SHANBA, 2014.04.19, 14:23
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS


Меню сайта
Block title
Категории раздела
Мини-чат
500
Статистика
Главная » 2010 » Май » 18 » Sochlarimiz sog`lom ko`rinishda, jiloli bo`lishini istaymiz.. Lekin..
17:49
Sochlarimiz sog`lom ko`rinishda, jiloli bo`lishini istaymiz.. Lekin..

Sochlarimiz sog`lom ko`rinishda, jiloli bo`lishini istaymiz. Lekin negadir bunday bo`lmaydi. Balki sochlar parvarishida biror xatolikka yo`l qo`yayotgandirmiz? Foydali deb amal qilayotgan ba`zi muolajalar aksincha, zararlidir?

1. AFSONA.
"Yuz marta tarashning sehri".
Sochlarni taroqda yuz marta sanab taralsa, ular yaxshi o`sib, qalinlashadi deb hisoblangan bu "retsept" haqida eshitgandirsiz, ehtimol.
Aslida sochlarni zo`r berib, qayta-qayta tarash (ayniqsa, uzun sochlarni), soch follikulalarining zaiflashishiga olib keladi. Albatta sochlarni tarabb turish kerak, lekin zarur paytdagina.

2. AFSONA.
Maxsus vositalar shikastlangan soch uchlarini davolaydi.

Maxsus sepmalar muntazam qo`llab turilganda shikastlangan soch tolalarini asl xoliga qaytarishi mumkin.
Aslida shikastlangan, yorilgan soch tolalarini davolab bo`lmaydi: ular qayta tiklanmaydi. Maxsus vositalar yordamida yorilgan soch tolalarini vaqtinchalik "yopishtirib" turish mumkin - sochlar yuvilgandan so`ng yorilgan tolalar yana o`sha holiga qaytadi.

3. AFSONA.
Qancha ko`p kestirsangiz, sochlar shuncha tez o`sadi.

Sochlar qirdirib olib tashlansa, qalin bo`lib o`sadi. Sochlarni tez-tez kaltartirib tursangiz, tezroq qalinroq sochlarga ega bo`lasiz.
Aslida sochlarning qalinligi (ya`ni follikulalarning soni) irsiy jihatlarga bog`liq bo`ladi. Na kaltartirish, na sochni qirdirib olish va na zamonaviy vositalar soch ildizlari sonini oshirmaydi. Soch kestirish sochlarning o`sish tezligiga ham ta`sir ko`rsatmaydi.

4. AFSONA.
Vegetariancha parhez sochlar uchun foydali.

Bunday parhezda organizm tozalanadi, demak, sochlarning ko`rinishi ham yaxshilanadi. Vitaminlar qabul qilish go`sht, tuxum va sut mahsulotlarining o`rnini bosadi.
Aslida hech qanday vitaminlar to`plami to`laqonli ovqatlanishning o`rnini bosa olmaydi. Sizning kundalik taomnomangizda albatta oqsilli ovqatlar bo`lishi kerak, faqat salatlar bilan yetarli quvvat olib bo`lmaydi.

5. AFSONA.
Soch yuvish vositalarini tez-tez almashtirib turish kerak!
Shampunlarni muntazam o`zgartirib turish shart, chunki sochlar bitta vositaga "o`rganib" qoladi va uning nafi bo`lmay qolishi mumkin.
Aslida unday emas! Sochlaringizga mos keladigan shampundan istaganingizcha foydalanishingiz mumkin.

6. AFSONA.
Sochlarni muzdek suv bilan chayish karak.
Shunda sochlar chiroyli, mayin va jiloli bo`ladi.
Aslida sochlarni muzdek suv bilan chayib, faqat tumov orttirib olishingiz mumkin. Sochlarni yaltiratish uchun proteinli balzamlardan foydalaning.

7. AFSONA.
Yuvilgan sochlarni yaxshisi oftobda quritish kerak.
Ko`pchilik soch soch qurituvchi vositadan ko`ra sochlarni quyosh nurlariga tutib quritishni ma`qul deb biladi.
Aslida sochlarni tabiiy issiqlikda quritish juda yaxshi, lekin soch tolalarini quyoshdan taraladigan ultra-binafsha nurlaridan qanday saqlash mumkin ? Ayniqsa shahar sharoitida quyosh nurlari chang bulutlariga qorishib ketgan bo`lsa? Sochlarni fenda quritganda haroratning qaynoq emas, iliq bo`lishiga e`tibor bering.

Категория: FOYDALI MASLAHATLAR | Просмотров: 1916 | Добавил: QuvnoQ_QiZ | Рейтинг: 5.0/2
Всего комментариев: 9
ISMINGIZ *:
Email ADRESINGIZ:
WWW:
QO`SHIMCHA KODLAR *:




Форма входа
Привет, Гость
Зарегистрируйтесь или авторизуйтесь и получите все приемущества сайта.
Логин:
Пароль:
BIZGA QOSHILING
Block title
SMS SHERLAR
SAYT FAOLLARI
  • GENERAL
  • Nigi{JON}
  • ★ZumRAshA★
  • Uzbek
  • ALI-90
  • Bek_Arab
  • ♣GUBERNATOR♣
  • Fast-ForWarD
  • Farab
  • МаRмелаDка
  • -=★_BmS_★=-
  • MiRzO_BoY
  • Ali4742
  • Karen_uz
  • ☺☻๑♣←OYBEK→♣๑☻☺
  • MUSILMON
  • CITY_HUNTER
  • _MAFIYA_
  • Счастье_Быть_Мусульманкой
  • _AXMED_
  • 2014 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
    Хостинг от uCoz
    uzbek.mobiВсе о
Душанбе