1. SEVGANINGIZ MEHRIBONMI?

A) HA——->(10BALL)

cool UNCHALIK EMAS (5BALL)

C) YO’Q——>(2BALL)

2.UNING UQISH VA ISHLARIDAGI AHVOL HAQIDA SURISHTIRIB TURASIZMI?

A) HA——->(4BALL)

cool BA’ZAN———-> (2BALL)

C) YO’Q———>(8BALL)

3.FARZANDLIK BO’LSANGIZ FARZANDLARINGIZNI TURMUSH URTOG’INGIZGA NISBATAN KUPROQ SEVASIZMI?

A) HA———>(8BALL)

cool HAMMALARINI BARAVAR SEVAMAN———> (2BALL)

C) YO’Q———>(3BALL)

4.MAZALI OVQATLAR SHIRINLIKLAR KAYFIYATINGIZGA TASIR O’TKAZA OLADIMI?

A) HA———>(10BALL)

cool BA’ZIDA———> (3BALL)

C) YO’Q———->(4BALL)

5.DUGONALARINGIZNING SEVGAN YORINI O’ZINGIZNING SEVGAN YORINGIZDAN YAHSHIROQ DEB HISOBLAYSIZMI?

A) HA———>(6BALL)

cool GOHIDA SHUNDAY O’YLAB QOLAMAN———-> (0BALL)

C) YO’Q———>(1BALL)

6.SEVGANINGIZNING SEVGAN MASHG’ULOTLARI JIG’INGIZGA TEGADIMI?

A) HA————-> (8BALL)

cool GOHIDA————> (5BALL)

C) YO’Q———>(2BALL)

7.SEVGANINGIZNING YUTUQLARIDAN QUVONASIZMI?

A) HA———>(3BALL)

cool BA’ZAN———> (2BALL)

C) YO’Q———> (10BALL)

8.OILA O’QISH VA ISHDAN MUHIMROQ DEB O’YLAYSIZMI?

A) HA———->(10BALL)

cool BA’ZAN SHUNDAY DEB HISOBLAYMAN———— —>(0BALL)

C) YO’Q—————-> (1BALL)

NATIJALAR:

68-VA UNDAN YUQORI BALL.

SIZ UZINGIZNI BAHTLI DEB HISOBLAMAYSIZ VA BUNDA SEVGANINGIZNI AYBLAYSIZ. O’YLAB KO’RING, BALKI ASOSIY AYBDOR O’ZINGIZDIRSIZ?!.

40-67 BALL.

BILASIZ DUNYODA IDEAL NIKOH YO’Q. SHUNING UCHUN HAM SEVGANINGIZDAGI KAMCHILIKLARGA KO’Z YUMASIZ. O’ZINGIZNI BAHTSIZ DEB HISOBLAYSIZ, LEKIN BILIB QO’YING. BAHTGA ERISHISH UCHUN SABR TOQAT KERAK BO’LADI.

39-VA UNDAN KAM BALL.

HAYOTINGIZ HAVAS QILSA ARZUGULIK. SIZ YAHSHI UY BEKASISIZ. SEVGANINGIZ SIZGA O’HSHAGANINI HECH QACHON TOPA OLMAYDI.
Suhbatdoshga bo‘lgan ishonchsizlik odamning so‘zlaridan, ko‘z qarashlaridan sezilib turadi. Buni payqagan suhbatdosh ham darhol muomalani o‘zgartirishi mumkin. Xo‘sh, natija-chi? Oqibatda o‘rtadagi munosabatlarga putur yetadi. Keling, siz ham ushbu test yordamida boshqalarga nisbatan ishonchingiz qay darajada ekanini tekshirib ko‘ring.

1. Odamlar ko‘pincha boshqa narsani gapirishadi-yu, amalda boshqacha ish yuritishadi. Shu rostmi?

a) Ha, bu ajoyib! (2 ball)
b) Bo‘lib turadi (1 ball)
v) Bo‘lishi mumkin emas (0 ball)

2. Kunlarning birida yaqin do‘stingiz sizni aldayotganini payqasangiz:

a) Bilmaslikka olaman (0 ball)
b) Aldayotganini fosh etaman (1 ball)
v) Menga bu ishi yoqmasa-da, ortiq aldamasligini iltimos qilib o‘tirmayman (2 ball)

3. Ko‘pchilik garchi qiyin bo‘lsa-da, faqat haqiqatni gapirishni ma’qul ko‘rishadimi?

a) Yolg‘on gapdan nima foyda (0 ball)
b) Bir narsa deya olmayman (1 ball)
v) Haqiqat baribir hayotda kamroq bo‘lsa kerak (2 ball)

4. Har qanday sohada hamkorlikka shay odammisiz?

a) Ha, meni bu narsa ilhomlantiradi (0 ball)
b) Har doim ham emas (1 ball)
v) Yo‘q, menga hech kim xalal bermasa deyman (2 ball)

5. Siz boshqalarning og‘irini yengil qilishdan o‘zingizni tiyasizmi?

a) Buni faqat o‘zim bilaman (2 ball)
b) Gohida bo‘lib turadi (1 ball)
v) Har kimning hayotga o‘z qarashlari bor (0 ball)

6. Afsuski, tez-tez shunday voqealar bo‘ladiki, yaqin do‘stlaringiz tashqaridan turib sizni g‘iybat qilishadi.

a) Buni anchadan beri sezaman (2 ball)
b) Bo‘lishi mumkin (1 ball)
v) Yo‘q, men do‘stlarimga ishonaman (0 ball)

7. Qachondir yaqin do‘stingiz sizga buyruq bera boshlasa, qanday yo‘l tutasiz?

a) Atayin teskarisini qilaman (2 ball)
b) Turlicha yo‘llar tutaman (1 ball)
v) Bahslashib o‘tirmayman (0 ball)

8. Agar kimnidir tanqid qilsangiz-u, u to‘g‘ri yo‘lga tushib olsa va tanqidingiz javobsiz qolib ketsa:

a) Eslatib o‘tirmayman (0 ball)
b) Bir narsa deya olmayman (1 ball)
v) Yana takrorlab, eslatib ko‘raman (2 ball)

9. Odamlar gohida o‘zlarini juda g‘alati tutishadi va oqibatda xatolarga yo‘l qo‘yishadi. Shunday bo‘lganda siz qanday yo‘l tutasiz?

a) Birovlarning xatolaridan xulosalar chiqaraman (0 ball)
b) Turlicha yo‘llarni qidiraman (1 ball)
v) Ularning ishlariga aralashmayman (2 ball)

10. Ko‘ngilsiz vaziyat yuzaga keldi-yu, kimdir sizga jahl qila boshlasa:

a) Uni tinchlantirishga urinaman (0 ball)
b) Nima qilishni bila olmagan bo‘lardim (1 ball)
v) Bu mening ham jahlimni chiqaradi (2 ball)

NATIJALAR:

0—6 ball. Siz ishonuvchan, ochiq va rashk nimaligini bilmaydigan odamsiz. Odamlar bilan tez til topishib keta bilasiz. Ko‘ngilsizliklarni, xafagarchiliklarni tez unutasiz.
7—14 ball. Har doim ham boshqalarga ishonib ketavermaysiz. Agar yolg‘onchiligini bilib qolsangiz, o‘sha odam bilan hamkorlik qilishdan darhol bosh tortasiz. Gohida uzoq vaqt kek saqlab yuradigan odatingiz ham yo‘q emas.
15—20 ball. Siz odam faqat o‘ziga ishonishi lozim deb hisoblaysiz. Faqat yolg‘iz ishlashni, dam olishni ma’qul ko‘rasiz. Kimdir sizga yoqmasa, beo‘xshov harakatlari bilan jahlingizni chiqarib qo‘ysa, uzoq vaqt ko‘z oldingizdan ketkaza olmay qiynalasiz. Sizni boshqalarning manfaatlari, qiziqishlari, orzu-umidlari va armonlari umuman qiziqtirmaydi. Faqat o‘zingiz haqingizda o‘ylaysiz, qayg‘urasiz va shu hayotni bir umrga o‘zingiz uchun shior qilib olgansiz.
Hayot yo‘li hech qachon bir tekis emasligini barchamiz bilamiz. Bugun vaqtimizni xushchaqchaqlikda o‘tkazsak, ertasiga nima bo‘ladi-yu, kimdir asabimizni buzadi. Shunday lahzalarda nafaqat o‘zimiz, balki, yuragimiz, ko‘nglimiz katta sinovdan o‘tishini, afsuski, sezmaymiz. Agar o‘zingizning janjalkash, ko‘ngli tor yoki aksincha ekanligingizni tekshirib ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, umid qilamizki, quyidagi test sizga albatta ko‘mak beradi.

1. Tasavvur qiling, jamoat transportida janjal boshlanib qoldi. Siz:

a) janjalga aralashmaysiz (4 ball)
b) kim haq bo‘lsa, o‘shani himoya qilasiz (2 ball)
v) hamisha janjalga aralashasiz va oxirigacha o‘z fikringizni o‘tkazishga urinasiz (1 ball)

2. Majlisda boshliqlarni yo‘l qo‘ygan xatolari uchun tanqid qilasizmi?

a) yo‘q (4 ball)
b) ha, lekin shaxsiy munosabatdan kelib chiqib (2 ball)
v) hamisha tanqid qilaman (1 ball)

3. Boshlig‘ingiz ishda sizga ma’qul bo‘lmagan rejani o‘rtaga soldi. Siz o‘zingizga yoqqan rejani aytib ko‘rasizmi?

a) agar boshqalar ham meni qo‘llab-quvvatlasa, ha (4 ball)
b) ha, men o‘z rejamni oldinga suraman (2 ball)
v) yo‘q, tanqidim tufayli meni mukofotdan mahrum etishlaridan qo‘rqaman (1 ball)

4. Hamkasblaringiz, do‘stlaringiz bilan bahslashishni xush ko‘rasizmi?

a) agar arazlab qolmaydiganlari bo‘lsa, shu bahs bizning o‘zaro munosabatlarimizga ziyon yetkazib qo‘ymasa (4 ball)

b) ha, faqat muhim mavzularda (2 ball)
v) hamma bilan bahona topildi deguncha bahslasha ketaman (1 ball)

5. Navbatda turibsiz-u, kimdir navbatsiz oldinga o‘zini ursa, qanday yo‘l tutasiz?

a) undan kam joyim yo‘q. Men ham navbatning oldiga o‘tib ketaman (4 ball)
b) ensam qotadi-yu, dardimni ichimga yutaman (2 ball)
v) o‘zimning noroziligimni ochiqchasiga aytaman (1 ball)

6. Ishxonada hamkasbingizning sinov rejasi muhokama qilinayapti. Ko‘rayapsizki, yutuqlar bilan birga kamchiliklari ham bor. Bilasiz, sizning fikringiz hal qiluvchi. Qanday yo‘l tutasiz?

a) rejaning yaxshi — tomonlarini va kamchiliklarini aytib o‘taman (4 ball)
b) yaxshi taraflarini aytib, ishni davom ettirishni maslahat beraman (2 ball)
v) tanqid qilaman (1 ball)

7. Tasavvur qiling. Qaynonangiz qachon qarasa, sizga tejamkor bo‘lish haqida maslahat beraveradi-yu, ammo o‘zi qimmatbaho buyumlar sotib olishdan bo‘shamaydi. Eng so‘nggi sotib olgan buyumi haqida sizning fikringizni bilmoqchi. Nima deysiz?

a) o‘ziga yoqqan bo‘lsa, bo‘ldi-da! Maqtayman (4 ball)
b) bu didimga to‘g‘ri kelmasligini aytaman (2 ball)
v) janjallashib qolishim mumkin (1 ball)

8. Chekayotgan o‘smirlarni ko‘rib qoldingiz. Qanday yo‘l tutasiz?

a) yomon, tarbiya ko‘rmagan bolalar dastidan kayfiyatimni buzib nima qilaman? (4 ball)
b) ularga tanbeh beraman (2 ball)
v) agar jamoat joyida shunday qilishsa, adablarini berib qo‘yaman (1 ball)

9. Restoranda ofitsiantning sizdan ko‘proq pul olib qo‘yganini sezib qolsangiz:

a) u holda ko‘ngildan chiqarib bermoqchi bo‘lgan pulni bermayman (4 ball)
b) yana qaytadan hisoblashini iltimos qilaman (2ball)
v) bu ayni janjal ko‘tarishga bahona bo‘lardi (1 ball)

10. Siz dam olish uyidasiz. Ma’mur o‘z vazifasini bajarish o‘rniga boshqa ishlar bilan band. Tozalik, taomnomalar bilan qiziqmaydi. Ensangizni qotiradimi?

a) ha, lekin arz qilgan bilan foydasi yo‘q (4 ball)
b) arz qilaman. U yaramasni jazolashsin, ishdan bo‘shatib yuborishsin (2 ball)
v) farrosh, ofitsiantkalarga aytib, alamimdan chiqaman (1 ball)

11. Siz o‘smir o‘g‘lingiz bilan bahslashib qoldingiz. Lekin u haq. Xatoingizni tan olarmidingiz?

a) yo‘q (4 ball)
b) albatta tan olaman (2 ball)
v) agar xatoimni tan olsam, otalik hurmatim qayoqda qoladi? (1 ball)

NATIJALAR:

30 dan 44 ballgacha. Siz janjalni yoqtirmaysiz. Eng murakkab vaziyatlardan ham osongina, silliqqina chiqib keta olasiz.
15 dan 29 ballgacha. Sizni janjalga suyagi yo‘q deb atashadi-yu, ammo ishda, ko‘chada tanish-bilish, hamkasblar bilan munosabatingizga putur yetkazmaydigan darajada janjal qila bilishingizni ham tan olishadi va shuning uchun sizni hurmat qilishadi.
10 dan 14 ballgacha. Siz qachon qarasa, janjalga bahona qidirib yashaysiz. Birovlarni tanqid qilishni xush ko‘rasiz. Nohaq bo‘lsangiz-da, o‘z fikringizda turaverasiz.
Insonning fe’l –atvorini, ayni damdagi kayfiyatini bir qaraganda bilish qiyindek tuyuladi. Rostdan ham shunday. Oramizda shunday odamlar borki, ularning fe’li –saviyasini, ma’naviy dunyosini , harakterini yurish – turishidan, gaplaridan, gapirish ohangidan bilib olish nihoyatda mushkul. Ammo, vaziyat taqozo etganda biz ular bilan muloqot qilishimiz, zarur bo’lganda ichki dunyosini ochishimiz kerak bo’ladi. Ho’sh, bunday vaziyatlarda nima qilishimiz lozim? Xar doim birinchi bo’lib beriladigan maslahat bu – kuzatishdir.

Agar yaxshilab kuzatib tursangiz, xar qanday insonning ayni damdagi kayfiyatini uning imo – ishoralaridan ham bilib olasiz. Masalan, telefon orqali gaplashayotgan odamga bir oz e’tibor bering. Uning imo — ishoralari ayni vaqtdagi kayfiyatini va suhbatdoshiga bo’lgan munosabatini bildirishi mumkin.

1 – ko’rinishi.

Telefon go’shagini qulog’iga qistirib olib, oldidagi qog’ozga qalam yoki ruchka bilan rasm chizayotgan odamga gaplashilayotgan mavzuning umuman qizig’I yo’q. U hayolan butunlay boshqa tomonlarda yuribdi. Hatto ayrimlar suhbatdoshini umuman eshitmayotgan chiqadi. Bunday holatni majlis yoki yig’inlarda ko’rish mumkin.

2 – ko’rinish.

Telefonda gaplashayotgan odam sigareta chekib turgan bo’lsa va gaplashayotgan mavzu uni qiziqtirsa, u sigaretasini og’zidan oladi. Shuningdek go’shakni qulog’iga mahkamroq tutadi. Agar jahli chiqsa sigaretani yana tutashtishni boshlaydi yoki chekib bo’lmasa ham uni kuldonga qattiq botirib o’chiradi.

3 – ko’rinish.

Qizlar o’zlari yoqtirgan yigit bilan gaplashayotganlarida tinmay ko’zguga qaraydilar. Ba’zilari esa qo’llari bilan yuz ko’zlarini tez-tez berkitib, silab turadilar. Engiltabiat qizlatga yigiti qo’ng’iroq qilganda, ular pardoz qilishlari mumkin. Shu bilan birga ular sochalarini tarashlari, lablariga moybo’yoq surishlari ham ehtimoldan holi emas.

4 – ko’rinish.

Telefonda gaplashayotgan odam suhbatdan mamnun bo’lsa, stulda chayqalishi mumkin Bu uning o’ziga ishonishidan, muammolar bo’lsa, bemalol hal eta olishidan ham darak beradi.

5 – ko’rinish.

Gaplashayotganda stol tortmalarini ochib – yopaverish, nimalarnidir qidirishga harakat qilish insonning nimanidir o’ylayotgani, muammoning echimini topishga harakat qilayotganini ko’rsatadi. Bunday holatga hato qilib qo’ygan va boshlig’ining bunga javobini kutayotgan hodimlar ham tez – tez tushib turadilar.

6 – ko’rinish.

Telefonda gaplashayotgan odamning birdaniga o’rnidan turib ketishi biror yaxshi yoki yomon habarni eshitganidan darak beradi. Agar telefonda gaplashayotgan odam o’tirgan joyidan sekin turib, u yoqdan bu yoqqa yuraversa, demak, suhbat uning joniga tekkanini va u suhbatdoshi bilan tezroq hayrlashish istagida ekanligini bilish mumkin.

7 – ko’rinish.

Agar ayol kishi yerga o’tirib yoki palosga yotish gaplashayotgan bo’lsa, bilaveringki, u dugonasining diydiyolarini eshitayotgan bo’ladi. Agar go’shakni qo’li bilan berkitib, bir nimalarnidir pichirlayotgan bo’lsa, demak, unga o’zining shaxsiy hayoti haqidagi « qaynoqqina » habarlarni yetkazayotgan yoki uchinchi dugonasining ohirgi « sarguzasht » ini so’zlayotgan bo’ladi.

8 – ko’rinish.

Erkaklar oshna – og’aynilari, yaqinlari bilan gaplashayotganlarida odatda qattiq gapiradilar, kuladilar. Notanish ayollar bilan esa sekinroq va muloyimroq gaplashishga harakat qiladilar. Shunga qarab ular aynan ayol kishi bilan gaplashayotganlarini bilib olish mumkin. Ishi yurishmay turgan erkaklar telefon apparatini ko’tarib olib, u honadan bu honaga o’tib yurib gaplashadilar. Agar ishlari yana bitmaydigandek bo’lsa go’shakni « qars » etkazib qo’yib qo’yadilar.
Qanday mashg’ulot sizni ko’proq qiziqtiradi? Arzimas ko’ringan kichik «hobbi”ngiz tufayli kelajakda katta mavqe’ga erishishingiz yoki suygan mashg’ulotingizga e’tibor bermay, bir umr yoqtirmagan ishingiz bilan shug’ullanib o’tishingiz mumkin. Buning oldini olish uchun quyida taklif etilayotgan mulohazalarni diqqat bilan o’qing. Ma’qul kelganini «+” bilan belgilang.

1. Menga spektaklni tomosha qilishdan ko’ra, unda ishtirok etish yoqadi.

2. Xonaki hayvonlar boqishni yaxshi ko’raman.

3. Hamma ishni o’zim qilgim keladi.

4. Telefonda suhbatlashish – mening sevimli ishim

5. Har qanday sharoitda ham o’z fikrimda qolishga harakat qilaman.

6. Jamoada ishlashni xush ko’raman.

7. Tabiat bilan jiddiy qiziqaman.

8. Ish kundaligimga ko’pincha rasm chiqaman

9. Mening yozuvim chiroyli

10. Kuygan chiroqni oson almashtira va tuzata olaman.

11. Atrofdagilar meni optimist deb hisoblashadi.

12. Biror narsa yasashni yaxshi ko’raman.

13. Qo’limga ilingan har qanday texnikani kavlashtirib, ichidagi temir-tersaklar qanday joylashganini bilishga qiziqaman.

14. Ish stolim yog’ tushsa yalagudek toza va tartibli turadi.

15. Ko’pincha hayol surib, tasavvurimda nimalarnidir kashf qilaman.

16. Krossvordlar yechishga yaxshigina qobiliyatim bor.

17. Devorga u – bu narsa osish uchun birovga yalinib o’tirmayman. Mix va bolg’ani o’zim ham bemalol ishlata olaman.

18. Jamoa bo’lib o’ynaladigan sport turlari ko’proq e’tiborimni tortadi.

19. Aniq fanlar – men uchun

20. Insonlarga yordam berish uchun yaralganman.

21. Menda biror muammo paydo bo’lsa, maslahat so’rashdan tortinmayman.

22. Imkon qadar mustaqil bo’lishga harakat qilaman.

23. Hech kimga tobe bo’lmay ishlashni ma’qul ko’raman.

24. Menga nafas siqadigan xonada emas, tabiat qo’ynida bo’lish ko’proq yoqadi.

25. Maktabda boshqa fanlarga qaraganda biologiyadan yaxshi o’qirdim.

26. Meni olifta deb hisoblashadi.

27. Hech kimga aytolmagan fikrlarimni kundalikka tushiraman.

28. Siyosiy arbob bo’lishni orzu qilaman.

29. Ensiklopediya o’qish – sevimli mutolaam

30. Ko’pincha atrofdagilarga maslahat beraman.

L H P A K
2 1 24 25 28
4 26 12 16 22
6 15 17 29 30
18 11 3 7 5
20 8 19 13 14
21 27 23 10 9

Sizga manzur bo’lgan mulohazalarni ushbu jadvaldagi raqamlar ustidan belgilang. Har bir ustundagi belgilangan raqamlar sonini sanab chiqing. So’ng qaysi ustundagi sonlar ko’proq belgilanganiga qarab, qayerda nima bilan shug’ullanishingiz mumkinligini aniqlashingiz mumkin.

L – siz odam taniy olasiz. Sershovqin davralarda bo’lishni yoqtirasiz. Yaqinlaringiz sizga telefonda yotvolib suhbatlashadigan va hech kimga gap bermaydigan inson deb ta’rif berishadi. Maktabda siz doim tashkiliy ishlar boshida turgansiz. O’shandan buyon tantanali marosimlar hayotingizda muhim o’rin egallagan. Shuning uchun hech ikkilanmay aytish mumkinki, odamlar bilan ishlash aynan siz uchun.
Qanday kasblarni tanlashingiz mumkin? Reklama vakili, menejer, prodyuser, psixolog, vrach, o’qituvchi, jurnalist.

H – didingiz nozikligi hammaga ma’lum. Shuning uchun atrofdagilar doim sizga quloq soladi. Miyangizda misli ko’rilmagan g’oyalar g’ij-g’ij. Hamisha yangi latifa yoki qiziq hikoya aytib bera olasiz. Sizni hayol surib o’tirgan holda tez-tez uchratish mumkin, chunki haqiqiy ijodkorsiz.
Qanday kasblarni tanlashingiz mumkin? Dizayner, san’atkor, vizajist

P – biror ishni boshlashdan avval, hammasini aql tarozisida o’lchab ko’rmaguncha ko’nglingiz joyiga tushmaydi. Yo’lingizda nimaiki uchrasa, uni san’at asariga aylantirishga intilasiz. Qo’lingizga tushgan har qanday narsa g’aroyib shakl kasb etadi. Sizdagi bu ishtiyoq, ayniqsa, tabiat qo’ynida ikki karra ortadi. Shuning uchun toza havoda ko’proq bo’lishingizga imkon beradigan soha – toza havoda ko’proq bo’lishingizga imkon beradigan sohani tanlab, sehrli qo’llaringizni istagancha ishga soling.
Qaysi kasblarni tanlashingiz mumkin? Fitodizayner, kosmetolog, inter’er bo’yicha dizayner, fermer, veterinar, arxitektor, trener.

A — har qanday narsani tuzata oladigan odam sifatida mashhursiz. To’g’ri-da, necha marta qo’lingizga tushgan buyumlarni ochib ko’rib, qismlarga ajratib chiqqansiz. Qiziquvchanligingiz ajoyib burningizni har joyga suqishingizga undaydi. Bundan siz hech hijolat tortmaysiz. Chunki sizni barcha yangi va noma’lum narsalar o’ziga ohanraboday tortadi.
Qaysi kasblarni tanlashingiz mumkin? Xususiy izquvar, psixoamalitik , yurist, marketolog, ekolog, tekshiruvchi, sinovchi.

K — sizda yetakchi bo’lishga hamma narsa bor. Ehtimol, maktabda sinf sardori yoki o’quv komitetining raisi bo’lgandirsiz. Atrofdagilarga ta’sir o’tkazish va tashkiliy ishlarga jalb qila olish qobiliyatingiz tufayli misli ko’rilmagan cho’qqilarni zabt etishingiz mumkin. Siz uchun eng yaxshi yo’l – rahbarlik.
Qaysi kasblarni tanlashingiz mumkin? Siyosatchi, korxona egasi, advokat, firma direktori, prezident.
Bajaradigan ishingiz – quyidagi suratdan bir ko’zguni tanlang. Shundan so’ng siz hayotingizdagi ustivor yo’nalishni bilib olasiz.

Birinchi ko’zgu – siz uchun birinchi o’rinda ish muhimroq.
Ikkinchi ko’zgu – siz hayotingizda ko’proq sevgi va do’stlik a’loqalarini qadrlaysiz.
Uchinchi ko’zgu – sizning hayotingiz mazmuni, bu oila.
Savollarga «Ha” yoki «Yuq» deb javob bering.

1. Yolg’on gapirishingiz mumkinmi? O’z nuqsonlaringizga ko’nikasizmi? O’z fikringizni oson o’zgartirasizmi?

2. O’zingiz haqingizda gapirishni yoqtirasizmi? Notanish davrada uzingizni erkin his etasizmi? Odamlarga ishonchingiz bormi?

3. Sizni maqtashlarini yoqtirasizmi? O’zingizdan xursandmisiz? Boshqalarning- kamchiligi haqida tez-tez gapirib turasizmi?

4. Boshlagan ishingizni oxiriga etkazasizmi?

5.Maqsadga erishishda qat’iyatlimisiz ?

6Ishda jonbozlik ko’rsatasizmi?

Test natijalarini baholash usuli. Xar bir guruh javoblarini aloxida tahlil qiling. Agar ijobiy javoblar ortiq bo’lsa, «ha» 1 ball qo’ying; kam bulsa «yo’q» 0 qo’ying. 4 ta guruh savollari uchun 4 ta sondan iborat javoblar qatori xosil bo’ladi. Javob bera turib, o’zingizni aldamaslikka harakat qiling. Shunda shaxsiy sifatlaringiz qanaqaligini bilib olasiz. Ehtimol siz uchun nimadir kutilmagan bo’lib chiqadi.

Demak siz: 1111 — serharakat, muloqotga kirishuvchan, ammo o’zini yaxshi ko’radigan va o’zgaruvchan;

1000 — e’tiqodsiz, ko’ngli ochiq emas, faolligi sust, o’ziga talabchan emas;

1001 — dangasa, odamovi, o’ziga bino qo’ygan.

1011- kamgap, o’zini yaxshi ko’ruvchi, e’tiqodi kuchli, faol.

0111 — shaxsiy qadriyatli, ishchan, odamlar bilan tez kirishadigan, ammo dimog’dor;

0110 — rostgo’y, qat’iyatli, mehribon;

0100 — tarbiyali,ayyor emas, barqaror, ammo faol emas;

0000 — sust, indamas, o’z oldiga aniq maqsad qo’yib, unga erishishga qodir emas;

1010 — faollikka intiladi, ammo hayotda muvaffaqiyatga erishishga kamsuqumlik, tortinchoqlik va erinchoqli halal beradi;

1110 — mehnatkash, ammo kuraщda boshqalarga o’z o’rnini osongina berib qo’yadigan, ayyorlikni bilmaydi;

1100 — to’griso’z, kamsuqum, maqsadga erishishda haqqoniy. E’tiqodlari beqaror, ba’zan qarama-qarshi e’tiqodlari mavjud bo’ladi;

0001 — rostgo’y, ammo o’ta indamas, hayotini o’ziga ishonchsizlik va inertlik (o’z-o’ziga qo’yib berish) holati buzib turadi;

0011- ayyor va yolg’onchi, maqsadga erishishda irodali , tolmas;

0101— engil tabiat, sodda, dangasa va o’zini yaxshi ko’ruvchi (omadsizlikning mumtoz to’plami)

0010- qat’iyatli, mehnatkash, ammo juda indamas;
1. Kulganingizda og’zingizni qo’lingiz bilan berkitasizmi? Agar shunday qilsangiz, siz o’z kuchingizga yetarlicha ishonmaysiz. Siz o’zingizdan ikkilanasiz, hamda chetda qolishni xohlaysiz. Bizning maslahat: o’zingizni tanqiddan, hamda ich-ichingizni qayg’uga berilishidan asrang. 2. Ko’p hollarda kulayotganda boshni orqaga ko’tarasizmi? Agar javob ha bo’lsa, siz o’ta ishonuvchan bo’lib, sahiy tabiatli insonsiz. Ba’zida o’z hissiyotlaringizga berilib kutilmagan ishlarga qo’l urasiz. Bundan ko’ra aqlga tayangan ma’qul. 3. Kulayotganingizda yuzingiz yoki boshingizga qo’lingizni tekkizasizmi? Agar shunday qilsangiz siz – hayolparastsiz. Bu albatta yomon emas, axir uddasidan chiqa olmaydigan ishlarni hayol qilish yaxshi emasmi?. Hayotga real boqib, hayotiy muammolarni hal qiling. Mana shu bizni sizga beradigan maslahatimizdir. 4. Kulayotganingizda burningizni burushtirasizmi? Agar shunday qilsangiz, sizning hislaringiz hamda qarashlaringiz tez va ko’pincha o’zgarib turadi. Siz hissiyotlarga beriluvchan va injiq insonlar toifasiga mansubdirsiz. Kayfiyatingiz tez o’zgarishi nafaqat sizni o’rab turgan insonlarga balki o’zingizga ham murakkablik tug’diradi. 5. Og’zingizni ochib, baland kulasiz. Agar shunday bo’lsa, siz harakatchan hamda qiziqqon insonlar sarasiga kirasiz. Sizga vazminlik va o’zingizni tutishni o’rganish foydadan holi bo’lmaydi. 6. Astalik bilan kulayotganda boshingizni pastga egasizmi? Agar shunday qilsangiz, siz o’ta vijdonli hamda mehribon insonlar toifasiga kirib, har qanday vaziyatga moslasha olasiz. Sizning hislaringiz va ishlaringiz hamisha nazoratingiz ostida bo’ladi. 7. Kulayotganingizda dahaningizni ushlaysizmi? Agar shunday qilsangiz, qanday yoshda bo’lishingizdan qa’tiy nazar siz fe’lingizda yoshlik xususiyatlaringizni saqlab qolgansiz. Shu sababli ko’pincha ishlaringizni ko’p o’ylamasdan amalga oshirasiz. 8. Kulayotganingizda ko’zlaringizni yumasizmi? Agar javobingiz ha bo’lsa, siz o’zingizga ishonasiz, qat’iyatlisiz va aqlingizga tayanib ish ko’radigan insonlar toifasiga kirasiz. Siz ishchansiz va talabchansiz. Ba’zi hollarda talabchanligingiz keragidan ortiq bo’lsa – bunday hollarda o’zingizga boshqa tomondan qarashga harakat qiling. Sizning o’ziga xos kulish odatingiz bo’lmasachi? Agar shunday bo’lsa siz hamisha o’z fikringizga tayanib ish qiluvchilar qatoriga kirasiz. Bu sizni o’rab turgan insonlarga yoqmasligi ham mumkin.
Suratga qarab o’zingni qiziqtirgan harakat vositasini tanlang. Siz qaysi ulov vositasida harakatlanishni xohlaysiz?

Siz tanlagan harakat vositasi unga egalik qilishingiz imkoniyatlari va sizning fe’lingizni bildirib, unga egalik qilish yo’lida qanday to’siqlarga uchrashingizni ko’rsatadi.

A. Velosiped: siz maqsadingizga o’z harakatlaringiz bilan erishasiz. Faqat o’zingizga ishoning va mustaqil harakat qiling. Atrofdagilar sizga yordam bermaydilar. Sizda bu harakatga kuch, ishonch, jasurlik yordam beradi — olg’a! Iroda, hamda qa’tiyat va mehnat sizni g’alabaga boshlaydi. Sizni imkoniyatlaringiz juda yuqori.

B. Avtomonil: Ichki kuchingiz va quvvatingiz sizni oldinga boshlaydi. Agar juda ham shoshmasangiz, siz aniq o’z maqsadingizga erishasiz. O’z maqsadingizga hotirjam va kichik qadamlar bilan boring. Sizni imkoniyatlaringiz shubhasiz yuqori. Shoshqaloqlik qilib, bu imkoniyatlarni boy bermang.

C. Avtobus: Siz o’z do’stlaringiz va yaqinlaringiz ko’magini juda qadirlaysiz. O’zgalarga yordam qo’lini cho’zib, siz o’z ustingizda ishlab, maqsadingiz tomon yaqinlashasiz. Lekin yaqinlaringiz tanlagan yo’lingiz sari qiladigan ishlaringizdan chalg’itishidan yiroqda bo’ling. Sizning imkoniyatlaringiz o’zgalar sizni ishingizga aralashmasalar juda yuqori bo’ladi.
D. Poyezd: Atrofingizda ko’plab insonlar bo’lsada, siz ularni hayotingizda o’ynaydigan o’rniga va ularning maslahatlariga quloq tutmaysiz. O’z qobig’inga o’ralib olmang. Atrofga nazar soling va atrofdagilar fikrini diqqat bilan o’rganib chiqing. Ular orasida o’zingiz uchun muhim bo’lganlarini tanlab oling, bu bilan muvaffaqiyat imkoniyatlaringiz ko’paytirasiz.

E. Yaxta: Siz mustaqil fikrlovchi inson bo’lib, atrofdagi voqealarga befarqlik bilan qaraysiz. Ratsionalizm va sog’lom fikrlash – sizni asossiy omillaringizdir. Sizni tanlagan yo’lingizdan adashtirish qiyin. Siz ishlaringizda qat’iy re’ja, strategiyaga amal qilib, o’zgarayotgan sharoitlarga ahamiyat bermay harakatda bo’lasiz. Balki bu noto’g’ridir? Muammolar yechimida har-xil variantlarni ko’rib chiqqan ma’qul emasmi. Bu sizni imkoniyatlaringizni yanada oshiradi.

F. Samolyot: Siz o’z maqsadlaringizga juda tez erishishga va bu haqida doimo o’ylab, real ishlarni qilishga shoshilmayapsiz. Hayollaringiz bu yerda – sizning dushmaningizdir. Siz osmonlarda uchib, o’z xohish istakalariningiz ro’yobidan qo’rqasiz. Muvaffaqiyatlarga erishish imkoniyatlaring hozircha yuqori emas. Yerga tushib, qo’rquvga berilmasdan maqsadingiz tomon harakatga tushing.
Ba’zida kaftimizdagi chiziqlar birlashib, har-xil figura, uchburchak, kvadrat shaklini berib qolmasdan, yaqqol ko’rinadigan harflarni ham ko’rsatadi. Bu harflardan biri “M” harfidir. “M” harfining chetki qismida Hayot chizig’i va yurak chizig’i bolib, uning o’rtasida Mars tepaligidan Bosh chizig’i joylashgan, u, Apalon chizig’i va Yurak chizig’i bilan “M” harfini keltirib chiqradi. Shu bilan bir qatorda na Bosh chizig’i va na Apalon chizig’i bir-biri bilan tutashgandan so’ng chiziqlarning davomiyligiga ega bo’lmaydilar.

qol

Folbinlar ta’kidlashicha kaftda “M” harfini yaqqol ko’rinishi uni egasiga yaxshi a’lomat ekanligini uqtirganlar. Folbinlik bilan runik yozmalar bir-biri bilan mustahkam bog’langanligi sabab “M” harfi Evaz runasi ham hisoblanadi. Evaz runasi hayotingizni har-xil javhalarida muavffaqiyatga erishishingizni ko’rsatib, sizni muavffaqiyatli loyihalarni, hissiyotlaringizni va qat’iyatliligingiz yuqori darajada ekanligini bildiradi.

Bundan tashqari kaftida “M” harfi yaqqol ko’ringan insonlar uchun hamma yo’llar ochiqligidan dalolat beradi. “M” harfi yaqqol ko’ringan insonlar ko’p hollarda o’z ishlarining ustalari bo’lib, hayotda hamma narsaga ega bo’lishlari mumkin.
Tekkis yuzaga qo’lingizni kaftini orqa tarafi bilan qo’ying. Jimjilog’ingiz bilan katta barmog’ingizni birlashtirib, ularni sal tepaga ko’taring.

qo'l

Agar siz bilagingizda bog’lamni ko’rsangiz sizda old qo’l mushagi mavjud. U quyidagicha nomlanadi: uzun kaft mushagi. Agar bu mushak sizda mavjud bo’lmasa, siz aholini 10-15% qismiga kirasiz.

Bundan kuyunish kerak emas. Hozirgi hayotda ularning keragi yo’q. Bu mushaklar hayvonlarda tirnoq chiqishiga javob berar ekan! Shuningdek, bu mushaklar maymunsimon hayvonlarda mavjud bo’lib, bu ularga chirmashish uchun muhimdir. Endi hammasi tushunarli!
Sherlar.uz uchun maxsus!
Rasmda nimani ko’rayapsiz?

a) bosh suyagi
b) bola va qiz
c) sharlar
d) qushlar

Bitta variantni tanlab, javobini ko’ring!

Bosh suyagi — siz qandaydir aql bovar qilmaydigan, jumboqli va sirli narsani yaxshi korasiz. Siz sirli odamsiz. Sizni ichingizni bilish qiyin.

Bola va qiz — siz romantiksiz, siz go’zal va pokiza sevgini orzu qilasiz. Va asosiysi, bunga yetishish yo’lini bilasiz. Siz — sevgi va baxt sehrgarisiz.

Sharlar-orzu Siz orzu qilishni sevasiz va asosiysi uni haqiqatga aylantirishni yaxshi ko’rasiz.

Qushlar-bu ozodlik Siz doimo o’zingizni erkin inson deb hisoblaysiz. Siz bu hayotni, bu dunyoni sevasiz. Siz turna kabi ozod, tovus kabi go’zalsiz. Sizni bu hayotda omadingiz kelgan.
Test 17-18 yoshdan yuqorilar uchun tavsiya etiladi

Va sizning javobingiz:

1) Aylana ichidagi rasm qimirlayabdi yoki miltillayabdi
2) Aylana ichidagi rasm qimirlayotgani yo’q
3) Men umuman tushunayotganim yo’q, nimani ko’rish mumkinligini

Natijalar:

1) Metamorfopsiya — ko’rinish, hajm, rang, sokinlik va harakatning, real vaqtda mavjud bo’lgan narsa va hodisalarning buzilgan ko’rinishi.

2) Derealizatsiya — qabul qilishning buzulishi, bunda atrofdagi olam real bo’lmagan yoki uzoqlashgan, rangsiz bo’lib tuyiladi, xotira buzilishi kuzatilishi mumkin.

3) Hammasi juda yomon. Shifokorga murojat qiling
1. Bir guruh odamlar kulganida, beixtiyor o'ziga ko'proq yoqqan odamga (yoki yaqin kishim, deb hisoblagan odamiga) qaraydi.

2. Biron mas'uliyatli yoki diqqatni jamlashni talab qiladigan, xullas, asabiylashishga majbur qiladigan biron ishni bajarishga to'g'ri kelganda, saqich yoki yana biron narsa chaynashga urinib ko'rish kerak. Bu ong ostida xavfsizlikni his qilish bilan bog'liq, chunki biz, odatda, hech qanday xavf yo'qligida ovqatlanamiz.

3. Agar bizdan kimningdir jahli chiqsa, biz esa xotirjamligimizni saqlab qolsak, g'azab bundan battar avj olishi mumkin. Biroq keyin o'sha odam bu qilmishidan xijolat tortadi.

4. Agar odam berilgan savolga qisman yoki mujmal javob bersa, qayta so'rashning keragi yo'q. Uning ko'ziga shunchaki tik qaragan ma'qul. U bu javob suhbatdoshini qoniqtirmaganini tushunib, gapini davom ettiradi.

5. Yuz ifodasi hissiyotlar natijasi bo'libgina qolmay, shu hissiyotlarni paydo qilishi ham mumkin. Shuning uchun o'zini baxtli his qilishni istagan odam ko'proq jilmayishi kerak.

6. Nutqda yoki xatda “o'ylashimcha” yoki “menimcha” degan iboralarni ishlatmagan ma'qul. Bu so'zlar ikkilanish ma'nosini ifodalaydi.

7. Muhim intervyu oldidan intervyu oluvchi bilan ko'p yillik do'stlik rishtalari bog'lab turibdi, deb tasavvur qiling. Vaziyatni qanday qabul qilish deyarli har doim o'zimizga bog'liq, xotirjamligimiz va erkinligimiz suhbatdoshimizga ham o'tishi mumkin.

8. Agar kimnidir ko'rganimizda, samimiy xursand bo'la olsak, keyingi uchrashuvda bu odamning o'zi ham bizni ko'rishdan xursand bo'ladi.

9. Odamlar katta iltimosimizni rad etgandan so'ng kichkinasiga rozilik berishga moyildirlar.

10. Suhbatdoshning oyoqlari qanday turganiga qarab, ko'p foydali narsani bilib olish mumkin. Masalan, poyabzalining uchi bizdan teskari tomonga qarab turgan bo'lsa, bu odamning suhbatni tezroq tugatishni xohlayotganini bildiradi.

11. Ko'pchiligimizning kimdandir qattiq tanqid eshitish kutilayotgan yig'ilishda, vaziyatda bo'lishimizga to'g'ri kelgan. Bunday vaziyatda o'sha odamga yaqinroq turgan ma'qul. Amaliyotdan ma'lum bo'lishicha, u g'azabidan tushib, hujum qilish fikridan qaytadi yoki hech bo'lmaganda biroz yumshoqroq gapiradi.

12. Ko'pchilik salobatni o'ziga ishonishdan farqlay olmaydi. Agar butun qiyofangiz bilan o'zingizga ishonishingizni namoyish etsangiz, odamlar sizga talpinishadi.

13. Xizmat ko'rsatish sohasida ishlaydiganlar uchun yaxshi maslahat: orqangizga oyna osib qo'ying. Odamlar o'zlarini sal madaniyatliroq tutishadi: axir o'zini asabiy va darg'azab ko'rish hech kimga yoqmaydi.

14. Tanishuv chog'ida odamning ko'z rangiga e'tibor berish — juda foydali odat. Nigohlar to'qnashuvi uzoqroq davom etganda, unda sizga xayrixohlik tug'iladi.

15. Birinchi uchrashuvga borganda hamrohingizni biron qiziq joyga olib borganingiz ma'qul. Shunda bu uchrashuvdan qolgan ijobiy hissiyotlar esga olinganda, sizni ham esga olishadi.
« 1 2 3
АВТОРИЗАЦИЯ НА САЙТЕ