Qarag'ay g'uddalari qaysi kasallikdarga davo bo'ladi?

KIMLARGA
MUMKIN EMAS?


Qarag'ay g'uddalaridan tayyorlangan qaynatma va
damlamalar buyrak kasalliklari, gepatit, gastrit,
oshqozon yarasi bilan og'rigan bemorlarga umuman tavsiya etilmaydi. Homilador ayollarga ham mumkin emas: chunki g'uddalar sustlashib qolgan organizmga noxush ta'sir ko'rsatadi.

Yana har bir organizmning mazkur moddani qabul qila olish xususiyatiga ham e'tibor qaratish lozim.

Archaning manzarali ko'rinishi, chiroyli sadasi, xushbo'y hidi, qattiq yog'ochi bu daraxt turlarining benazir ekanligidan dalolat beradi. Ko'pchilikqarag'ayning shifobaxsh xususiyati, inson hayoti uchun nechog'li foydaliligini bilmasa kerak.

MDH davlatlarida archaning 35 dan ortiq turi keng tarqalgan bo'lib, xalq tabobatida archaning ildizi, ignalari, kurtagi, yangi novdalari, yelimi va hatto g'uddalarigacha shifobaxsh ne'mat sifatida qadrlanadi. Zamonaviy tibbiyot ham archaning beqiyos davo ekanini tan olgan. Juda ko'p shifoxona hamda sanatoriylar hovlisida qarag'ay ko'p ekilishiga ajablanmasa ham bo'ladi. Chunki archa havoni o'zining foydali fitonsidlari bilan tozalab beradi.

G'UDDALARNI QAChON TERGAN MA'QUL?

Xalq tabobatida qarag'ay g'uddalarining, asosan, yashil turdagisi ishlatiladi. Yosh g'uddalar butun yoz bo'yi o'z yashilligini yo'qotmay turaveradi. Ularni may-iyun oylarida tergan ma'qul. Tabobatda kattaligi 1-4 santimetr bo'lgan mevalarga talab katta.

G'uddalarning yumshoq, pichoq bilan oson kesilishiga ham e'tibor qarating, undan mayin archa hidi taralib tursin. Agar o'zingiz bilan pichoq olmagan bo'lsangiz, tishlab yoki tirnoq bilan tirnab ko'rish ham mumkin.

Qarag'ay g'uddalarining qon-tomir va insult uchun eng foydalisi iyun-sentyabr oyida pishib yetilganidir. Ayni shu paytga kelib g'uddalar tanin (miya to'qimalarini tiklaydigan modda) bilan boyiydi, bundan tashqari, o'zi yopiq va urug'larga to'la bo'ladi.

Mevasini terayotganda archaning kasallanmaganiga ham e'tibor qarating. Bundan tashqari, archaning ayol va erkak turlari ham bo'ladi. Foydali moddalar aynan ayollik turiga mansub sosnalarda mo'lroqdir. Agar ustki novdalarida qizil to'p mevalari ko'p archani ko'rsangiz, demak, siz to'g'ri tanlovni amalga oshirgan bo'lasiz.

TARKIBI

Sosna yoki qarag'ay o'zining mevasi — g'uddalari bilan juda mashhur. Aynan ana shu g'uddalar organizmga juda katta foyda keltirishi aytilmoqda. Xo'sh, uning kimyoviy tarkibi nimalardan iborat?

Ignabargli daraxt moyi.

Smolaga boy kislota.

Fitonsidlar.

Mineral tuzlar.

S, K, R, A, V guruh vitaminlari.

Elim.

Kraxmal.



DAVO XUSUSIYaTLARI

Mikroblarga qarshi kurashadi;

shamollashni tuzatadi;

balg'am ko'chiradi;

tinchlantiradi;

qonni tozalaydi;

safro haydaydi;

antiseptik;

zaharli moddalarni haydaydi;

zangilani davolaydi.



QAYSI KASALLIKLARGA DAVO BO'LADI?

Sosna g'uddalarining aynan qaysi kasalliklarga davo bo'lishini bilishni istaysizmi? Unda ushbu ma'lumotlarni diqqat bilan o'qing.

Insult kasalligiga qarshi. G'uddalarda tanin moddasining alohida turi mavjud bo'lib, insult ta'sirida parchalangan miya neyronlarini tiklash xususiyatiga ega. Bu esa falajlikni to'xtatish yoki uning asoratlari oldini olishga yordam beradi. Ayniqsa, spirtli nastoykasi juda foydali, chunki spirt taninning davo xususiyatlarini yanayam ochib beradi. Bunday dori xotiraga, yurak-qon tomir tizimiga, qon tomirlari devorini mustahkamlashga, quloqdagi shovqinni yo'qotishga yordam beradi.

Yo'talga qarshi. Damlama yoki spirtli nastoyka yordamida ingalyatsiya qilish ham mumkin. Mazkur vosita nafas yo'llaridagi shamollashlar — bronxit, traxeit, pnevmoniyani davolashda samarali yordamchidir. Undan yana o'pka silini davolashda kompleks davo sifatida ham foydalanish mumkin.

Qon bosimi oshganda. Ushbu vosita, shuningdek, qon bosimini tushirish xususiyatiga ega. Uni gipertoniya, yuqori qon bosimi oqibatida kelib chiqadigan insultni bartaraf etishda qo'llash maqsadga muvofiq.

Oshqozon-ichak xastaliklari. Ayrim tabiblar qarag'ay g'uddalaridan tayyorlangan qaynatma va nastoykalarni oshqozon hamda oshqozon osti bezi xastaliklarini davolashda buyurishadi. Ayniqsa, oshqozon yarasi va gastritda foydasi juda katta. Faqat undan ehtiyot bo'lib foydalangan ma'qul.

Varikoz. Vena tomirlarining zararlanishi, tomirlarning yuzaga chiqib qolishi kabi holatlarda davo vannalari tavsiya etiladi.

Kundalik jarohatlarda. Qizargan, shamollagan, og'riyotgan, kesilgan joylarga ham qarag'ay g'uddalaridan tayyorlangan spirtli nastoyka yaxshi foyda beradi. Bir qancha teri kasalliklari — ekzema, qichima, temiratki, allergiya kabilarda archa g'uddalari vannasini bemalol qo'llash mumkin.

Nevralgiya, revmatizm, miozit, podagra, radikulitda. Og'riyotgan bo'g'im va mushaklarni mazkur damlamada ho'llangan paxta bilan ishqalab artilsa, og'riq kamayadi. Qaynatma yoki damlamasi bilan og'iz hamda tomoq chayilsa, tomoq og'rig'i va shamollashdan xalos etadi.

Bolalar uchun foydasi. O'RVI, gripp, bronxit, traxeit va shu kabi kasalliklarda ingalyatsiya yoki damlamasidan foydalanish lozim. Teri kasalliklariga chalingan bolajonlarga shifobaxsh vanna qilib bering. Bu endigina xastalikdan chiqqan organizm himoyasini tiklab, ham tinchlantiradi. Faqat yo'tal tutayotgan bolaga qaynatmani berishda ehtiyot bo'ling. Agar shifokor tasdiqlab bergan miqdordan oshirib yuborsangiz, bolalarda allergik reaksiya kelib chiqishi mumkin.

Organizmni tiklash xususiyati. Bu shifobaxsh ne'mat avitaminoz, milk kasalligini davolashi bor gap. Bundan tashqari, immunitetni ham yaxshigina oshiradi. Uni turli virusli xastaliklardan so'ng organizmni tiklab olish uchun berish lozim.

Havoni tozalash xususiyati. Damlama va qaynatmalardan havoni tozalash va xushbo'y hidga to'ldirish uchun ham foydalaniladi. Buning uchun qarag'ayli efir moyidan sepadigan idishga 3-4 tomchi solib, ketidan suv soling va uy bo'ylab purkab chiqing. Qarag'ay daraxtidan ajralib chiqqan xushbo'y hid havodagi zaharli mikroblarga qarshi kurashadi.

Olimlarning hisob-kitobiga ko'ra, bir gektar tog' archazori 30 tonna kislorod ishlab chiqarib, undan 19 nafar inson bir yil mobaynida nafas olishi mumkin.

Undan olinadigan saqich esa og'izdagi noxush hidni yo'qotadi.



UYDA MALHAM
TAYYoRLASh SIRLARI

Agar qarag'ay g'uddalarini topa olsangiz, yuqoridagi kasalliklarga qarshi ushbu malhamlardan birortasini o'zingiz uyda ham tayyorlay olasiz.

Damlama uchun

5 ta yosh qarag'ay g'uddalarini maydalab, ustiga yarim litr suv soling. Past olovda 5 daqiqa qaynating. Mazkur damlama 1 soat tindirib qo'yiladi. So'ng chorak stakandan bir kunda uch marta ichish lozim.

Vanna qilish uchun

Uch stakan maydalangan qarag'ay g'uddalarini olib, ustidan 3 litr suv soling. Besh daqiqa qaynating, so'ng 2 soat tindirib qo'ying. Vannani issiq qilib qabul qilish lozim. Biroq unda 20 daqiqadan ortiq turmang.

Spirtli nastoyka
tayyorlash

Bir siqim maydalangan qarag'ay g'uddalarini olib, ustidan 10 foizli spirt yoki araq
quying. 7 kun issiq joyda saqlang. So'ng 1 choy qoshiqdan 3 marta ovqatdan so'ng qabul qiling. Uni suv yoki choyga qo'shib ham ichish mumkin.

Категория: Foydali maslaxatlar | Просмотров: 303 | Добавил: Admin
«Betakror.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться

АВТОРИЗАЦИЯ НА САЙТЕ