Olimlar yulduz atrofida 7 ta sayyorani aniqladi, ularning 3 tasi hayot uchun yaroqli bo‘lishi mumkin

Olimlar Dalv yulduzlar turkumidagi TRAPPIST-1 yakka yulduzida kattaligi Yer bilan teng bo‘lgan yettita sayyoradan iborat tizim mavjud, degan xulosaga keldi. Bu haqda NASA matbuot anjumanida ilmiy direktorat rahbari Tomas Surbuxen ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu yetti sayyoradan uchtasi hayot mavjud bo‘lishi uchun yaroqli. Surbuxen aytishicha, ushbu kashfiyot hayot uchun yaroqli bo‘lgan yashash muhitini qidirishda muhim qadamga aylanishi mumkin.

Belgiya universiteti olimi Mixael Jiyon, o‘z navbatida, uchta sayyorada suyuq holatdagi suv mavjud bo‘lishi mumkinligini aytdi.

Olimlar aniqlik kiritishicha, TRAPPIST-1’ga eng yaqin joylashgan uchta sayyora hayot mavjud bo‘lishi uchun o‘ta issiq, eng uzoq joylashgani esa — o‘ta sovuq.

Bungacha TRAPPIST-1 yulduz tizimida faqat uchta sayyora mavjud deb hisoblashardi.

Категория: Texnalogiya | Просмотров: 14 | Добавил: Ganisher | Теги: ularning 3 tasi hayot uchun yaroqli, Olimlar yulduz atrofida 7 ta sayyor
«Betakror.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться

АВТОРИЗАЦИЯ НА САЙТЕ