Ey do'st (Ahad qayum she'ri)

Tug‘ilmoq, yashamoq har bir boshda bor,
Kimlarga omad yor, kimlar baxtga zor,
Kimningdir gul umri so‘lganda bekor,
O’yla, bu umrning savdosin ey do‘st,


Tingla bu ko‘ngilning sadosin ey do‘st.
Ey do‘st, yaxshilikni umri uzoqdur,
Yomonning har bosgan izi tuzoqdur,
Yolg‘onchilik nedur, oxiri chohdur,


Olgin ota-onang duosin ey do‘st,
Xato yozma ko‘ngil inshosin ey do‘st.
Baxtning ildizi bu sabr degani,
Ey do‘st besabrlik jabr degani,


Yaxshilik oxiri qadr degani,
Tushun, zarhikmatlar ma’nosin ey do‘st,
Ko‘tarma nodonlar g‘avg‘osin ey do‘st.
Sevgini rad etmoq gunohdir azal,


O’zga yurt vatandan bo‘lolmas avzal,
Eng avval dilxonang bezatgin go‘zal,
Topgaysan har dardning davosin ey do‘st,
Qilmagin buyuklik da’vosin ey do‘st.


Atrofga boq, sendan pastroqlaram ko‘p,
Dushmanlar ichida do‘stroqlaram ko‘p,
Gulzorlar ichinda tuzoqlaram ko‘p,
Olarsan rohatlar jazosin ey do‘st,


Orttirma joningni jafosin ey do‘st.
Sen uchun Ahaddan sharhi nasihat,
Bir yaxshi, bir kuni yomon vaziyat,
Bir kuni chekmayin desang aziyat,


Tanigin olamlar podshosin ey do‘st,
Qilmagin gumrohlar xatosin ey do‘st.
Ey do‘st, yaxshilikni umri uzoqdur,
Yomonning har bosgan izi tuzoqdur,


Yolg‘onchilik nedur, oxiri chohdur,
Olgin ota-onang duosin ey do‘st,
Xato yozma ko‘ngil inshosin ey do‘st.

Категория: Do'st haqida sherlar / Стихи о дружбе | Просмотров: 47 | Добавил: Admin | Теги: sherlar, Haqida, Dost
«Betakror.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться

АВТОРИЗАЦИЯ НА САЙТЕ