Amerikaning Lanmodo startapi ko‘p vazifali All-in-One Wireless Automatic Car Tent qurilmasini taqdim etdi. Avtomobillar uchun soyabon vazifasini bajaradigan qurilmadan chodir yoki proyektor uchun ekran sifatida ham foydalansa bo‘ladi. Bu haqda “Motor” xabar berdi

Qurilmaning asosiy vazifasi mashinani yog‘ingarchilik, og‘ir jismlarning tushishi va quyoshdan saqlash hisoblanadi. U avtomobil tomiga mahkamlagich yordamida o‘rnatiladi. Shuningdek, mahkamlovchi tasmalar ham bo‘lib, ularni mashina eshiklari orasiga qistirish yoki orqani ko‘rsatuvchi ko‘zgularga ildirib qo‘yish mumkin.

Soyabon masofadan boshqarish pulti yordamida yoyiladi va avtomobil kuzoviga tegmaydi.

Soyabondan avtomobildan alohida foydalanish uchun uni yerga mahkamlovchi ustun ham bor. Shu tariqa qurilmadan plyaj soyaboni yoki tabiat qo‘ynida yog‘ingarchilik vaqtida chodir sifatida foydalanish mumkin.
O'zbekistonda mobil aloqa xizmati uchun tariflar va to'lovlar qat`iy ravishda milliy valyutada belgilanadi va to'lanadi. Ushbu mexanizm joriy yil oxiriga qadar joriy etiladi.

25 aprel kuni Toshkentda Usenet 2017 konferensiyasi doirasida o'tkazilgan davra suhbatida ishtirok etgan O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o'rinbosari Umidjon A`lamovning ma`lum qilishicha, 2017 yil oxiriga qadar mobil aloqa operatorlari va internet-provayderlar xizmatlarini milliy valyutada narxlashga o'tkazish bo'yicha qaror ishlab chiqiladi.

«O'tish jarayonining o'zi katta mablag'larni talab qiladi, bu arzonga tushadigan tadbir emas. Biroq, Harakatlar strategiyasiga ko'ra, hamma milliy valyutada narxlashga o'tadi: mobil operatorlar ham, internet-provayderlar ham. Qaror shu yil oxirigacha ishlab chiqiladi va kelgusi yildan amalga oshirila boshlaydi», — deya qayd etgan Umidjon A`lamov.

«Biz bu borada iste`molchilardan, jumladan, korporativ mijozlardan ko'plab shikoyatlar qabul qildik. Ular asosan xizmatlarning AQSh dollarida narxlanishi bilan bog'liq noqulayliklardan norozilik bildirishgan», deya ta`kidlagan vazir o'rinbosari.

Usenet 2017 doirasidagi «2017-2021 yillarda mobil KPKning rivojlanishi. 3G’ni kengaytirish, 4G’ni tatbiq etish va 5G’ga o'tish» mavzusida o'tkazilgan davra suhbatida A`lamov bilan birga Unitel bosh direktori Dmitriy Shukov, UZMOBILE bosh direktori Vladimir Kravchenko hamda anjuman tashkilotchisi - Ledokol Group agentligi rahbari Dilshod Muzaffarov qatnashdi.
Xitoylik bir guruh olimlar olov
va suvga chidamli qog‘oz
yaratdi. Yangi material o‘z
tavsiflariga ko‘ra jahonda
muqobillarga ega emas, deb
xabar beradi “TASS”.

Qog‘oz Xitoy Fanlar
akademiyasi qoshidagi
Shanxay keramika instituti
professori Chju Insze
boshchiligidagi bir guruh
olimlar tomonidan ishlab
chiqildi. Ular o‘z kashfiyotlari
uchun patent olish maqsadida
Xitoyning tegishli tashkilotiga
murojaat yo‘lladi.

Ushbu noorganik qog‘oz
elastik, mustahkam bo‘lib,
ekstremal sharoitlarda ham
mexanik zarar ko‘rmaydi.
Yangi material Selsiy bo‘yicha
200 daraja haroratga dosh
bera oladi. O‘z strukturasi
tufayli qog‘oz hatto mexanik
zarar ko‘rgan taqdirda ham
suvni o‘zidan qochiradi. Unda
sut, qahva, sharbat va choy izi
qolmaydi.
“Terabayt.uz” nashri Toshkentning “Malika” savdo markazida sotilayotgan Xiaomi smartfonlari narxlari bilan tanishtirdi. Narxlar 2017-yil 9-mart holatiga ko‘ra keltirildi.

Xiaomi

Xiaomi Redmi 4a (2/16 GB xotirali) — 1 160 000 so‘m

Xiaomi Redmi 4 (3/32 GB xotirali) — 1 595 000 so‘m

Xiaomi Redmi 3s (2/16 GB xotirali) — 1 305 000 so‘m

Xiaomi Redmi 3x (2/32 GB xotirali) — 1 380 000 so‘m

Xiaomi Redmi note 3 (2/16 GB xotirali) — 1 415 000 so‘m

Xiaomi Redmi note 3 (3/32 GB xotirali) — 1 780 000 so‘m

Ro‘yxatda keltirilgan qurilmalarni ko‘rsatilgan narxlarda sotib olishga “Daryo” nashri kafolat bermaydi. Qurilmalar va ularning narxlari haqidagi axborot faqat tanishish uchun taqdim etilgan.
Smartfonlarning zarari haqida aytilayotgan gaplarning hammasiga ham ishonish kerak emas, ammo sevimli texnikamiz haqiqatda sababchi bo‘lishi mumkin bo‘lgan jismoniy kasalliklar ham mavjud. Ularni orttirib olish xavfi esa juda katta.

Ko‘z bilan bog‘liq muammolar

Ko‘z kompyuterga nisbatan smartfondan ko‘proq aziyat chekadi — kichik ekrandagi mayda harflarni nimqorong‘i metro vagonida o‘qishga urinish asoratsiz bo‘lmaydi. Natijada oftalmologlar “quruq ko‘z sindromi” deb ataydigan muammo yuzaga keladi, bunda ko‘z og‘rib, shilliq parda qurib ketadi, ko‘z oqi esa qizaradi.

Bel bilan bog‘liq muammolar

Smartfonlar qadni tik tutib turishimizga to‘sqinlik qiladi. Ko‘zni pastga — ekranga qaratib, siz boshingizni egasiz va natijada belga og‘irlikni ko‘paytirasiz. Pastga tushirilgan bosh miyaning qon bilan normal ta’minlanishiga to‘sqinlik qiladi, oqibatda esa qattiq charchash va besabab bosh og‘riqlaridan azob chekasiz.

Uyqu bilan bog‘liq muammolar

Smartfon doimiy ravishda tanangizni “nurlantirib turadi” — buni sezmasligingiz mumkin, lekin uning oqibatlarini sezmasdan qolmaysiz. Masalan, sizning uyqu va uyg‘oqlik sikllaringiz buziladi, natijada esa sizda uyqusizlik yuzaga keladi. Shuningdek, telefonni yoningizda olib yotsangiz ham, u uyqu bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqaradi: ekranning yuqori darajada yorqinligi miyaga hali ham kunduzgi vaqt davom etayotgani haqida yolg‘on xabar yuboradi, natijada melatonin uyqu garmonini ishlab chiqarish pasayadi.

Yurak bilan bog‘liq muammolar

Gadjetning elektromagnit nurlanishi yurakka ham ta’sir qilishi mumkin. Ushbu elektromagnit to‘lqinlar bilan uchrashgan vaqtda eritrotsitlardagi (qizil qon tanachalari) gemoglobin konsentratsiyasi pasayadi. Gemoglobinsiz esa ular o‘zlarining asosiy funksiyasi — kislorod tashishni bajara olmaydi. Bundan birinchi bo‘lib yurak azob chekadi — taxikardiya va sistolik shovqin paydo bo‘lishi mumkin.
Transformer noutbuklar bir-ikki harakat orqali planshetga aylana olishi bilan qulaydir. Ularda nafaqat qulaylik bilan ishlash, balki chizish, kitob o‘qish va filmlar ko‘rish ham mumkin. Biz transformerlarning gadjetlarga ko‘p pul sarflashga o‘rganmaganlar uchun mos tushadigan arzon variantlarini topib qo‘ydik

HP Stream x360 11-aa000ur

HP’ning ushbu modeli displeyining diagonali bor-yo‘g‘i 11,6 dyuym, og‘irligi 1,35 kg bo‘lib, bunday ixcham ko‘rinishi tufayli uni bemalol olib yurish mumkin. Noutbukni 360 darajaga ochish orqali, planshetga aylantirish mumkin. Qurilmaning narxi — 300 dollar atrofida.

Afsuski, past narx qurilmaning ba’zi xususiyatlariga o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmagan. Chunonchi, noutbuk atigi 2 Gb tezkor xotiraga ega, doimiy xotira ham katta emas — 32 Gb.

Acer Aspire R3-131T-C08E

Acer kompaniyasining noutbuki ham xuddi HP modeli kabi xususiyatlarga ega. Protsessor, xotira hajmi, diagonal — barchasi bir xil. Ammo bu transformer og‘irroq, shuningdek, Wi-Fi’ning faqat oxiridan oldingi IEEE 802.11n standartini qo‘llab-quvvatlaydi. Narxi — avvalgi modeldan 15—30 dollarga balandroq.

ASUS Transformer Book Flip TP200SA

ASUS’dan raqobatchi noutbuk ham o‘sha-o‘sha xususiyatlarga ega. Ammo tashqi jihatdan u ancha farqlanadi. U yorqin ranglar o‘rniga, sokin och jigarrang tusga bo‘yalgan, uzunasiga tushirilgan chiziqlar esa qurilmaga ulug‘vorlik baxsh etadi. Transformerning og‘irligi 1,2 kg, narxi esa — taxminan 350 dollar.

Lenovo Yoga 300 11

Agar Windows’da ishlaydigan noutbuk uchun 32 Gb xotira kam deb hisoblasangiz, qattiq diski sig‘imi kattaroq bo‘lgan modellar ham bor. Masalan, Lenovo’ning ushbu modelida doimiy xotira 500 gigabaytga teng. Ammo qurilmaning boshqa farqli jihatlari yo‘q.

Manba: Internet tarmog‘i materiallari
Indiegogo kraudfanding maydonida Moto Z uchun yangi modulga mablag‘ yig‘ish bo‘yicha kampaniya ishga tushdi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”. U smartfonda olingan suratni darhol bosib chiqarish imkonini beradi.

Dubayning Team One Technology kompaniyasi suratlarni bosib chiqarish uchun ixcham va arzon yechimni taklif qildi.

Ishlab chiquvchilar Moto Mods Development Kit bazasida fotosuratlarni bosib chiqarish funksiyasiga ega g‘ilofni yaratdi. SMART Z Printer ixcham hajmga ega bo‘lib, qurilmaning orqa korpusiga o‘rnatiladi. Boshqa fotoprinterlarga nisbatan u ancha kam energiya sarflaydi va kam joy egallaydi — u Moto Z’ga nisbatan ikki marta qalinroq.

Agar kampaniya yetarli mablag‘ni — 10 ming dollarni to‘play olsa, ilk bekerlar SMART Z Printer’ni 49 dollarga olishi mumkin. Chakana savdoda printer g‘ilof ikki marta qimmatroq turadi.
Olimlar Dalv yulduzlar turkumidagi TRAPPIST-1 yakka yulduzida kattaligi Yer bilan teng bo‘lgan yettita sayyoradan iborat tizim mavjud, degan xulosaga keldi. Bu haqda NASA matbuot anjumanida ilmiy direktorat rahbari Tomas Surbuxen ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu yetti sayyoradan uchtasi hayot mavjud bo‘lishi uchun yaroqli. Surbuxen aytishicha, ushbu kashfiyot hayot uchun yaroqli bo‘lgan yashash muhitini qidirishda muhim qadamga aylanishi mumkin.

Belgiya universiteti olimi Mixael Jiyon, o‘z navbatida, uchta sayyorada suyuq holatdagi suv mavjud bo‘lishi mumkinligini aytdi.

Olimlar aniqlik kiritishicha, TRAPPIST-1’ga eng yaqin joylashgan uchta sayyora hayot mavjud bo‘lishi uchun o‘ta issiq, eng uzoq joylashgani esa — o‘ta sovuq.

Bungacha TRAPPIST-1 yulduz tizimida faqat uchta sayyora mavjud deb hisoblashardi.
Apple kompaniyasi 2017
yilda taqdim etiladigan
iPhone qurilmalari uchun
Samsung Display'ga 60
million OLED-panel buyurtma
qildi. Shartnoma qiymati 5
trillion koreya vonini (4,3
milliard dollar) tashkil qildi.
The Investor shu haqida
xabar berdi.

Samsung Display Apple'ning
asosiy displey yetkazib
beruvchilaridan biri
hisoblanadi. Shuningdek u
dunyodagi eng yirik OLED-
displey ishlab chiqaruvchisi
hamdir - u bozorning 95
foizidan ortig'ini egallagan.
Manbaga ko'ra, har bir
matritsa Apple'ga 71
dollardan tushmoqda.
Taqqoslash uchun - iPhone
7'ning IPS-matritsalari,
norasmiy hisob-kitoblarga
ko'ra, 40 dollarcha bo'lgan.

Sharp bosh direktori Tay
Jyen-vu iPhone 8 qurilmalari
OLED-displeyga ega bo'lishini
tasdiqladi. Uning
ta`kidlashicha, smartfonlarda
LTPS-panellarni qo'llashdan
voz kechish - Apple'ning
innovatsion mahsulot
yaratish istagini amalga
oshiruvchi yagona yo'ldir.
OLED-displey LTPS-displeydan
kamroq energiya iste`mol
qilishi, yuqori kontrastliligi va
moslashuvchi ekran yaratish
imkoni mavjudligi bilan
ajralib turadi.
LG Electronics (LG) va Google kompaniyalari yangi Android Wear 2.0 dasturiy ta’minotida ishlaydigan aqlli soatlarni rasman taqdim etdi. LG Watch Sport va LG Watch Style soatlarining global miqyosdagi savdolari 10-fevral kuni AQShdan boshlanadi. Keyinroq, shu oyning o‘zida bu soatlarni Yevropa va Osiyoning yetakchi mamlakatlarida Google Store onlayn do‘koni yoki ayrim chakana savdo do‘konlarida xarid qilish mumkin bo‘ladi.

LG Watch Sport va LG Watch Style soatlariga Qualcomm® Snapdragon™ Wear 2100 protsessorlari o‘rnatilgan bo‘lib, ular yangi avlod elektronikasi uchun mo‘ljallangandir. Ikkala modelda ham Google Assistant ilovasi bor. LG Watch Sport soati, shuningdek, NFC – tegmasdan to‘lash imkonini beruvchi tizim negizidagi Android Pay to‘lov tizimini ham qo‘llab-quvvatlaydi. LG Watch Sport soati yorqin yumaloq P-OLED displey bilan jihozlangan. Soat korpusi toblangan po‘latdan ishlangan. Ekranni Gorilla Glass 3 shishasi himoya qiladi. Kamari termoplastik poliuretandan yasalgan.
Indiegogo kraudfanding maydonida Moto Z uchun yangi modulga mablag‘ yig‘ish bo‘yicha kampaniya ishga tushdi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”. U smartfonda olingan suratni darhol bosib chiqarish imkonini beradi.

Dubayning Team One Technology kompaniyasi suratlarni bosib chiqarish uchun ixcham va arzon yechimni taklif qildi.

Ishlab chiquvchilar Moto Mods Development Kit bazasida fotosuratlarni bosib chiqarish funksiyasiga ega g‘ilofni yaratdi. SMART Z Printer ixcham hajmga ega bo‘lib, qurilmaning orqa korpusiga o‘rnatiladi. Boshqa fotoprinterlarga nisbatan u ancha kam energiya sarflaydi va kam joy egallaydi — u Moto Z’ga nisbatan ikki marta qalinroq.

Agar kampaniya yetarli mablag‘ni — 10 ming dollarni to‘play olsa, ilk bekerlar SMART Z Printer’ni 49 dollarga olishi mumkin. Chakana savdoda printer g‘ilof ikki marta qimmatroq turadi.
FastCompany ekspertlari fikricha, navbatdagi iPhone o‘z “akalari”dan ancha qimmatroq turishi mumkin. Uning narxi 1000 dollardan oshadi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”.

Apple’ga yaqin manbalariga tayangan holda, ekspertlar navbatdagi iPhone inqilobiy dizayn va yangi, ancha qimmat komponentlarga ega bo‘lishini ta’kidladi. Narxga eng ko‘p 5,8 dyuymli OLED-ekranning o‘rnatilishi, shuningdek, simsiz quvvat olish funksiyasi ta’sir o‘tkazadi.

Apple’ning eng qimmatbaho smartfoni u haqda tarqalib ketgan ma’lumotlarda iPhone X deya tilga olingan. U 4,7 dyuymli iPhone 8 va 5,5 dyuymli 8 Plus bilan birga chiqarilishi kutilmoqda, ammo ular biroz pastroq narxda bo‘ladi.

iPhone X, shuningdek, ichki 3D-sensor bilan jihozlanadi. Datchik avtorizatsiya, fotoportretlar sifatini yaxshilash yoki to‘ldirilgan reallik texnologiyasini amalga oshirish uchun qo‘llanilishi mumkin.

Bundan tashqari, iPhone X alyuminiy emas, shisha korpusda chiqarilishi mumkin. Smartfon korpusi zanglamaydigan po‘latdan tayyorlanadi, degan versiya ham bor.
2017-yil yanvar yakunlariga ko‘ra, Rossiyada Telegram’dan faol foydalanuvchilar auditoriyasi 6 million kishiga yetdi, deb yozadi “Kommersant.ru”.

Combot asoschilaridan biri va bosh direktori Fyodor Skuratovning ta’kidlashicha, gap messenjerdan har oy foydalanuvchilar haqida bormoqda.

Skuratovning so‘zlariga qaraganda, bu raqam dasturni Rossiyada yuklab olganlarning taxminan 60 foizi va jahon bo‘yicha bu messenjerdan faol foydalanuvchilarning 6 foizini tashkil etadi.

Combot’ning hisob-kitobiga ko‘ra, Telegram’ning eng ko‘p faol foydalanuvchilari Eronda bo‘lib, mamlakatda 35—40 million kishi Telegram’dan muntazam foydalanadi.

App Annie tahliliy kompaniyasining ma’lumotlariga qaraganda, Telegram Rossiyada iOS uchun “Ijtimoiy tarmoqlar” kategoriyasidagi dasturlar beshligiga kiradi.

Undan oldingi to‘rtta bandni WhatsApp, “VKontakte”, Viber va Skype egallagan.
Google foydalanuvchilar ma’lumotlarining maxfiyligi siyosatiga mos kelmaydigan barcha dasturlarni Google Play’dan o‘chirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Next Web ma’lum qildi.

Kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlaridan foydalanuvchi dasturlar ishlab chiqaruvchilariga xatlar yuborishni boshladi.

Google dasturlar yaratuvchilariga maxfiy ma’lumotlardan foydalanish haqidagi ogohlantirishni qoidalarga kiritish yoki o‘z servislariga kamera, mikrofon yoki kontaktlar haqidagi ma’lumotlarni so‘rashni taqiqlashni tavsiya etadi.

Nashrning ta’kidlashicha, Google talablari tufayli Google Play’dan millionlab dasturlar o‘chiriladi. Yaratuvchilar o‘z dasturlaridagi maxfiylik siyosati bilan bog‘liq qoidalarni 15-martgacha tartibga keltirishi lozim. Aks holda mahsulot bloklanib, Play Store’dan o‘chiriladi.
Ispaniyalik olimlar 3D-printer yordamida ishlab chiqilgan terini taqdim etdi. Bu teri odam terisi bilan bir xil. Bu haqda Science News Journal’ga tayanib, “Hi-Tech Mail.ru” xabar berdi.

Biologik materiallardan teri ishlab chiqarish metodikasini Karlos III Madrid universiteti mutaxassislari Madriddagi Gregorio Maranyona universiteti gospitali, Energetika, atrof-muhit va texnologiya sohasidagi tadqiqotlar markazi va BioDan Group kompaniyasi xodimlari bilan hamkorlikda ishlab chiqdi. Terini printerda chop etish uchun maxsus usulda kiritilgan biosiyohdan foydalanildi. Sun’iy teri odam terisi tuzilishini takrorlaydi.

Asosiy qiyinchilik biologik materialni aralashtirish va uni printerga davomiy kiritishning to‘g‘ri metodikasini tanlash bo‘lgan. 3D-printerda chop etish vaqtida turli qatlamlar to‘liq funksional teri olish maqsadida qavatma-qavat joylashtirilgan.

Chop etilgan teri epidermis (terining tashqi qavati) ve derma (teri to‘qimasi)dan tashkil topgan. Teri biologik faol, oziqlanadi, yangilanadi, teri elastikligini ta’minlovchi kollagen ishlab chiqaradi.

Sun’iy teridan transplantatsiya (ko‘chirib o‘tkazish) maqsadlarida foydalanish mo‘ljallanmoqda. Bu teri chuqur va katta kuyish bilan jabrlangan bemorlarga tezroq tiklanishga, bemorlarning ahvolini yengillashtirishga va bemorning o‘z terisini ko‘chirib o‘tkazishda ortiqcha jarohatlardan xalos bo‘lishiga imkon beradi.

Bundan tashqari, sun’iy terida maishiy kimyoviy vositalar va kosmetika mahsulotlarini sinab ko‘rish mumkin. Hozirgi vaqtda sinov hayvonlarda amalga oshirilmoqda.
1 2 3 »
АВТОРИЗАЦИЯ НА САЙТЕ