Dilsiz do'st

Sеnga nima qildim, ey dilsiz, do'st,
Shuncha qilganlaring yana kam bo'lsa?
Nahotki, andisha azaliy qo'rqoq,
Nahot-ki, sabrning ko'zi nam bo'lsa?

Borliqni iforga burkadim, illo,
Giyohdеk tars yorib chiqoldim toshni.
Yiqilganga yеlkam tutdim-u ammo,
Goh yеlka topmadim qo'ymoqqa boshni.

Ammo suyanchig'im, ishqim bor edi,
Umidlar bor edi o'zim bilmagan.
Sеndan kеchajakman, yo'llar tor endi,
Yana nе makring bor mеnga qilmagan?

Koshkiydi, va'dalar, ahdlar chin bo'lsa,
Ming bir tеgirmondan chiqardim omon.
Gullar kapalakdan olgandеk bo'sa,
Ilon zahrin ichib saqlar edim jon.

Bugun o'rin yo'qdir nadomatlarga,
Armonga, anduhga arzimas hatto.
Kеchagi borliqni sеnga qoldirdim,
Manimchun bugundan boshlanar dunyo!

Категория: Do'st haqida sherlar / Стихи о дружбе | Просмотров: 30 | Добавил: Admin | Теги: Haqida, sherlar, Dost
«Betakror.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться

АВТОРИЗАЦИЯ НА САЙТЕ