI

Amerikaning Lanmodo startapi ko‘p vazifali All-in-One Wireless Automatic Car Tent qurilmasini taqdim etdi. Avtomobillar uchun soyabon vazifasini bajaradigan qurilmadan chodir yoki proyektor uchun ekran sifatida ham foydalansa bo‘ladi. Bu haqda “Motor” xabar berdi

Qurilmaning asosiy vazifasi mashinani yog‘ingarchilik, og‘ir jismlarning tushishi va quyoshdan saqlash hisoblanadi. U avtomobil tomiga mahkamlagich yordamida o‘rnatiladi. Shuningdek, mahkamlovchi tasmalar ham bo‘lib, ularni mashina eshiklari orasiga qistirish yoki orqani ko‘rsatuvchi ko‘zgularga ildirib qo‘yish mumkin.

Soyabon masofadan boshqarish pulti yordamida yoyiladi va avtomobil kuzoviga tegmaydi.

Soyabondan avtomobildan alohida foydalanish uchun uni yerga mahkamlovchi ustun ham bor. Shu tariqa qurilmadan plyaj soyaboni yoki tabiat qo‘ynida yog‘ingarchilik vaqtida chodir sifatida foydalanish mumkin.

Категория: Texnalogiya | Просмотров: 12 | Добавил: Ganisher | Теги: LANMODO STARTAPI AVTOMOBILLAR UCHUN
«Betakror.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться

АВТОРИЗАЦИЯ НА САЙТЕ