O`QUVCHILARINING 8 MART SOVG`ASIDAN NOROZI BO`LGAN O`QITUVCHI ISHDAN BO`SHADI

Sochi shahar maktablaridan birida o`quvchilarining 8 mart bayramiga besh ming rubl sovg`a berganidan norozi bo`lib, ota-onalarga SMS yozgan sinf rahbari ishdan bo`shadi,

Sochi shahar kengashiga qarashli maorif, fan va madaniyat qo`mitasi raisi Vladimir Davidovning ma`lumot berishicha, o`qituvchi ayol xizmat tekshiruvi tugashini kutmay, ishdan bo`shagan. U janjal ko`tarilgandan keyin vaqtinchalik vazifasidan ozod etilgan edi.

O`qituvchi ayol 7 mart kuni o`quvchilaridan olgan sovg`asidan norozi bo`lib, ularning ota-onasiga sinf rahbarligidan bo`shash bilan tahdid qilib, SMS xabar jo`natgan. Avvaliga ko`pchilik bu xabarni o`qituvchi ayol yozganiga shubhalandi, ammo u “Komsomolskaya pravda” nashriga bergan intervyusida SMS xabarlarni jahl ustida o`zi yozganligini tan oldi.

Keyinroq Life nashri ishdan bo`shagan o`qituvchini ota-onalar himoya qilgani, uning yaxshi pedagog ekanligi, o`sha kuni bolalar sinfda to`polon qilib, xayfsan olgani uchun jahl ustida SMS yozgani haqida xabar berdi.

Категория: Dunyo g'aroyibotlari | Просмотров: 7 | Добавил: Ganisher | Теги: OQUVCHILARINING 8 MART SOVGASIDAN N
«Betakror.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться

АВТОРИЗАЦИЯ НА САЙТЕ