Ummon - Oq Gulim (Qo'shiq Matni)

*Jasur:*
Nega bugun?
Nega bugun?
Bunchalar qiyin menga
Nega bu tun?
Nega bu tun?
Emas yurak butun
Qora ko'zlar meniki edi
Kimga qara endi?
Endi bu tun
Mani ......
Sog'inib o'tar seni
Nega har tong?
Nega har tong?
Uyg'otar meni armon
Nahot har on
Nahot har on
Bo'lmaymiz yonma-yon?
Tim qora, uzun
Sochlari bugun
Bilmam kim erkalar...
Sog'inchim uzun
Uzundan-uzun

*Naqorat:*
Oq gulim, sog'inib ketdim
Sensiz qorong'u - qiynalib ketdim
So'nggi bor, ber menga imkon
Seni bir ko'ray, hidlaringga to'yay...

*Shohrux:*
Hayotimning eng shirin onlari
Bunchalar tez qaytmas bo'lib ketdi
Hayotmning eng go'zal tonglari
O'z go'zalliklarin yo'qotdi
Xayolimning eng nafis bog'lari
Hazonlarga aylanib qotdi
Hayotimning eng qimmat insoni
Bunchalar kam baholadi sevgi mani
Kechalari uyqu yo'q
Ko'chalar tuman
Taskin yo'q
Necha bora qildim qo'ngiroq
Hatto bir bor yozib yubormading javob
Endi sani kimdan so'rab
Qaydan izlay?
Ber sado
Sani topay
Usiz kechalar qanchalar qiyin o'tishini bilsa edi
Balki mani hech qachon tashlab ketmas edi...

*Zohid:*
Nahot unutding sen meni?
Nahot ko'rmayman endi seni?
Sog'inch ichimdan ezaverar
Nigohing qumsayverar
Sendan qoldi chuqur yod
Har tong uyg'otar meni armon
Har tong nafis shamol esar men tomon
Hidlaring kelib tuardi ulardan
Sog'inch sinaydi irodam
Har tong....

Naqorat:
Oq gulim, sog'inib ketdim
Sensiz qorong'u - qiynalib ketdim
So'nggi bor, ber menga imkon
Seni bir ko'ray, hidlaringga to'yay...

Категория: Qo'shiqlar Matni | Просмотров: 54 | Добавил: Ganisher | Теги: Ummon - Oq Gulim (Qo'shiq Matni)
«Betakror.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться

АВТОРИЗАЦИЯ НА САЙТЕ