Past narxli transformer noutbuklar

Transformer noutbuklar bir-ikki harakat orqali planshetga aylana olishi bilan qulaydir. Ularda nafaqat qulaylik bilan ishlash, balki chizish, kitob o‘qish va filmlar ko‘rish ham mumkin. Biz transformerlarning gadjetlarga ko‘p pul sarflashga o‘rganmaganlar uchun mos tushadigan arzon variantlarini topib qo‘ydik

HP Stream x360 11-aa000ur

HP’ning ushbu modeli displeyining diagonali bor-yo‘g‘i 11,6 dyuym, og‘irligi 1,35 kg bo‘lib, bunday ixcham ko‘rinishi tufayli uni bemalol olib yurish mumkin. Noutbukni 360 darajaga ochish orqali, planshetga aylantirish mumkin. Qurilmaning narxi — 300 dollar atrofida.

Afsuski, past narx qurilmaning ba’zi xususiyatlariga o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmagan. Chunonchi, noutbuk atigi 2 Gb tezkor xotiraga ega, doimiy xotira ham katta emas — 32 Gb.

Acer Aspire R3-131T-C08E

Acer kompaniyasining noutbuki ham xuddi HP modeli kabi xususiyatlarga ega. Protsessor, xotira hajmi, diagonal — barchasi bir xil. Ammo bu transformer og‘irroq, shuningdek, Wi-Fi’ning faqat oxiridan oldingi IEEE 802.11n standartini qo‘llab-quvvatlaydi. Narxi — avvalgi modeldan 15—30 dollarga balandroq.

ASUS Transformer Book Flip TP200SA

ASUS’dan raqobatchi noutbuk ham o‘sha-o‘sha xususiyatlarga ega. Ammo tashqi jihatdan u ancha farqlanadi. U yorqin ranglar o‘rniga, sokin och jigarrang tusga bo‘yalgan, uzunasiga tushirilgan chiziqlar esa qurilmaga ulug‘vorlik baxsh etadi. Transformerning og‘irligi 1,2 kg, narxi esa — taxminan 350 dollar.

Lenovo Yoga 300 11

Agar Windows’da ishlaydigan noutbuk uchun 32 Gb xotira kam deb hisoblasangiz, qattiq diski sig‘imi kattaroq bo‘lgan modellar ham bor. Masalan, Lenovo’ning ushbu modelida doimiy xotira 500 gigabaytga teng. Ammo qurilmaning boshqa farqli jihatlari yo‘q.

Manba: Internet tarmog‘i materiallari

Категория: Texnalogiya | Просмотров: 10 | Добавил: Ganisher | Теги: Past narxli transformer noutbuklar
«Betakror.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться

АВТОРИЗАЦИЯ НА САЙТЕ