Гина, жаҳл, хафаликни унутиб, кимнидир кечира олиш катта жасорат! Кимдир эса хотираларига ёпишиб олса, яна кимдир осонгина кечириб кетади. Сиз-чи, тез кечира оласизми? Қалбингизда гина сақламайсизми? Ушбу руҳий тест сизнинг нечоғли кечиримли эканлигингизни аниқлаб беради.

Жавобларга бериладиган баллар: а) – 4 балл, б) – 3 балл, в) 2 балл, г) – 1 балл.

1. Кимдир оёғингизни босиб олса нима қиласиз?
а) узр сўраса кечираман,
б) нарироқ суриламан,
в) танбеҳ бераман,
г) жавобига унинг ҳам оёғини босаман.

2. Севимли инсонингиз сизни ташлаб кетиб, сўнг тўйига таклифнома юборса нима деб жавоб берасиз?
а) унга бахт тилайман,
б) хўрсиниб қўяман,
в) унинг бу ишини сурбетлик деб қабул қиламан,
г) менга азоб бериш учун атайин қилди, деб жахл қиламан.

3. Бир пайтлар ҳаётингизни захарлаган собиқ синфдошингиз сиз раҳбарлик қилаётган корхонага ишга кирмоқчи. Сиз қандай йўл тутасиз?
а) очиқчасига устидан куламан,
б) ўтган ишга саловат, деб ёрдам бераман,
в) уни табассум билан кутиб оламан,
г) биринчи суҳбатдаёқ йиқитишга ҳаракат қиламан.

4. Беш йилдан буён кўришолмаган қадрдонингизни учратиб қолдингиз…
а) «беш йил бир пасда ўтиб кетибди-я!»,
б) энг муҳими учрашув,
в) кўринмай кетгани билан қизиқаман,
г) «эски муносабатларни кавлаб нима қиламан?»

5. Турмуш ўртоғингиз сизга келган мактубни очиб ўқиди, сиз нима дейсиз?
а) «мабодо чўнтакларимниям очиб бермайинми?»,
б) «бу шунчаки хат, лекин…»,
в) «бу менга келган мактуб эди-ку»,
г) «бундан кейин қандай қилиб сизга ишонаман?»

6. Ишсиз акангиз харажатларингиздан жахли чиқяпти…
а) «у менга хасад қиляпти»,
б) унга раҳмим келади,
в) мулойимлик билан тушунтираман,
г) портлаб кетаман.

7. Сиз учун кечиришда энг қийини – бу…
а) бировга жахл қилмаслик,
б) бировнинг тақдирини ҳал қилиш,
в) ҳаётнинг янги варағини очиш,
г) бировнинг айбини кечириш.

8. Сизни азоблаган инсон кечирим сўраса…
а) жахлим чиқади,
б) раҳмим келади,
в) тушунаман,
г) ғазаб отига минаман.

9. Сизни доимо уришган, жахлдор ва кези келганда устингиздан кулган муаллимингиз кутилмаганда бахтсиз ходисага учради…
а) «хақиқат бор экан!»,
б) раҳмим келади,
в) «ундан ҳали бери қутулиб бўлмайди»,
г) «жазосини олибди!».

10. Ашаддий душманингизга айтмоқчи бўлган гапларингиз:
а) «сендан нафратланаман!»,
б) «бир кун келиб яхши инсонга айланишинга ишонаман»,
в) «менга бошқа ёмонлик қила олмайсан»,
г) «ўзингга қайтсин!».
Натижа:

10-17 балл. Сизни хафа қилганларни кечира олмайсиз. Қалбингизда гина сақланади. Ҳар сафар у хақида эшитганингизда ғазабланаверасиз. Ғазабни енгишни ўргансангиз, асабийликдан қутуласиз.

18-24 балл. Сизни хафа қилишса, аввалига азоб чекасиз, кейин ўша одамга бақириб, гиналарни унутасиз. Энг муҳими, сиз гиначи эмассиз. Ҳаракатларингизга мулоҳазаликни қўшангиз янада яхшироқ бўлар эди.

25-31 балл. Кечириш сиз учун осон. Ўч олишни ўйламайсиз ҳам. Бу албатта яхши, лекин бўйнингизни жуда ҳам эгиб юборманг. Акс ҳолда обрўйингизни йўқотиб қўясиз.

32-40 балл. Ташқи кўринишингиздан бировни кечиргандек бўласиз-у, қалбингизда алам, гина-кудрат барибир сақланиб қолади. Ҳамма сизни олижаноб деб ўйлайди. Аслида эса, унчалик «оппоқ» эмассиз. Хар қандай вазиятда ҳам тилёғламалик қилмай, тилингиз ва дилингизни бир қилсангиз хақиқий обрў-эътиборга сазовор бўласиз.
Buni qarangki, olma nafaqat kishiga salomatlik, tetiklik bahsh etuvchi, balki, ruhiyatdan so`zlovchi ajoyiib meva ham ekan. Suratdagi olmalardan birini tanlab, testning javobini o`qing.

Siz uchun vijdon pokligi har narsadan ustun. Ikkiyuzlamachilikka umuman tobingiz yo`q. Boricha bo`lishdan uyalmaydigan kishilar toifasidansiz. Hayotiy falsafangiz esa tushkunlikka tushib qolganingizda ham taslim bo`lmaslikka undaydi. Behudaga tashvishlanmaslikning o`zi baxt ekanini yaxshi anglaysiz. Ayniqsa, o`z qo`llaringiz bilan daraxtdan uzib olgan sarhil olma siz uchun baridan a`lo.
Sho`x-shaddodsiz. Ochiq chehrangiz atrofdagilarni ohanrabodek jalb etadi. Sarguzashtlarsiz hayot siz uchun zerikarli va rangsiz. Mag`rur va o`ta zamonaviy ayollar toifasiga mansubsiz. Yangi va noodatiy narsalar darhol e`tiboringizni jalb etadi. Olmali xo`rozqand esa jonu dilingiz.
Ajoyib insonsiz, garchi o`zingizni qiziqarli kishilardan sanamasangizda, atrofingizdagilar fikringizga qo`shilishmaydi. Sizdagi hayotga bo`lgan ishonch, tasavvur olamingizning boyligi, ko`pchilikni ilhomlantiradi, yaxshilikka undaydi. Kishilarning ishonchini qozonishda sizga teng keladigani yo`q. Yaqinlaringiz bergan maslahatlaringizga so`zsiz amal qiladilar. Olmadan tayyorlangan pirogni juda yoqtirasiz.
Yaqinlarinigizning ishongan tog`isiz. Fikrlaringiz, hayollaringiz va hatto tuyg`ularingizda ham og`ir-vazminlikni saqlab qolgansiz. Biroz tortinchoqlik ham sizga begona emas. Odatda gapirishdan ko`ra eshitishni afzal bilasiz. Va bu uyg`unlikning buzilishni hayolingizga ham keltirmaysiz. Yodingizda bo`lsin, salomatligingiz uchun olma sharbati juda foydali.
Hayotdan bahramand bo`lib yashaydigan kishilardansiz. Hatto sarguzasht izlab yurishingizga ham xojat yo`q, dunyoning jamiki qiziq narsalari borki, siz tomon intiladi. Har bir kunning qadriga etish fazilatingiz maqtovga loyiq. Sizni olmali pecheneni yoqtiruvchi kishilar qatoriga qo`shish mumkin.
Donosiz! Ziyrakligingiz ko`pchilikni hayron qoldiradi. Garchi hayotda u qadar so`zomol bo`lmasangiz-da, zarurat tug`ilganda barchaning e`tiborini tortish qo`lingizdan keladi. ham quvnoq, ham aqilli insonsiz. Yangi uzilgan suvli olma sizga juda yoqadi.
Astrologlarning ta`kidlashicha, biz tug`ilayotgan vaqtda osmonda yulduzlarning qanday joylashgani ma`lum ma`noda fe`l-atvorimizga o`z ta`siri o`tkazar ekan. Shuningdek, tuyg`ularimizni ifodalashimizda ham burjimiz beixtiyor o`zini namoyon qilarkan. Agar bu gap rost bo`lsa, juftimizning muhabbati darajasi va unga nimalar yoqishini bilish bizga zarar qilmasligi, shubhasiz! Munajjimlarning ushbu bashorati bu borada sizu bizga qo`l keladi degan umiddamiz.

HAMAL (21.03-20.04)
Ayol — ummonning to`lqinlari kabi shiddatli hissiyotlar sohibasi. Tez engilishni istamaydi. Uning muhabbatiga erishish oson emas. Tashqaridan qaraganda, hamallar hissiz bo`lib ko`rinishlari mumkin. Birinchi taassurot, odatda, yolg`on bo`ladi. Bu ayol qalbining tub-tubidan juftining sevgisidan sarxush bo`lishni istaydi. Biroq kechinmalarini tilga ko`chirishni o`ziga ep bilmaydi.
Erkak — haqiqiy ovchi! O`z nishonidagi ayolning ko`nglini zabt etish jarayoni ular uchun eng qiziqarli sarguzashtdir. Nishonga olgan ayoli «hamal»bekning sevgisini qabul qilishi bilan uning nazarida sarguzasht o`z nihoyasiga etadi. Yana unga jismoniy yaqinlikdan ko`ra, ko`ngil birligi muhimroq. Qulog`i bilan sevuvchi ayollar uchun tengsiz juft bo`lishadi. Asad, Aqrab, Qavs burjidagi ayollar bilan tez til topishadi. Jadiy, Dalv va Sunbula bilan munosabatlarida tushunmovchilik kuzatilishi mumkin.

SAVR (21.04-20.05)
Ayol — o`z juftiga yuqori talablar qo`yish uning tabiatiga xos. Savr ayolning muhabbatiga sazovor bo`lgan erkakni haqiqiy baxt kutib turgani rost. Ammo baxtiyorlik nashidasi uzoq davom etishi uchun er rafiqasining barcha xarxashasiga sabr bilan chidashi lozim. Bu ayol sevgan insoniga borlig`ini tortiq etib, undan unutilmas hislarni kutadi. Ayolning umidlari puchga chiqmasligi uchun erkak yaxshigina harakat qilishiga to`g`ri keladi.

Erkak — o`ziga nisbatan ishonchi kuchli, his-tuyg`ularga tez beriladi. Ayolarga yuqori talab qo`yadi, shu bois juftini hurmat qiladi. Rohat hamda baxtni faqat jufti bilan baham ko`rishni istaydi. Sunbula va Aqrablar bilan munosabati yaxshi kechadi. Asad va dalv burjidagilar bilan munosabatlarda biroz murakabliklar kuzatilishi mumkin.

JAVZO (21.05-21.06)
Ayol — bir umr oq otdagi shahzodani orzu qilishdan charchamaydi. Muhabbat va rohatga ko`milib yashasa-da, bari unga kamdek tuyulaveradi. Qachon qaramang, erkaklar uning atrofida girdikapalak bo`lishadi. Bu burjdagi ayolning qalbini zabt etish mushkulroq. Bir qarashda, o`ta sovuqqondek ko`rinsa-da, muhabbati qarshisida o`z ehtiroslarini oshkor etadi.

Erkak — qarshi jins vakillarini romantik tabiati bilan o`ziga jalb qila oladi. Javzo erkaklar o`z burjlaridagi ayollarni butunlay aksi, ehtirosli ko`ringani bilan ba`zan undan sovuqqon inson topilmaydi. Turli «o`yin»lar unga qiziq emas, tezroq «masala»ning asosiy qismiga o`tishni istaydi. Juftiga e`tiborli, sevgan yorining har bir kunini bayramga aylantira oladi. Dalv ayol bilan munosabatlari yaxshi bo`lishi shubhasiz. Sunbula, hut, Qavs», Mezon hamda Aqrab bilan yulduzi yulduziga har doim ham to`g`ri kelavermaydi.

SARATON (22.06-22.07)
Ayol — o`zini xuddi qirolichalardek tutadi, hissiyotlarning quli bo`lish unga yot. Biroq juftini es-hushidan ayirish uchun hamma narsaga tayyor. Hayolot dunyosi chegara bilmaydi. Sevgan insonining ko`nglini ko`tarish uchun chin yurakdan intiladi.

Erkak — o`ziga ishonchi baland. Uning nazarida, har qaysi ayolni o`ziniki qilishi uchun bir qarashi kifoyadek. Hammani boshqarishga qaratilgan kuchli istagini inobatga olmaganda, Saraton erkak haqiqiy ma`nodagi oshiqdir. Kutilmagan sovg`alarni hush ko`radi. Hut, Aqrab, Dalv ayollar bilan yaxshi juftlikni tashkil qiladi. Hamal, Sunbula, Jadiy, Mezon va Savr burji vakilalari bilan munosabatlarda keskinliklar kuzatilishi mumkin.

ASAD (23.07-23.08)
Ayol — har qanday erkakni o`ziga oshiq qilishga qodir. Olovli burj vakilasi ko`proq kulog`i va ko`zi bilan sevadi. Ehtiroslarga berilmaydi. Sevgan insonining unga erishish yo`lidagi urinishlarini maza qilib tomosha qiladi.

Erkak — Ayollar muhabbatini qozonish bo`yicha ustasi farang. Faqat omadsizlik uning kuchli tabiatini sindirishga qodir, shuning uchun mag`lubiyatdan qo`rqib yashaydi. Xiyonat, uning nazarida, yor tanlashda adashganlikni tan olishdir. Demak, bevafolik unga xos emas, axir Asad hech qachon adashmaydi-ku! Hamal va Dalv bilan yaxshi munosabatda bo`ladi. Mezon, Saraton va Aqrab burjidagilar esa havas qilarli juftlik bo`lolmaydi.

SUNBULA (24.08-23.09)
Ayol — doim sevgan insonining yonida bo`lishni istaydi. Tasavvur olami juda boy, juftini turli yangiliklar bilan xursand qilishni xush ko`radi. Uni hech qachon ruhan tushkun ahvolda ko`rmaysiz. Hayotga optimistlik bilan qarashi hammaning havasini keltirishi tayin. Sevgan yorini har qanday cho`qqilarni zabt etishga ilhomlantira oladi.

Erkak — orzularidagi yagonasini topmagunga qadar ehtiroslardan butunlay yiroqda bo`ladi. O`z juftini uchratgach, u uchun tog`ni talqon etishga ham shay turadi. Sunbula vakillaridan etiborliroq erkak yo`q. Erta-yu kech jufti yonida bo`lishini xohlaydi. Savr, Jadiy bilan tez til topishadi. Javzo, Mezon, hut va Qavs xonimlar bilan munosabatga kirishishi mushkulroq.

MEZON (24.09-23.10)
Ayol — uning nazarida ayol ishq borasida birinchilikni qo`lga olmasligi lozim. Shu tufayli uning jufti rafiqasiga nima yoqish yoki yoqmasligini topolmay halak bo`ladi. Mezonlar uchun sevgan insoni bilan qalban bog`lanishning o`zi etarli, jismlar birlashuvi va ehtirosga hayot uchun muhim hodisa deb baho bermaydi.

Erkak — o`zining «eng-eng» ekanligiga ishonchi komil. Tanlagan yori ana shu ishonchni yanada mustahkamlashga xizmat qilmasa, undan tez voz kechishi mumkin. Mezon erkakning jufti baxtli bo`lish uchun erini doim maqtab turishga majbur! Hamal, Dalv va Javzo ayollar bilan yulduzi mos. Saraton, Sunbula, Savr va Jadiy burji vakilalari bilan chiqisha olmaydi.

AQRAB (24.10-22.11)
Ayol — hissiyotlarga beriluvchan. Asalarilar gul atrofida parvona bo`lgani kabi, erkaklar ham uning oldidan bee`tibor o`tib ketisha olmaydi. Yuragida muhabbat tuyg`usi bo`lmasa, hammaga zaharli nishini suqishga tayyor turadi. Juftiga sodiq bo`lib, ehtirosga berilishi uchun unga keksalik to`sqinlik qila olmaydi.

Erkak — unga teng keladiganini topish murakkab masala. “O`xshamay qolsa-chi?” yoki “Yoqmasa-chi?” kabi ikkilanishlar Aqrablarga yot. Yoqimli so`zlar, erkalatishlar bilan har qaysi ayolni iydirib yuborishi shubhasiz. Hut va Saraton unga juda mos. Asad, Jadiy va Savr bilan esa biroz qiynalishi mumkin.

QAVS (23.11-21.12)
Ayol — faqat bir insonni sevadi, u ham bo`lsa o`zini! Erkaklar ham uni ana shu o`ziga bo`lgan ishonchi uchun yoqtirishadi. Ehtiros hamda his-tuyg`ularni jilovlash fikri unga butunlay yot! Qavs ayolning muhabbatiga aylanish uchun jufti haqiqiy ma`noda osmondagi oyni olib berishiga to`g`ri keladi. Chunki bu ayolning e`tiborini quruq gaplar bilan jalb qilib bo`lmaydi.

Erkak — go`zallik oshig`i. Ayolning yuragini zabt etish unga mushkuldek tuyulsa, darrov o`zgasini topishga intiladi. Bu erkakni oilaparvar er qilish uchun rafioasi sevgi malikasiga aylanishi kerak. Asad, hamal va Qavs ayollar bilan munosabatga oson kirishadi. Sunbula, hut va Javzo ayollar uchun unchalik mos juftlik emas.

JADIY (22.12-20.01)
Ayol — sevmagan insoniga hatto qo`lini ushlatishga ham yo`l qo`ymaydi. Duch kelgan inson bilan tanishishni xayoliga ham keltirmaydi. Tanlagan yorini ming chig`iriqdan o`tkazishdan charchamaydi. Imtihonlaridan o`tgan juftiga bir umrlik rohat va baxt ato eta oladi. Biroq rashkchi va jizzakiligi ko`pgina erkaklarni qo`rqitadi.

Erkak — hayotdan lazzatlanib yashashni istaydi. Tanlagan yori bir umrlik bo`ladi. Rohat onlariga nisbatan insonga berilgan eng oliy baxt deya baho beradi. Juftiga ishonchi cheksiz. Ruhan, qalban hamda jismonan faqatgina bir ayol bilan birga bo`lishni istaydi. Sunbula, Savr va jadiy ayollar bilan yaxshi juftlik bo`la oladi. Hamal, Mezon va Saraton ayollar bilan munosabatlarda chigalliklar kuzatiladi.

DALV (21.01-20.02)
Ayol — Tasavvur olami boy, ammo ehtiroslarini kamdan-kam namoyon qiladi. Jiddiy erkak uchun undan yaxshiroq yor topilmaydi. Jufti uchun hamma narsaga tayyor, qovushishga nisbatan odatiy ish deb qarasa-da, buni aslo eriga bildirmaydi.

Erkak — olovli temperament sohibi. Go`zallik qurshovida bo`lishni xohlaydi. Ayolning ehtirosliligini jozibasi va chiroyiga qarab belgilaydi. Asad, Mezon va Javzo ayollar orzusidagi muhabbatlari. Hamal, Aqrab va Saratonlar bilan esa oilaviy munosabatlar borasida chiqisha olmaydi.

HUT (21.02-20.03)
Ayol — orzular olamida sayr qilishni xush ko`radi. Romantik, kuchli temperament egasi hamda ovchi tabiatidagi erkaklari yoqtiradi. Kuchli erkak qarshisida o`zining butun jozibasini oshkor qiladi. Yangiliklarni tatbiq qilishdan cho`chimaydi.

Erkak — tinimsiz harakatda. Ayol bu erkak bilan kechgan lazzat onlarini uzoq vaqt unutolmaydi. Yaxshi suhbatdosh, biroq haqiqiy hislarini kamdan-kam ayollarga ishonadi. Saraton va hut bilan yaxshi juftlik hosil qiladi. Sunbula, Dalv va Aqrab bilan muammolar yuzaga kelishi mumkin.

Tavsiflarni o`qib, «Biz bir-birimizga mos emaskanmiz» degan fikr kelmadimi xayolingizga? Hukm o`qishga shoshmang! Maqola hukm emas, xulosa qilishingiz uchun yozilgan. Taqdir peshanangizga bitgan juftingiz bilan muhabbatli onlarni baxtdan sarxush o`tkazishingizni tilab qolamiz…
Inson organizmining bunday faoliyati uning turli hulq-atvor shakllarida namoyon bo’ladi . Bunday hulq-atvor reaksiyalari chap va o’ng turlardan tashkil topadi. Demak, siz bir nechta mashq bajarib o’zingizda qaysi turdagi reaksiya ustunligini aniqlashingiz mumkin. Qo’g’oz va qalam tayyorlab, xar bir mashqdan keyingi natijani « O’ng » bo’lsa — « O’ », « Chap » bo’lsa — « Ch » deb belgilab boring.

Birinchi mashq.
Qo’llaringizni oldinga cho’zib, barmoqlaringizni chalkashtiring. Endi qarang, bosh barmoqlaringiz qaysi biri ustida turibdi – o’ngmi, chapmi?

Ikkinchi mashq.
Ko’rsatkich barmoqlaringizni birlashtirib, nishonga olayotgandek oldinga cho’zing. Biror nuqtani nishonga olib bir ko’zingizni yuming. Endi qaysi bir barmog’ingiz nishonni aniq olganini belgilang.

Uchinchi mashq.
Bu « Napaleon turishi » deb ataladi. Qo’llaringizni ko’ksingizda chalkashtiring, Qaysi qo’lingiz ustida turgan bo’lsa, belgilab qo’ying.

To’rtinchi mashq.
Biroz qarsak chaling. Endi esa qaysi qo’lingiz eng ustida ekaniga e’tibor bering. Natijani qo’g’ozga yozing.
Birinchi mashq sizning tafakkuringiz mantiqqa yoki hissiyotga moyilligini bildiradi.

Ikkinchi mashq qattiqqo’llik va jahldorlikni

Uchinchi mashq soddalika yokii takabburlikka moyillikni

To’rtinchi harakterdagi qat’iylik va qat’iyatsizlikni anglatadi.

Test natijalari quyidagicha :
O’ O’ O’ O’
Umumqabul qilingan fikrga ergashish, eski qonun va aqidalarga moyillik, hulq – atvordagi barqarorlik.

O’ O’ O’ Ch
Ishonchsiz konvertavizm, kuchsiz temperament. Jur’atsizlik.

O’ O’ Ch O’
Hushomad, qat’iylik, yumor hissi, faollik, serharakatlik, temperamentlik, «artistlik ». Bu kuchli harakter kuchsiz turlarni qabul qilmaydi. U bilan muloqotda yumor va qat’iylik zarur.

O’ O’ Ch Ch
Kamyob va mustaqil harakter turi. Yumor hissi, hushomad , yumshoqlik va «artistlik ». Harakterida qat’iylik va jur’atsizlik o’rtasida biroz qarama – qarshilik bor . Aloqa o’rnatish darajasi yuqori, ammo moshlashish juda sekin.

O’ Ch O’ O’
Ishbilarmon harakter, tahliliy fikr va yumshoq harakter. Ko’proq bu tur ayollarda uchraydi. « Ishbilarmon ayol » ramzi. Moslashishi sekin, ehtiyotkor. Bunday odamlar yuzma – yuz jangga kirishishadi. Ularda sabr, hisob – kitob ustun turadi. Munosabatlar rivoji sust, biroz sovuq.

O’ Ch O’ Ch
Kuchsiz harakter, juda kam uchraydi. Himoyasiz va kuchsiz. Turli ta’sirlarga beruluvchan. Faqat ayollarda uchraydi.

O’ Ch Ch O’
Yangi taassurotlarga o’ch va ziddiyatlar yuzaga kelishidan qochuvhchi. Biroz beqarorlik, o’ziga hos yumshoqlik. Hissiyotlari sekin, jiddiy. Oddiy va muloqotda ko’pincha tortinchoq. Yangi hulq – atvorga o’tishga moyil. Ko’pincha ayollarda uchraydi.

O’ Ch Ch Ch
Beqaror va erkin harakter. Asosiy hususiyati — tahliliy fikr yuritish. Kam uchraydi.

Ch O’ O’ O’
Turli sharoitlarga juda yaxshi moslashuvchan ko’p uchraydigan harakter. Hissiyotli va qat’iyatsiz. Begona ta’sirga yuqori beriluvchanlik. Boshqacha harakterlar bilan oson aloqaga kiradi. Erkaklarda hissiyotlari past, flegmatiklikka moyillik kuzatiladi.

Ch O’ O’ Ch
Kuchsiz qat’iyat, yumshoqlik, asta – sekin ta’sirga beriluvchan, soddalik. O’ziga o’ta e’tibor talab qiladi — « kichik malika » tipi.

Ch O’ Ch O’
Eng kuchli harakter egasi. Fikriga ta’sir o’tkazish qiyin. Qat’iylik ko’rsatishga qodir. Ammo, bur narsa ba’zan ikkinchi darajali maqsadlar uchun jon kuydirishga olib keladi. Kuchli shahs, harakatchan, qiyinchilikni yengishga qobiliyatli. Birovlarning nuqtai nazariga yetarli e’tibor bermaydigan, biroz konservator. Bunday odamlar qaramlikni (ma’naviy va moddiy) yomon ko’radilar.

Ch O’ Ch Ch
Kuchli va erkin harakter. Fikriga ta’sir o’tkazish qiyin. Asosiy hususiyati – yuzaki yumshoqlik va hissiyot bilan o’ralgan ichki g’azab. O’zaro ta’sir tez, o’zaro tushunish sekin.

Ch Ch O’O’
Do’stlik va oddiylik. Qiziqishlari biroz tarqoq.

Ch Ch O’ Ch
Asosiy hususiyati: soddadillik, yumshoqlik, ishonuvchanlik. Bu juda kam uchraydigan harakter (ayollarda 1%, erkaklarda umuman uchramaydi ).

Ch Ch Ch O’
Hissiyotlilik va jur’atlilik (asosiy hususiyati), serharakat, biroz besaranjomlik. Bu narsa o’ylanmagan, tez qaror qilingan, hissiyotga asoslangan ishlarga olib keladi. Ular bilan muloqotda « tormozlovchi mehanizmlar » zarur.

Ch Ch Ch Ch
Narsalarga yangicha nazar tashlovchi qobiliyat sohibi (antikonsevatizm), kuchli hissiyot, o’ziga hoslik, hudbinlik, o’jarlik, himoyalanganlik, ba’zan o’ta indamas. «Ko’zni qamashtiruvchi » tabassum qilishga qodir.
Yeg’gan ballarni hisoblab chiqing.
8 dan 13 ochkogacha – Hozirda sizning xulq-atvoringiz birinchi navbatda o’zgalarning fikriga bog’liqdir. Siz juda tez ruhan tushkunlik holiga tushib, qiyinchilik bilan sizga yoqmagan ish bilan shug’ullanishga o’zingizni majbur etasiz. Fe’lingiz torligi sizga o’zgalar bilan a’loqa o’rnatishga halaqit qiladi. Siz qabul qilgan qarorlar – o’zingizniki deyish noto’g’ri. Shu bilan birga siz juda hissiyotlarga berilib qaror qabul qilishga o’rgangansiz.

14 dan 20 gacha – Siz o’z yo’lingizni topish harakatida bo’lib, hozircha oqim bo’ylab ketmoqdasiz. O’z ishlaringizni tanqid ko’zi bilan ko’ra olasiz. O’zgalar sizning fikringizga ta’sir eta olishmaydi. Agar siz himoya qilayotgan g’oya zarar yetkazishini sezsangiz, siz undan voz kecha olasiz.

21 dab 27 gacha – Siz o’zingizni qalbingizda hamisha haq va to’g’ri yo’ldaman deb o’ylaysiz. Ammo, shunda ham sizga o’zgalar fikri ta’sir ko’rsatishi mumkin. Sizga muhim bo’lgan uch-to’rt shaxslarning fikri oldida o’zingizni fikringizni to’g’ri bayon eta olmaysiz. Shunga qaramay oqilona va tahliliy fikrlash qobiliyatingiz yordamida oltin o’rtalikda bo’lishga harakat qilasiz. Bu yo’lda sizga instinktingiz hamisha to’g’ri tanlovni topishingizga yordam beradi.

28 dan 34 ochkogacha – Siz o’z qarashlaringiz va fikrlaringizdan nohaq bo’lsangiz ham ulardan kechishingiz amri mahol. O’zgalar sizga qanchalik ta’sir o’tkazishga harakat qilsalar, siz shunchalik qattiq qarshilik ko’rsatasiz. Bu hol noqulay holatga tushib qolishdan qo’rqishingizning asosiy sababidir.

35 dan 40 ochkogacha – Agar siz bir ishni o’ylab qo’ygan bo’lsangiz, birovlarning fikri sizni umuman qiziqtirmaydi. Siz qattiqqo’l inson bo’lib, hech narsaga qaramay o’z maqsadingiz sari harakatda bo’lasiz. Bu ish jarayonida xatolaringizni keyinchalik anglab, pushaymon ham qila olasiz. Sizni juda yaxshi bilgan insonlar, sizni xatolaringizni to’g’rilashga va to’g’ri yo’lga solishlari ham mumkin. Shunday ekan o’z harakatlaringizni yaxshilab o’ylab, hamfikrlar bilan maslahatlashib qilganingiz sizga foyda beradi.
Bu savolga deyarli har qanday odam o`ylab o`tirmay aniq javob beradi. Ruhshunoslar esa aynan shu javoblarga ko`ra insonning ichki olami haqida ma`lumot olishadi. Demak, sizda ham o`zligingizni anglash uchun yana bir imkoniyat mavjud. Xo`sh, qaysi faslni orziqib kutasiz? Qaysi mavsumda ishlaringiz o`ngidan kelib, omadingiz chopadi? Qachon kayfiyatingiz ko`tarinki bo`ladi? Bilib oldingizmi? Unda faqat ma`lumotlarni to`g`ri talqin qilish qoldi.

Yoz
Bu faslni yaxshi ko`radiganlar etakchilik, ilg`orlik sifatlariga ega. O`zlari yonib, atrofdagilarni ham yondirib yurishadi. Ular bilan muloqot juda qiziqarli kechadi. Hech qachon tushkunlikka tushmaydilar va hamisha nekbin kayfiyatda yuradilar. Bunday kimsalar har doim yangidan-yangi g`oyalar o`ylab topib, amalga oshiradi. Yoz fasli ishtiyoqmandlarining ishdagi o`sishi ham tez sur`atda bo`lib, yuqori martabalarga erishadilar, yaxshi rahbarlik sifatlari bilan ajralib turishadi. Hayotiy shiorlari: qat`iyat va mehnat. Ayni paytda etarli darajada murosasoz bo`lib, zarur o`rinda yon berishni ham bilishadi. Ularning shaxsiy hayotlari ham havas qilsa arzigulik. Chunki aqlni yo`qotar darajada sevish va juftlariga bir umr sodiq qolishni biladilar. Atrofdagilarning kamchiliklariga nisbatan anchayin sabrli va o`zlariga nisbatan talabchan bo`lgan bunday insonlardan yaxshi do`st chiqadi. Chunki do`stlarini shodlikda ham, g`amda ham yolg`iz qoldirmaydilar. Birgina kamchiliklari bor: haddan ortiq arazchi bo`lganlari holda kechirimli emas.

Qish
Bu faslni sevadiganlar, odatda, o`ziga ishongan va mustaqil insonlardir. Hayotiy shiorlari: faqat o`zingga ishon! Katta davralarni xush ko`rishmaydi. Do`stu tanishlari juda oz. Ammo shu ozgina odamlarga qattiq ishonishadi. Ishonmasa, ularni yaqin yo`latmagan bo`lishardi. Juda qat`iyatli bu kimsalar o`z rejalarini birovga oshkor qilmay, yolg`iz amalga oshirish yoki hayot oqimini maqsadlariga bo`ysundirishni biladilar. Qishni yaxshi ko`radigan insonlar kamgap bo`lishadi. So`rasangiz, javob beradilar, ammo o`zlari hech qachon birinchi bo`lib gap qotmaydilar. Pul ishlab topishni bilishadi, qulaylik va farovonlikni qadrlashadi. O`zlariga qadrli insonlar uchun ko`p narsadan voz kechishlari mumkin. Kamchiliklari: xasislik va pismiqlik. Shuningdek, bunday insonlar kechirishni bilmaydi.

Kuz
Kuzni sevadiganlar tinchlik, yolg`izlik va osoyishtalikni xush ko`radi. Ko`pchilikni sevmaganlari holda odamlar orasida o`zlarini noqulay his etmaydilar ham. Shunchaki jamoaning ular uchun ahamiyati yo`q. Hayotiy shiori: meni tinch qo`ying! Kayfiyatlari juda beqaror: bir qarasangiz, xandon otib yuradi, bir qarasangiz, hech qanday sababsiz xo`mrayib oladi. Xuddi kuz havosiga o`xshab. Begonalarning nekbinligiyu zafarlari ko`pincha g`ashlariga tegadi. Biroq kuzni yaxshi ko`radigan odamlar juda iste`dodli bo`lishadi. Tasviriy san`at, she`riyat va nasrda katta muvaffaqiyatlarga erishishlari mumkin. Fikrlashlari ham boshqalardan farq qiladi. Muhabbatda juda vafodor: faqat bir insonni sevib o`tadilar. Bir bora va butun umrga! Agar muhabbatiga etisha olmasa o`lguncha azoblanadi va bu azob ularga ilhom manbai bo`lib qoladi. Ular tabiat va jonzotlar bilan muloqot chog`idagina o`zlarini topadilar. Biroq muhabbatiga javob berib, sevib ardoqlaydigan insonni uchratsalar, haqiqiy oilaparvarga aylanadi.

Bahor
Bahor oshuftalari juda quvnoq va hayotga chanqoq insonlardir. Xushchaqchaqligi va hazilkashligi sabab do`stlarining hamisha ardog`ida yuradilar. Hayotiy shiorlari: buncha go`zal bu olam, bir qara! Jamoaning joni bo`lish bilan birga, turli hiyla-nayranglarni uyushtirishga ham usta. Bir joyda o`tirishlari qiyin, sayohat jonu dili. Tez oshiq bo`lib qoladilar, ammo ayriliqlarni hech qanday g`azabu nafratsiz, engil o`tkazadilar. Ularni sodiq do`st sifatida qabul qilmaslik kerak, chunki munosabatlari vaziyat taqozosiga ko`ra o`zgarib turadi. Istalgan daqiqada umuman ko`zdan g`oyib bo`lib, sizni unutib yuborishlari mumkin. Birovga bog`lanib qolish ular uchun qadriyat emas. Vujudida bir vaqtning o`zida ehtiros, xudbinlik, romantika, talabchanlik va beg`amlik jo`sh urgan bu insonlar va`da berishga, ayniqsa, uni bajarmaslikka usta. Lekin ular bilan zerikmaysiz.
Germaniyada mast holatda avtomashina boshqarish uchun rulga o‘tirgan odamlarni sinovdan o‘tkazish uchun test olish yo‘lga qo‘yilgan. Bu tentaklikni tekshirish testi deb nomlanadi. Kamdan-kam odam tayyorgarliksiz bu testdan o‘ta oladi. Ma’lum firmalar shu holatga tushib qolgan odamlarni testni topshirishga tayyorlab, pul ishlashadi. Juda qiziqarli savollar, ularning ayrimlarini keltirib o‘tamiz.

1.Ayrim oylarda 30, ayrimlarida 31 kun. Yilning nechta oyida 28 kun bor?

2.Yopiq ko‘z bilan nimani ko‘rish mumkin?

3.Nima o‘tda yonmaydi, suvda cho‘kmaydi?

4.Agar yashil odamchani ko‘rib qolsangiz, nima qilish kerak?

5.Raqamlar (1, 2, 3…) va kun nomlarini (dushanba, seshanba, chorshanba…) aytmasdan, besh kunni ayting.

6. Qanday idishda hech narsa yeb bo‘lmaydi?
7. Qanday savolga “Yo‘q” deb javob berib bo‘lmaydi?
8. 2+2*2 = hisoblaganda necha bo‘ladi?

Bu savollarga quyidagicha javob berish kerak?
1. Hamma oylarda

2.Tush
3.Muz
4.Ko‘chani kesib o‘tish kerak (Bu rasm svetaforning yashil chirog‘ida bo‘ladi).
5.O‘tgan kun, kecha, bugun, ertaga, ertadan keyin.
6.Bo‘sh idishdan.
7.Sen tirikmisan?

8.Olti
Qani kim birinchi bo'lib 90 gacha sanay oladi!?
Rasmlardagi 8 ta farqni topdingizmi?
Ushbu suratdagi qora nuqtalarni sanab ko’ringchi nechta ekan ya’ni oq chiziqlar orasidagi.

Sanab kordingizmi nechta ekan?!?!

Yoki sanab sanog’iga yeta olmadingizmi!

Antiqa shunday emasmi!
Biz bu safar ham sizga ajoyib rasmli testlarni tayyorladik marhamat koringchi ko’zingizga qanday ko’rinar ekan marhamat!
1. Agar siz tizzangiz bilan kimgadir yoki nimagadir suyanmasdan uxlay olmasangiz, demak siz ishonchli va xotirjam insonsiz. Sizni hafa qilish oson emas va siz kelejakka ishonch bilan qaraysiz. Bunday odamlar uyquga to’ymay turganlarida ham tabassum qila oladilar va hayotdagi har qanday o’zgarishlarga osongina ko’nika oladilar.

2.Agar siz asosan embrion (ya’ni homila) holatida uxlasangiz, demak siz himoya, mehr- shavqat va hamdardlikka muhtojsiz. G’ujanak bo’lib olib, siz atrof- muxitdagi muammolardan o’zingizni chegaralab olasiz. O’zingizning iste’dod va qobiliyatlaringizni ishga soling — tabiat manzaralarining rasmini chizing, raqslar o’rganing, internetda blog oching. Agar sizga tegishli bo’lgan erkak shunday uxlasa, hukmingizni o’tkazishni to’xtating. Agar mushugingiz shunday holatda uxlasa- bu tabiiy hol)

3. Qorin bilan, qo’l — oyog’ini atrofga yoyib uxlash — peshqadamlarga xos. Ular sezgir, serg’ayrat va harakatchandirlar. Uydagi va ishdagi tartibga alohida e’tibor qaratadilar. Kutilmagan hodisalarni yoqtirmaydilar, shuning uchun hamma ishlarni oldindan puxta rejalashtiradilar. O’zlarining tirishqoqligi va mas’uliyati tufayli omad va farog’atga osongina erishadilar.

4. Chalqancha tushib – qirollar va taqvodorlar uxlashadi. Siz shular jumlasidanmisiz? Unda siz xushchaqchaqsiz, quvnoq davralarni xush ko’rasiz, hammaning diqqat markazida bo’lishga o’rganib qolgansiz. Ishda siz qat’iyatli va o’jarsiz, lekin oqilona ish tutasiz, haqiqatni yuzga aytishni afzal bilasiz. Bunday xolatda ko’pincha erkaklar uxlashadi, biroq “temir” xonimlar ham mustasno emas.

5. Agar soqchi askarga o’xshab uxlasangiz, unda siz vazmin shaxssiz. Hayotda aniq maqsadga egasiz va unga intilasiz. Siz qattiqqo’l, sinchko’v va talabchansiz, lekin o’zingizni ko’proq nazorat qilasiz.

6.Qarqaraga o’xshab uxlaysizmi? Har xil sarguzashtlarga o’chsiz, hayolga kelmagan ishlarni qilasiz, kayfiyatingizni tez- tez o’zgarib turishi hammani lol qiladi. Siz yumshoq, muloyim ahvolingizdan birdaniga og’zidan o’t purkaydigan ajdarhoga aylanishingiz mumkin. Qaror qabul qilishda qiynalasiz. Lekin turmushda va ishda siz barqarorlik, xotirjamlik va ehtiyotkorlikni afzal ko’rasiz.
a) U sizni bo’lajak turmush o’rtog’i kabi tanishtiradi;









b) U shunchaki birga ishlayapmiz, deb qo’yadi;









v) U siz haqingizda lom-lim demaydi.









2. Siz unga kiyim sovg’a qilmoqchisiz…








a) Magazinga kirib, uning o’lchamlarini aniq topishga harakat qilasiz.









b) Siz sotuvchidan yordam berishni so’raysiz;









v) Barchaga baravar to’g’ri keladigan kiyim tanlaysiz.









3. Uning uyidasiz:








a) Uning sochiqlari tartib bilan taxlab qo’yilgan;









b) Unda birorta toza piyola topiladi.









v) Uyda butunlay tartibsizlik hukmron.









4. Siz u bilan mehmonga birga borasizmi?








a) Albatta, doimo ikkimizni birgalikda mehmonga taklif etishadi.









b) U ham o’z do’stlari bilan, men ham o’z yaqinlarim bilan birga boramiz;









v) Uning qarindoshlarini faqat suratlarda ko’rganman.









5. Siz uning ish joyiga qo’ng’iroq qildingiz…








a) Go’shakni boshqa kishi ko’taradi, siz u bilan xushmuomilalik bilan gaplashib, keyin uni yo’qlaysiz;









b) Go’shakni kimdir ko’tarishi bilan sevgilingizni so’raysiz;









v) Siz o’zingiz to’g’ringizda turli mish-mishlar eshitasiz.









ESLATMA: Qaysi harfga tegishli javob sizda ko’p bo’lishi inobatga olinadi.









ENDI JAVOBLARNI SANANG








A: Siz bir-biringizni yaxshi bilasiz va albatta baxtli bo’lasiz.









B: Sizga hali bir-biringizni o’rganish va sirlaringizni bilib olish uchun vaqt kerak. Ammo bu hammasi yomon degani emas.









V: Sizning sevgilingiz siz uchun xuddi o’g’ilmagan kitobdek sirli. Keyingi harakatlaringizni o’ylab ko’rishingiz kerak
Biz bu safar ham sizga ajoyib rasmli testlarni tayyorladik marhamat koringchi ko’zingizga qanday ko’rinar ekan marhamat!
Siz quyidagi matnlarni mazmuni bilan tanishib chiqing va xarakteringizni aks ettiradigan bandlardan birini tanlang.So’ngra natijalar darchasidan xarakteringiz haqida ma`lumot oling.

1. Men-tabiiy pessimist, kayfiyatim doimo tushkun holda. Menga hayot mazmunsizdek tuyuladi. Doimo uning ayanchli tomoni haqida o’ylayman. Nima yahshi, nima yomonligini ajrata olmayman. O’zimni nimadandir ayibdordik his etaman. Atrofdagilar menga shubha bilan qaraydigandek tuyuladi. Men doimo g’amgin va tushkun holdaman. Hamma narsaadn norozi bo’lib yuraman. Ishlarni sekin va shoshmasdan bajaraman. Qiyinchiliklar oldida ojiz qolaman. Ertalablari o’zimni noxush, toliqqandek his etaman. Mening hayotim hech narsaga arzimaydigan, maqsadsizde

2. Mening kayfiyatim doimo yaxshi. Men atrofdagilar bilan munosabatlarda ochiq va xushmuolaman. Men boshqalarning ishiga, taqdiriga befarq emasman. Men odamlar bilan suhbatdan rohatlanaman. Odamlarga bajonidil yordam beraman. Ko’p va’dalar beraman, ammo ularni hammasini ham bajaravermayman. Sabr-toqatni talab qiladigan ishlarni yoqtirmayman. Ishlarim juda ko’p, ammo ularning hammasini ham vaqtida bajarishga ulgurmayman. Atrofdagilar meni fikrlarimni bajonidil tinglashlarini bilaman. Atrofdagilar meni bajonidil tinglashadilar va so’ngra jo’yali fikrlarimni o’z o’rnida foydalanidilar. Mening fikrlarimga qarshi chiqishlarini yoqtirmayman. Asablashsam, qo’pollashaman, do’q uraman va hammani ko’nglini qoldiraman. Mening ishtaham anchagina yaxshi. Men anchagina sho’xman. Mening mimikalarimga qarab aktiyorlik qobiliyati bor deb biladilar

3. Mening kayfiyatim tez-tez o’zgarib turadi. Uzoq vaqt davomida, o’zimni yaxshi his etaman, ishda muhokama yuritishni yoqtiraman. Uyqum joyida. Do’stlarim bilan uchrashishni yoqtiraman O’zim bilan bo’gliq noxush holatlarni osongina bartaraf etaman. Biroq o’zim tushunmagan holatlar kayfiyatimdagi buzilishlar uzoq vaqt davom etadi. Bu holat bir necha haftadan oygacha davo etishi mumkin. Natijada hammaqsiga qo’l siltab qo’yaqolaman va o’zimni taxqirlangan va azoblangandek his etaman. Hech kim bilan korishsishni xohlamayman. Bunday holatni unutish uchun yolgiz qolishni afzal hisoblayman. Kayfiyatimdagi bunday o’zgarishlar bahor va kuz faslida ko’proq uchraydi

4. Men ochiq ko’ngil, quvnoq, ammo ozgina noxushliklardan (obi-havoning o’zgarishi, noxush aytilgan so’z, noqulay qarash va boshqalar) ham ranjiydigan xarakterga egaman. Bu holat uzoq davom etmaydi. Qiziqarli yangiliklar, iliq munosabatlar meni ishlashimga yaxshi ta’sir ko’rsatadi. Kun davomida mening kayfiyatim har xil sabablarga ko’ra bir necha bora o’zgaradi. Nima uchun kayfiyatimni ko’tarilib tushushini o’zim ham tushunmayman. Ba’zi hollarda bolalardek bo’lib qolaman. Mening tuyg`ularimga har doim ham ishonib bo`lmaydi. SHu sabablidir ozgina ko’ngilsizliklarni qiyinchilik bilan kechiraman.

5. Men o’zimni ko’pincha horgin va toliqqandek sezaman. Kayfiyatimda dilgirlik kuzatiladi. Ba’zi kishilarni buyruq berishlarini yoqtirmasamda, ayrimlariga esa o’zim buyruq beraman. Uzoq vaqtli kuch bilan ishlash va zo`riqishlardan so`ngra o’zimni toliqqandek his etaman hamda uxlashga moyil bo’laman. Sog’lig’imdan bezovtalanaman. Qandaydir og’riqlardan azoblanaman. Ba’zan yurak o’g`rigi, ba’zan bosh o’grigidan azoblanaman. Uzoq vaqtli zuriqish va toliqishlar diqqatimni to’plashga xalaqit qiladi. Mening ishtaham anchagina yomon. Uyqumda ham halovat yo’q. Ba’zan uyqudori qabul qilishimga to’gri keladi. Qo`rqinchli tushlar ko`raman. Uyqusizlik tufayli o`zimni loxas his etaman. Ozgina ko`ngil xiraliklarda ham asabiylashib, yig`lab yuboraman. Yangi muhitga moslashishim qiyin. Menda batartiblik etishmaydi. Ishlarimda tartibsizlik hukmron.

6. Ochig`ini aytsam, men uyatchan, jur’atsiz, taassurotchan, qo`rqoq odamman. Meni maqtab gapirishganda o`zimni noqulay his etaman va o`zimni yo`qotib qo`yaman. Odamlar orasida o`zimni noqulay sezaman. SHu bois yolg`izlikni ma’qul hisoblayman. Qorong`ulikdan qo`rqaman, kichkina sho`xliklardan ham chuchiyman. Janjallardan, bahs munozarlaradan o`zimni olib qochaman. YOki raqiblarimga yon beraman. Odamlar orasida bo`lish meni toliqtiradi. SHu bois yolg`izlikni yoqtiraman. Jonli bahs-munozalarda aralashmayman. Nizolardan qochaman. YAxshisi, ularga yon berib qo`yaqolaman. Odatda tushkun kayfiyatda bo`laman. O`zimga ishonmaganligimdan doimo azoblanaman. Ko`chli va o`ziga ishonganlarga nisbatan tobedik o`zimni his etaman. Ko`pchilik ishtirok etadigan davralarda o`zimni ojizdek his etaman, qizarib ketaman va duduqlanib qolaman. Uyqum behalovat va bezovtali. Qo`rqinchli tushlar ko`raman.

7. Qo`rqoqlik, shubhalanuvchanlik, qat’iyatsizlik mening xarakterimga xos xususiyatlardir. Qaror qabul qilishga qiynalaman. Biror narsa yuzasidan qaror qabul qilib, uni bajarishga kirishishga shubhalanaman. Menga taskin berishlarini yoqtiraman. Do`stlarning qo`llab-quvvatlashlarisiz o`zimni ojiz his etaman. Sog`lig`im va yaqinlarimning taqdiridan bezovtalanaman. Doimiy xavotir, bezovtalanish hayotimning mazmuniga aylanib qolgan. Men pedant, rasmiyatchiman. Menga e’tibor bilan qarasalar uyalib ketaman va o`zimni yo`qotib qo`yaman. Tortinchoqligim va uyatchanligim tufayli amalga oshirishim kerak bo`lgan ishlarni bajarolmay qolaman. Hattoki, menga yaxshilik qilsalar ham qanday qilib tashakkur aytishga ham qiynalaman. Besunaqayligim va xatti-harakatlarimning dag`alligi tufayli jismoniy mehnat bilan shug`ullanishni yoqtirmayman.O`zimni tahlil etishga moyilman. Men umumiy masalalarni muhokama qilishni yoqtiraman.

8. Men odamovi va tund odamman. Tanishlarim davrasi anchagina tor. Davralarda o`z o`rnimni topa olmayman. Odamlar orasida ham o`zimni yolg`iz sezaman. Tund odam bo`lsam-da, ba’zida o`z kechinmalarimni kimlar bilandir baham ko`rishni, notanish o`zimga yoqqan kishiga dardalarimni bayon etishimni tushunmay qolaman. YAqinlarimni tashvish va quvonchlarini tushunishim qiyin. O`z navbatida ular ham meni tushunmaydilar. YAqinlarim men bilan muloqot qilish qiyinligini aytadilar. Ba’zi xatti-harakatlarimdan atrofdagilar taajjublanadilar. Mening o`z fikrlarim bo`ladi, ammo u sheriklarimnikiga mos kelmasa undan voz kechib qo`ya qolaman. Boshqalarning maslahatiga quloq solishdan ko`ra ishni o`zim bilganimdek amalga oshiraman. Ichki olamim, kechinmalarim, g`oyalarim atrofdagilar uchun tushunarsiz. Men tez-tez atrofdagilarning tabassum bilan qarashlariga beparvoman. Atrofdagilar bilan munosabatda boshqalar kam ishlatadigan so`zlardan foydalanaman.

9. Men g`oyalarni ilgari suruvchi, doimo ixtirolarimga qarshilik qiladiganlar bilan kurashuvchan, islohotlarni yoqtiradigan insonman. Insonlarni kuzatishlarim ularga nisbatan o`zimni ustunliglarimni ko`rsatishimga olib keladi. Atrofimdagi kishilar meni fikrlarim qo`llab-quvvatlaydilar. Men bilan fikrlari mos kelmagan kishilarni kechira olmayman. «Kim men bilan birga bo`lmasa, u mening raqibimdir” tamoyiliga asoslanib yashayman. O`zimni kamsitish uchun asoslar yo`q.. Kayfiyatim yaxshi va o`zimni quvnoq his etaman. Doimo tetik va faolman. Oldimga qo`ygan maqsadlarimga erishmasdan qo`ymayman. Agar nuqsonlarga yo`l qo`ysam ularni o`zim tuzatishga harakat qilaman. O`z aytganlarimga erish uchun har qanday usuldan foydalanaman. Tanishlarim ba’zan ularga jabr qilib qo`yayotganligimni aytadilar. Men esa bunga ularning o`zlari aybdor deb hisoblayman. Hayotda o`zimni haqligimni isbotlashga harakat qilaman va bunga erishaman.

10. SHaxsiy va ishdagi qiziqishlarimdan boshqa qiziqishlarim yo`q. Ko`ngilxiraliklarni uzoq vaqt unutolmayman. Men batartiblikni yoqtiraman. SHuning uchun tartib-qoidalarni bilib olishga doimo intilaman. O`rnatilgan tartiblarga sinchkovlik bilan yondashishni qo`llab-quvvatlayman. Har qanday yomon xatti-harakatlarni kechirmayman. O`zim ishga batartib va aniqlikni yoqtirganim singari boshqalardan ham shuni talab etaman. Maslahat berishni burch deb bilaman. Ammo rahbarlik qilishni xush ko`rmayman. Vaqti-vaqti bilan sababsiz tushkun kayfiyatda bo`laman. Bu vaqtda qizishib, ta’sirchan bo`lib qolaman. Meni ishlarimning batartibligi va puxtaligini boshqalarga namuna qilib ko`rsatadilar. Odamlar bilan munosabatda o`zimni o`ta kirishimli deb bilmayman, ammo hech narsaga qaramasdan ishlash noxushliklarga olib kelishini bilaman.

11. Atrofdagilarning menga beparvo munosabat o`rnatishlariga yo`l qo`ymayman. Meni namuna sifatida ko`rsatayotishlarini, boshqalarning diqqat markazida bo`lishni afzal bilaman. Atrofdagilarni taajjubga solishni va hayratlantirishni yoqtiraman. Men hikoyalarni tinglovchilarga manzur qilib bayon eta olaman.Menda artistik qobiliyat bor.Atrofdagilarning menga nisbatan befarq emasligini bilaman.Men bajonidil do`stlasha olaman. Afsuslar bo`lsinki, hali haqiqiy do`st topishga erishganim yo`q. Menga e’tiborli kishilarni qadrlayman. Tobim qochgan vaqtlarda meni yaxshi parvarishlashlarini xohlayman. Ishda meni boshqalarga namuna sifatida ko`rsatishlarini yoqtiraman. Atrofdagilarning e’tiboriga mos kiyinishga intilaman.

12. Men davralarni yoqtiradigan, yolg`izlikni yoqtirmaydigan insonman. Ko`pincha o`zimga nisbatan kuchli kishilarni o`zimga namuna sifatida qabul qilaman. Agar meni hech kim nazorat qilmasa yoki yordam bermasa boshlagan ishimni oxiriga etkaza olmayman. Men do`stlar davrasidagi kechalarni juda yoqtiraman. Xushchaqchaqlikni ma’qul hisoblayman. Menga taqiqlangan narsalar yoqadi.Uydagilar mendan dangasa, betartib, intizomsiz deb o`pkalaydilar. Ammo bu tanqidlarga nisbatan beparvoman.Xatti-harakatlarimdan hushyortortish, pushaymon bo`lish, bu ishlarda mening aybim kam ekanligi haqida o`ylayman. Mushkul holatlarda meni qo`llab-quvvatlaydigan do`st bo`lishini va bu esa meni kam xatoga yo`l qo`yishimga olib kelishi haqida o`ylayman. Hammasi yaxshi va xursandchilik vaqtlarimda kelajagim haqida kam o`ylayman.

13. Hamma qanday yashasan shunday yashash kerak, atrofdagilardan ajralib qolish kerak emas deb hisoblaym ... Читать дальше »
« 1 2 3 »
АВТОРИЗАЦИЯ НА САЙТЕ