VIA Marokand - Salom Muhabbat (Qo'shiq Matni)

Erta bilan turdim, kayfiyatim zo'r,
Derazamdan sekin termulsam.
Bir qiz har kuni o'tar, yo kimnidur kutar,
Nima bo'lar yoniga borsam?
Erta bilan turdim, bekat tomon yurdim,
Dugonam kelishini kutsam,
Bir yigit har kun boqar menga juda yoqar,
Nima qilaman yonimga kelsa?

*****

Qarasam kundan-kun, sog'inaman har zum,

Negadur uni ko'rsam yurak urar duk duk duk,

Tunlari uzundan-uzun, hayajonda har kun,

Yoki bu sevgimikan kirib kelgan tuk tuk tuk SALOM MUHABBAT...
U qizni sog'inib bekat tomon chiqdim,
Men keldim u nega kelmadi?
Yo kelishim sezdi, yoqtirishim bildi,
Bilib turib atay kelmadi.
Erta bilan tursam, bekat tomon yursam,
Men yoqtirgan yigit turardi,
U kimnidir kutar, qo'llarida gullar,
Afsus nega meni ko'rmadi.
*****
Qarasam kundan-kun, sog'inaman har zum,
Negadur uni ko'rsam yurak urar duk duk duk,
Tunlari uzundan-uzun, hayajonda har kun
Yoki bu sevgimikan kirib kelgan tuk tuk tuk SALOM MUHABBAT...
Boraymikin yaqinroq, Hayajondaman.
Sevishim aytsam tezroq, Uyalmoqdaman.
Bir umr qidirganim, Nahot o'zingsan.
Har kuni sog'inganim, Tanho sensan...

*****

Qarasam kundan-kun, sog'inaman har zum,
Negadur uni ko'rsam yurak urar duk duk duk,
Tunlari uzundan-uzun, hayajonda har kun,
Yoki bu sevgimikan kirib kelgan tuk tuk tuk
Qarasam kundan-kun, sog'inaman har zum,
Negadur uni ko'rsam yurak urar duk duk duk,
Tunlari uzundan-uzun, hayajonda har kun,
Yoki bu sevgimikan kirib kelgan tuk tuk tuk SALOM MUHABBAT...

Категория: Qo'shiqlar Matni | Просмотров: 53 | Добавил: Ganisher | Теги: VIA Marokand - Salom Muhabbat (Qo's
«Betakror.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться

АВТОРИЗАЦИЯ НА САЙТЕ