Oyda yerosti tunnellari topildi

Lunar and Planetary Science’ning 48-konferensiyasida Oydagi yerosti tunnellari haqida ma’lum qilindi. Topilma “insoniyat kelajagi” deb nomlandi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Ular Marius tepaliklari platosidagi diametri bir necha o‘n metr bo‘lgan tuynuk yaqinida joylashgan. Tuynukning o‘zi 2009-yilda topilgan.

Olimlar Kaguya yapon qurilmasi yordamida yoriq yaqinida yirik, ko‘p kilometrga cho‘zilgan bo‘shliqlar mavjudligini aniqladi.

Yerda ham yuqoridagi kabi yerosti hosilalari mavjud. Ular magma sovib, asta-sekinlik bilan torayishi oqibatida yuzaga keladi. Astronomlarning Oydagi topilmalari ham lava hosilalari ekanligiga 100 foiz ishonib bo‘lmaydi.

Biroq nima bo‘lganda ham, razvedka missiyalari Yer yo‘ldoshida haqiqatdan ham chuqur yerosti tunnellari mavjud ekanligini tasdiqlasa kelajakda ular oydagi birinchi kolonial manzilgohlar va ilmiy-tadqiqot markazlari uchun asos bo‘la oladi.

Категория: Texnalogiya | Просмотров: 7 | Добавил: Ganisher | Теги: Oyda yerosti tunnellari topildi
«Betakror.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться

АВТОРИЗАЦИЯ НА САЙТЕ