Topilmaydi

Goho xato qilganingda,
Yo'lingda qoqilganingda,
Do'stdan pand yeganingda,
Seni xechkim ko'rmaydi,
Bir mehribon topilmaydi.

Ishlaring yurganda orqaga,
Tushadi bu joning qafasga,
Xavo yetmaydi nafasinga,
Xamma o'zini o'ylaydi,
Bir sarbon topilmaydi.

Oqibatdan saboq berib,
Do'st deydi ko'ksin kerib,
Yiqilsang ketadi ko'mib,
Ko'cha maslak bo'lmaydi,
U ko'z yoshing ko'rmaydi.

Bevafo dildorim chayon,
Qildi bu umrimni poyon,
Yugurganimda xar-yon,
Faqat qalbim yig'ladi,
Azoblar dilimni tirnadi.

Bexalovatsan uzun tunlai,
Yuragingnda xijron tig'lari,
Qiziq ekan dunyo ishlari,
Buni xechkim bilmaydi,
Bandang panoh so'raydi.

Bir mehribondir onang,
Bir sarbondir esa otang,
Gar ular duosini olsang,
Omad seni qo'llaydi,
Ollohdan shoir so'raydi...

Категория: Do'st haqida sherlar / Стихи о дружбе | Просмотров: 67 | Добавил: Admin | Теги: Topilmaydi
«Betakror.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться

АВТОРИЗАЦИЯ НА САЙТЕ