Qachonligin bilmayman

Do'stim chekma yuragingga g'am
Dadil turgin , bo'lgin xotirjam
Quyosh chiqar biz tarafdan xam
Qo'limizdan tutadi omad
Qachonligin bilmayman faqat

Kichik toshga chalishishlar bor
Hayot shunday ko'p tashvishlar bor
Sovuq " YOZ "u issiq " QISHLAR " bor
Bizni kutar JANNATIY roxat
Qachonligin bilmayman faqat

Mayli bugun Ular kulsinlar
Osmon quchib yerni tepsinlar
OLLOH omadini bersinlar
Bizlarga ham keladi navbat
Qachonligin bilmayman faqat

To'y bo'ladi biz taraflarda
Nomimiz xam zo'r sharaflarda
O'zgarmaymiz birinchi galda
Quvonch bo'lar dillarda qat - qat
Qachonligin bilmayman faqat

Bugunni biz tarix bilaylik
Ertamizga ega bo'laylik
Do'stim doim birga bo'laylik
Bari bo'lar bo'lsak salomat
Qachonligin bilmayman faqat

Balki ertan balki indinga
Balki bir oy balki bir yilga
Balki yuzlar to'lsa ajinga
Baxt kuladi qachondir albat
Qachonligin bilmayman faqat

Jo'ra omad " taksi " emasda
Kutsang o'zi aslo kemasda
Izla , u ham topar bir pasda
Javohirdan yozilgan bu xat
Qachonligin bilmayman faqat !!!

Категория: Do'st haqida sherlar / Стихи о дружбе | Просмотров: 47 | Добавил: Admin | Теги: sherlar, Dost, Haqida
«Betakror.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться

АВТОРИЗАЦИЯ НА САЙТЕ