Ummon - Olislardan (Qo'shiq Matni)

Seni menga berishmadi,
Bahtli bo'lsin deyishmadi,
Eshigingni qattiq yopib,
Yana kelgin deyishmadi,

Yerga qarab qaytdim uyga,
Orzularim yonib kulga,
Aylanganin tushinib yetib,
Dardlarimni soldim kuyga.

Olislardan qarab turadi,
Qo'llarini cho'zib turadi,
Lekin afsus boraolmayman,
Yo'llarimda to'siq turadi.

To'yingaham oz qolibdi,
Oq oralib non sinibdi,
Singan nonmas mani qalbim,
Nega yorim tortib olishdi.

Ko'zlarida to'la yoshlar,
Yig'latmanglar bag'ri toshlar,
Asrang meni mayin gulimni,
Kulib tursin ko'zu qoshlar.

Olislardan qarab turadi,
Qo'llarini cho'zib turadi,
Lekin afsus boraolmayman,
Yo'llarimda to'siq turadi.

Категория: Qo'shiqlar Matni | Просмотров: 41 | Добавил: Ganisher | Теги: Ummon - Olislardan (Qo'shiq Matni)
«Betakror.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться

АВТОРИЗАЦИЯ НА САЙТЕ