OAV: TOYOTA TESLA BILAN HAMKORLIGINI TO‘XTATDI

Yaponiyaning Toyota avtomobil kompaniyasi Tesla’ning o‘zi egalik qilayotgan barcha aksiyalarini sotib yubordi va elektromobil ishlab chiqaruvchi Amerika kompaniyasi bilan hamkorlikni to‘xtatdi. Bu haqda Nikkei’ga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.

Toyota 2010-yilda Tesla’ning 3,15 foiz aksiyasini 40,5 million dollarga sotib olgandi. Ta’kidlanishicha, bunday qadam elektromobillarni hamkorlikda ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan edi.

Nashrning manbaga tayanib xabar berishicha, ayni vaqtda yapon avtomobil ishlab chiqaruvchisi Tesla bilan ushbu sohada hamkorlik qilish zaruratini ko‘rmayapti, chunki kompaniyaning o‘zi mustaqil ravishda elektromobil ishlab chiqarishdagi sa’y-harakatlarini yanada kuchaytirmoqda.

Shuningdek, manba Toyota Tesla’ning aksiyalar paketini birinchi bor 2014-yil oktabrida sotganini, 2016-yil oxirida esa butunlay ulardan qutulganini ma’lum qildi.

Категория: Avtomobil dunyosi | Просмотров: 7 | Добавил: Ganisher | Теги: OAV: TOYOTA TESLA BILAN HAMKORLIGIN
«Betakror.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться

АВТОРИЗАЦИЯ НА САЙТЕ