Unutma do'st...

Ey, do‘st, unut g‘amingni,
In’om bil har damingni.
O‘lchab bos qadamingni,
Guvohingni unutma!

Ey, do‘st, qo‘rqma yomondan,
Yo hiylagar shaytondan,
Shart shuki, har zamonda
Panohingni unutma!

Ey, do‘st, unday ko‘kdan tush,
Kelmagay Tangrimga xush.
Savobingni qilmay pesh
Gunohingni unutma!

Ey, do‘st ber bir qultum may,
Ko‘ngling yig‘laydi tinmay.
Xech kimim yo‘q deb xo‘rsinmay
Hamrohingni unutma!

Ey, do‘st, xushlaring qayda?
Izg‘ivermay har joyda,
Otangdan qolgan uyda
Chirog‘ingni unutma!...

Ey, do‘st, sezmaysan, esiz!
Ortingda yo‘q bitta iz...
Kim bo‘pti o'sha bevafo qiz,
Ollohingni unutma!...

O'z yurtingni unutma!....

Категория: Do'st haqida sherlar / Стихи о дружбе | Просмотров: 73 | Добавил: Admin | Теги: Dost, sherlar, Haqida
«Betakror.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться

АВТОРИЗАЦИЯ НА САЙТЕ