Samsung ta’mirlangan Galaxy Note 7 savdoga qaytishini e’lon qildi

Samsung kompaniyasi Galaxy Note 7 smartfonining sozlangan versiyasi savdosini boshlashni rejalashtirayotganini rasman e’lon qildi, deb yozadi Reuters. Ushbu smartfon akkumulyatorlari portlashi bilan bog‘liq holatlar ko‘p bora qayd etilgani tufayli, u sotuvdan olingan edi.

Kompaniya nazorat organlari va transport agentliklari bilan muzokaralardan so‘ng, modifikatsiyalangan Note 7 qaysi bozorlarda sotilishini aniqlaydi. Kompaniya, shuningdek, chip va modulli kameralar kabi almashtiriluvchi qismlarni sotishni hamda eski Galaxy Note 7’lardan ajratib olingan xomashyodan qayta foydalanishni rejalashtirmoqda.

Fevral oxirida OAVlar Samsung Electronics’ning ta’mirlangan Galaxy Note 7 smartfonlarini rivojlanayotgan bozorlarda sotish rejalaridan xabar topgan edi.

Категория: Texnalogiya | Просмотров: 9 | Добавил: Ganisher | Теги: Samsung ta’mirlangan Galaxy Note 7
«Betakror.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться

АВТОРИЗАЦИЯ НА САЙТЕ