MERCEDES-BENZ BIRINCHI MARTA YANGILANGAN S-CLASS’NI NAMOYISH QILDI

Mercedes-Benz kompaniyasi Nyu-Yorkdagi avtosalon ochilishi oldidan tashkil qilingan Media Night tadbirida yangilangan S-Class’ni jurnalistlarga namoyish qildi, deb xabar bermoqda “Motor”.

Hozircha yangi avtomobil haqida qo‘shimcha ma’lumotlarni e’lon qilish taqiqlangan. Biroq Mercedes-Benz’ning avvalgi xabarlari va ayg‘oqchilarning materiallaridan ma’lum bo‘ldiki, S-Class’ning tashqi ko‘rinishi va salonida o‘zgarishlar bo‘ladi. Bundan tashqari, yangi model yaxshilangan xavfsizlik va haydovchiga yordam tizimi bilan jihozlanadi.

Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan yopiq namoyishga qaramay, yangi avtomobilning jahon premyerasi 18-aprel kuni Shanxaydagi avtosalonda bo‘lib o‘tadi.

Категория: Avtomobil dunyosi | Просмотров: 11 | Добавил: Ganisher | Теги: MERCEDES-BENZ BIRINCHI MARTA YANGIL
«Betakror.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться

АВТОРИЗАЦИЯ НА САЙТЕ