Apple kompaniyasi sobiq xodimlaridan biri “iPhone’ni kalibrlash uchun mashina” deb nomlangan qurilma suratini e’lon qildi. Uskunadan kompaniya qurilmalariga Apple Store do‘konining o‘zidayoq xizmat ko‘rsatishni amalga oshirish uchun foydalaniladi, deb yozadi Motherboard.

“iPhone’ni kalibrlash uchun mashina” kompaniyaning har bitta do‘koniga o‘rnatilgan, ammo uning mavjudligi haqida faqat ba’zi kishilargina biladi. Manbaning aytishicha, ushbu qurilmalardan iPhone 5s chiqarilganidan keyin foydalanishni boshlashgan.

“U katta, qo‘pol qurilma edi, u xuddi garajda yasalgandek taassurot uyg‘otardi”, — dedi Apple Genius texnik ko‘mak markazi sobiq xodimi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, smartfonni o‘rnatishdan oldin, mashinani yarim soat davomida sozlash kerak bo‘lardi, uning ichida esa xavfli va faqat qo‘lqop bilan tegish mumkin bo‘lgan suyuqlik bo‘lgan.

Qurilma kamera va displeyni kalibrlay oladi, shuningdek, Touch ID barmoq izi skanerini tuzata oladi. Bunday imkoniyat boshqa servislarda mavjud emas.
“Google akademiyasi” qidiruv tizimi sharofati bilan Google “Buyuk Xitoy internet devori”ni chetlab o‘tib, yana Xitoyga qaytishi mumkin. Bu haqda Mashable xabar bermoqda.

“Google akademiyasi” — barcha ilm sohalari bo‘yicha tadqiqotlarning matnlari bo‘yicha ishlaydigan qidiruv tizimidir.

Xabar berishlaricha, Xitoy rahbariyati mamlakatning “akademik taraqqiyoti”ni kuchaytirish maqsadida resursdan foydalanishga nisbatan cheklovni bekor qilish imkoniyatini jiddiy o‘rganmoqda.

Xitoy hududida so‘nggi yetti yildan beri Google va uning aksariyat servislaridan foydalanib bo‘lmaydi. Foydalanuvchilar bu servislardan foydalanish uchun VPN’ga murojaat qilishga majbur.
Viber messenjeri guruh chatlarida maxfiy tarzda muloqot qilish ualanuvchilar belgilangan vaqt o‘tgach, o‘z-o‘zidan yo‘q bo‘lachun mo‘ljallangan funksiyani qo‘shdi, deb yozadi Meduza. Foyddigan “maxfiy chatlar”ni yaratishi mumkin.

Avvalroq o‘z-o‘ziniViber yo‘q qilish taymeri alohida xabarlar uchun mavjud edi — ushbu funksiya Viber’da yanvarda paydo bo‘lgan edi. “Maxfiy chatlar”da, shuningdek, xabarni qayta yuborish mumkin bo‘lmaydi.

Chat ichidagi narsalardan nusxa olish mumkin bo‘lmasligi uchun “maxfiy chat”dan skrinshot olish imkoniyati Android’da bloklab qo‘yiladi. Agar kimdir skrinshot olsa, iOS foydalanuvchilariga bu haqda bildirishnoma yuboriladi.
Ekspertlar Moskva aholisi ta'mirlash uchun eng ko‘p olib keladigan smartfonlarni ma'lum qilishdi, deb yozadi «Kommersant'».

Ma'lum bo‘lishicha, eng ko‘p ishdan chiqadigan smartfonlar iPhone 6, 5S, 5 va 6S ekan. Apple qurilmalari ta'mirlashga berilgan barcha smartfonlarning uchdan bir qismini tashkil etadi. Keyingi o‘rinda Samsung A5, S3 va A3 modellari (18 foiz) va Xitoyda ishlab chiqarilgan smartfonlar joylashgan (27 foiz). Xitoy smartfonlari orasida eng ko‘p ta'mirlashga beriladiganlari Huawei Nova 2, Honor 8, Xiaomi Redmi Note 4 va Redmi 4X hisoblanadi.

Apple smartfonlari nosozligida eng ko‘p uchraydigan sabab batareyaning ishdan chiqishi (30 foiz holatlarda), Xitoy brendlarida ekran ishdan chiqishi (56 foiz holatlarda), Samsung modellarida esa korpusni ta'mirlashdir (20 foiz holatlarda).
« 1 2 3
АВТОРИЗАЦИЯ НА САЙТЕ