LG va Google kompaniyalari Android Wear 2.0 negizida aqlli soat ishlab chiqdi

LG Electronics (LG) va Google kompaniyalari yangi Android Wear 2.0 dasturiy ta’minotida ishlaydigan aqlli soatlarni rasman taqdim etdi. LG Watch Sport va LG Watch Style soatlarining global miqyosdagi savdolari 10-fevral kuni AQShdan boshlanadi. Keyinroq, shu oyning o‘zida bu soatlarni Yevropa va Osiyoning yetakchi mamlakatlarida Google Store onlayn do‘koni yoki ayrim chakana savdo do‘konlarida xarid qilish mumkin bo‘ladi.

LG Watch Sport va LG Watch Style soatlariga Qualcomm® Snapdragon™ Wear 2100 protsessorlari o‘rnatilgan bo‘lib, ular yangi avlod elektronikasi uchun mo‘ljallangandir. Ikkala modelda ham Google Assistant ilovasi bor. LG Watch Sport soati, shuningdek, NFC – tegmasdan to‘lash imkonini beruvchi tizim negizidagi Android Pay to‘lov tizimini ham qo‘llab-quvvatlaydi. LG Watch Sport soati yorqin yumaloq P-OLED displey bilan jihozlangan. Soat korpusi toblangan po‘latdan ishlangan. Ekranni Gorilla Glass 3 shishasi himoya qiladi. Kamari termoplastik poliuretandan yasalgan.

Категория: Texnalogiya | Просмотров: 14 | Добавил: Ganisher | Теги: LG va Google kompaniyalari Android
«Betakror.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться

АВТОРИЗАЦИЯ НА САЙТЕ