Twitter’dagi akkauntlarning 48 milliontasi bot bo‘lib chiqdi

Janubiy Kaliforniya va Indiana universitetlari olimlari barcha Twitter-akkauntlarning 15 foizga yaqini botlar ekanligini aniqladi, deb yozadi “Kommersant”.

Yangi tadqiqot ro‘yxatdan o‘tgan 319 million foydalanuvchilarning 48 milliondan ortig‘i tirik odamlar emasligini ko‘rsatdi. Ammo ular boshqa foydalanuvchilar bilan o‘zaro munosabatga kirishishi, masalan, ularning xabarlariga “layk” qo‘yishi yoki ularni “retvit” qilishi mumkin.

Foydalanuvchi haqiqiy yoki haqiqiy emasligini aniqlash uchun tadqiqotchilar ularning do‘stlarini, xabarlarining mazmunini, ular qanday vaqt oralig‘ida chop etilganini, profillarini va hatto, tvitlarning hissiy jihatlarini tahlil qildi. Botlar norasmiy tilda va qisqa gaplar bilan “muloqot qilishi” aniqlandi.

Shu tariqa, olimlar faol foydalanuvchilarning 9—15 foizi botlar ekanligi haqidagi xulosaga keldi. Ammo Twitter o‘tgan oyda bergan ma’lumotga ko‘ra, faol foydalanuvchilarning 8,5 foizi botlar hisoblanadi.

Категория: Texnalogiya | Просмотров: 7 | Добавил: Ganisher | Теги: Twitter’dagi akkauntlarning 48 mill
«Betakror.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться

АВТОРИЗАЦИЯ НА САЙТЕ