Shanxaylik olimlar olov va suvga chidamli qog‘oz yaratdi

Xitoylik bir guruh olimlar olov
va suvga chidamli qog‘oz
yaratdi. Yangi material o‘z
tavsiflariga ko‘ra jahonda
muqobillarga ega emas, deb
xabar beradi “TASS”.

Qog‘oz Xitoy Fanlar
akademiyasi qoshidagi
Shanxay keramika instituti
professori Chju Insze
boshchiligidagi bir guruh
olimlar tomonidan ishlab
chiqildi. Ular o‘z kashfiyotlari
uchun patent olish maqsadida
Xitoyning tegishli tashkilotiga
murojaat yo‘lladi.

Ushbu noorganik qog‘oz
elastik, mustahkam bo‘lib,
ekstremal sharoitlarda ham
mexanik zarar ko‘rmaydi.
Yangi material Selsiy bo‘yicha
200 daraja haroratga dosh
bera oladi. O‘z strukturasi
tufayli qog‘oz hatto mexanik
zarar ko‘rgan taqdirda ham
suvni o‘zidan qochiradi. Unda
sut, qahva, sharbat va choy izi
qolmaydi.

Категория: Texnalogiya | Просмотров: 12 | Добавил: Ganisher | Теги: Shanxaylik olimlar olov va suvga ch
«Betakror.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться

АВТОРИЗАЦИЯ НА САЙТЕ