PAYSHANBA, 2017.08.17, 10:02
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS

Menu
Категории раздела
Новости Футбола
ozbekiston chempionat. jahon chempionati. evropa chempionati
ШОУ-Бизнес
Узбекский Шоу Бизнес JAHON SHOU BIZNES SHAHZODA RAYHON BOJALAR RAYXON.UZ SHAXZODA.UZ
SMS YUBORISH
BEPUL SMS YUBORISH UCELL MTS BEELINE PERFECTUM UZMOBILE BUTUN JAHONGA
QIZIQARLI
ENG QIZIQ AJOYIB PRIKOL ZOR MALUMOTLAR WWW.SHERLAR.UZ DA
MP3 KO`CHIRISH
BEPUL MP3 KOCHIRISH UZBEK RUS ARAB JAHON SHAXZODA RAYHON BOJALAR QASHQIRLAR MAKONI
MOBIL TELEFONLAR UCHUN
SOTKA UCHUN TEMA NOKIA TEMA MP3 JAVA KLIP KINO ZOR TEMALAR
Веб-Мастер
UZ DOMEN OLISH. UCOZNI ORGANISH BEPUL TK DOMEN. YANGI SHABLONLAR
TV SERIAL- ТВ Сериалы
QASHQIRLAR MAKONI YANGI. OZBEK SERIAL. UZBEK KINO
QO`SHIQ MATNI
YANGI QOSHIQLAR MATNI RAYHON SHAXZODA BOJALAR
IZOHLAR VA SMSLAR
YANGI SMS SHERLAR SHERLAR TOPLAMI
SEVGI
SEVGI MUXABBAT LOVE QIZLAR BILAN TANISHISH 14 FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI
JAHON YULDUZLARI
JAHON YULDUZLARI
KULGI -FUNNY-PRIKOL
PRIKOL XAZIL FUNNY PRIKOL FOTO XAZIL FOTOSURATLAR. KULGILI RASMLAR
ISLOM
TANLOV
Психология
PSIXOLOGIK TESTLAR! PSIXOLOGIK TESTLAR PSIXOLOGIK TESTLAR!
FOYDALI MASLAHATLAR
Тесты
Рейтинг
FIKR-MULOHAZA
---TANISHAMAN---
QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH.
MUXLIS--FANAT
TALAB VA TAKLIF
KASSA
FOYDALI SAYTLAR
ZOR SAYTLAR . PRIKOL SAYTLAR
SHERIYAT
KOMPYUTERLAR UCHUN
Реклама
PUL ISHLASH
INTERNETDA PUL ISHLASH. PUL TOPISH.
qizlar bilan tanishaman
qizlar bilan tanishaman
Афоризмы
Aforizmlar
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI
SHAXZODA RAYHON BOJALAR SHOXRUXXON. OZODBEK. SHOXJOHON
Гостевая
IBRATLI XIKOYALAR
WWW.SHERLAR.UZ
WWW.SHERLAR.UZ SAYTI UCHUN MAHSUS YANGILIKLAR HABARLAR SMS SHERLAR MADHIYALAR
Новости Узбекистана
Kliplar
Наш опрос
SEVGANIZ BORMI?
XAMMA JAVOBLAR: 2263

Статистика

XOZIR SAYTDA 30
MEXMON 22
FOYDALANUVCHI 8
RoxNeosot, Haituidill, Weismwef, ToerryVor, effiquelf, TeoerryVor, TerryVor, Berpelry
Главная » 2015 » Декабрь » 13 » MyTaxi’ning mashinasidan endi siz ham pul to‘lamasdan tushib ketishingiz mumkin. Qanday qilib?
01:04
MyTaxi’ning mashinasidan endi siz ham pul to‘lamasdan tushib ketishingiz mumkin. Qanday qilib?

 

1. Nima bo‘ldi?

MyTaxi xizmati Family (o‘zbekchasiga aytganda — oilaviy) va Corporate (korporativ — bu ham g‘irt o‘zbekcha so‘z aslida) tariflarini taqdim etadi. Bu tariflardan Toshkent shahridagi korxona va tashkilotlar, shuningdek, jismoniy shaxslar foydalanishi mumkin.

2. Nima u oilaviy tarif — MyTaxi oilamizga bitta mashinani “bog‘lab beradimi”?

Yo‘q, lekin siz yoki oila a’zolaringiz buyurtma berishi bilan, 10 daqiqaga qolmay ostonangizda taksi paydo bo‘ladi. Buning uchun dastlab MyTaxi bilan shartnoma tuzishingiz kerak. Agar bo‘lajak taksi qatnovlari uchun to‘lamoqchi bo‘lgan pulingiz 500 ming so‘mgacha bo‘lsa, MyTaxi vakili oldingizga o‘zi boradi, undan ko‘proq bo‘lsa, MyTaxi ofisida sizni issiq choy bilan kutib olishadi. To‘lovni istasangiz naqd pul ko‘rinishida, xohlasangiz plastik kartochka yoki Click yordamida to‘lashingiz mumkin. Hisobda qolgan pul miqdorini SMS-bildirishnomalar va elektron pochtaga yuboriladigan elektron hisobotlar orqali bilib turasiz. Qulay tomoni — haydovchi qaytarishga qaytim, siz esa to‘lashga mayda pul qidirmaysiz. Qatnov puli oldindan to‘langani uchun, manzilga yetgach, taksidan indamaygina tushib ketaverasiz.

3. Ishxonamdagilarni ham oila a’zolarim sifatida ko‘rsatib qo‘yaveraman, alohida korporativ tarifni nimaga keragi bor yana?

Kerak, chunki korporativ tarifda oilaviy tarifda bo‘lmagan imkoniyatlar bor. Masalan, to‘lovni oy yakunida ham (postpaid tartibida) amalga oshirish va, albatta, xizmatlar haqini pul o‘tkazish yo‘li bilan to‘lash mumkin. Bundan tashqari, xarajatlarni real vaqt rejimida kuzatib, nazorat qilib borsa bo‘ladi. Har bir qatnovdan so‘ng elektron kvitansiyalar taqdim etiladi. Kuzatuvlar vaqtida MyTaxi’ning biror shubhali harakatini sezib qolsangiz, taksi xizmati pulingizni muammosiz qaytarib beradi.

4. Korporativ tarifdan oila a’zolarim ham foydalansa bo‘ladimi?

Albatta. Oilaviy tarifda ham, korporativ tarifda ham o‘z yaqinlaringizni sizning hisobingizdan foydalanuvchilar ro‘yxatiga qo‘shib qo‘yish mumkin. Bu haqda MyTaxi xizmatiga yangi foydalanuvchining ismi-sharifi va telefon raqami haqida ma’lumot bersangiz kifoya. Siz esa har bir qatnovni kuzata olasiz. Sizni hech kim aldolmaydi — haydovchi ham, hisobingizdan foydalangan yaqiningiz yoki xodimingiz ham.

5. Necha pul dedingiz?

Korporativ tariflardagi qatnovlar narxi oddiy yo‘lovchilarnikidek hisoblanadi. Misol uchun, ekonom-klassdagi mashinalarda minimal to‘lov miqdori 6000 so‘mni tashkil etadi — bu qiymat 10 daqiqa kutish va harakat masofasining dastlabki 5 kilometrini o‘z ichiga olgan, undan keyingi har bir kutilgan daqiqa uchun 250 so‘m va har bir bosib o‘tilgan kilometr uchun 800 so‘mdan hisoblab boriladi. Deylik, oy boshida 500 000 so‘m to‘lagan bo‘lsangiz, oy davomidagi har bir qatnovingiz masofasi 5 kilometrdan oshmasa, pulingiz kamida 83 marta taksi xizmatidan foydalanishga bemalol yetadi.

6. Chegirma-pegirma, bonus-ponus, tekin-pekin degan joylaridan yo‘qmi?

Bor. Faqat dekabr oyida MyTaxi oilaviy va korporativ tarif bo‘yicha shartnoma imzolagan mijozlarning har qanday to‘loviga 10 foiz miqdorida bonus qo‘shib beradi. Ya’ni, siz 2 million so‘m miqdorida oldindan to‘lovni amalga oshirsangiz, hisobingizga 2 200 000 so‘m pul tushadi. Bundan tashqari, 7—30 dekabr kunlari har dushanbadan payshanbaga qadar soat 17:00 dan 21:00 gacha “Clun Castle’ga MyTaxi bilan boramiz” aksiyasidan foydalanib qolishingiz mumkin — Clun Castle’gacha bo‘lgan barcha qatnovlar mazkur muassasa hisobidan to‘lanadi. Shuningdek, 30 dekabrgacha davom etadigan Yangi yil aksiyasi doirasida MyTaxi bayram archasini buyurtmangiz asosida siz istagan joyga eltib beradi.

7. Archa? MyTaxi’da yetkazib berish (“dostavka”) xizmati ham bormi?

Yo‘q, lekin MyTaxi o‘z mijozlari uchun haqiqiy ko‘makchi bo‘lishni istaydi. MyTaxi’ning asosiy ustunligi — ishonchlilik va mas’uliyat. Bir oilada bir necha mashina bo‘lgani holda, ba’zan farzandni maktabdan olib kelishga fursat topilmasligi mumkin — bunda MyTaxi sizga yordam beradi. Biror dori kerakmi? MyTaxi yordamga tayyor. Kutilmaganda uzoq yo‘ldan mehmonlar kelib qoldimi? MyTaxi siz aytgan restorandan siz buyurtma qilgan taomlarni issig‘ida yetkazib beradi. Biror hujjatni shoshilinch ravishda jo‘natish kerak bo‘lsa-yu, barcha xizmat mashinalari band bo‘lsa, bemalol MyTaxi’ga ishonch bildirsangiz bo‘ladi.

8. Shartnoma tuzish uchun nima qilishim kerak?

MyTaxi’ga xat yozing (email: info@mytaxi.uz) yoki qo‘ng‘iroq qiling (telefon: +998-71-202-15-15). Kompaniya ofisi Toshkent markazida joylashgan: B.Boboyev ko‘chasi, 7a-uy (mo‘ljal Rakat Market). Ha-ya, MyTaxi’ning mobil dasturini ko‘chirib olish ham esdan chiqmasin (Android uchuniOS uchun).


Категория: TALAB VA TAKLIF | Просмотров: 565 | Добавил: JAHONGIR | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
LOGIN:
PAROL:
Реклама.
Forum Faollari
  • ♣GUBERNATOR♣
  • MUSILMON
  • Nigi{JON}
  • Fast-ForWarD
  • ALI-90
  • GENERAL
  • JAHONGIR
  • ★ZumRAshA★
  • Uzbek
  • Bek_Arab
  • Farab
  • -=★_BmS_★=-
  • MiRzO_BoY
  • МаRмелаDка
  • _-SuPeR_BoY-_
  • Ali4742
  • Karen_uz
  • 0909
  • ☺☻๑♣←OYBEK→♣๑☻☺
  • CITY_HUNTER
  • Поиск
    Календарь
    «  Декабрь 2015  »
    ПнВтСрЧтПтСбВс
     123456
    78910111213
    14151617181920
    21222324252627
    28293031
    2017 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
    Хостинг от uCoz